Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa ijtimoiy qonunlarning amal
qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi lo’nda va aniq bo’lishi lozim.
2.
Bir-biri bilan aloqador va yakdil bo’lishi kerak.
Muayyan vazifani hal etishda ko’pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo’shimcha vazifalarni hal etishga to’g’ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo’ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko’rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog’lanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.
3.
Huquq va
javobgarlik doirasida bo’lishi lozim.
Rahbar qarorni o’ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu erda gap boshqarishning barcha bo’g’inlarida huquq va javobgarlik ko’lami nisbati to’g’risida boryapti. Huquqlar katta, mas’uliyati esa kam bo’lsa, ma’muriy o’zboshimchalikka, o’ylamasdan qaror qabul qilishga yo’l ochiladi. Huquqlar, mas’uliyat katta bo’lsa, bu ham hech qanday naf keltirmaydi.
4.
Aniq va to’g’ri yo’nalishga ega bo’lishi kerak.
Har qanday qaror va aniq bajaruvchiga tushunarli bo’lishi lozim. Qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo’l qo’ymaslik kerak.
5.
Vaqt qisqa kerak.
bo’yicha bo’lishi
Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
6.
Vaqt aniq lozim.
bo’yicha bo’lishi
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko’rsatilishi kerak. Aks holda uning bajarilishini ob’ektiv nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’linmaydi.
rishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning o’zida qa-bul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har ikkisi ham zararlidir.
8.
Samarali bo’lishi lozim.
Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qo’yilgan maqsadga eng kam harajat bilan erishish tushuniladi.
Boshqaruv amaliyotida qarorlar bir necha ishlab chiqarish, xujalik, iqtisodiy, ijtimoiy faoliyat masalalari bo’yicha qabul qilinadi va ular o’zlarining ifodalanish shaqli, vaqti bo’yicha qabul kilinish uslubi bilan farq qilinadi.
Qaror qabul qilish jarayonida bir qator tamoyillarga tayaniladi. Quyida ulardan ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz:
1.Xolislik tamoyili. Har qanday qaror qabul qilinganda qaror qabul qiluvchi ma’lumotlarni xolislik bilan tahlil qilmasa, uning chiqargan qarorida bir yoqlamalik, qarorni ma’lum tomonlarga bo’rish hodisasi ko’zatiladi. Xolislik bilan chiqarilgan qarorda hech bir tomonning manfaatlari alohida qaralmaydi va qaror his-tuyhularga berilmasdan chiqariladi.