1. Yengil atletika darsining mazmuni Targ`ibot tashviqot ishlarini yo`lga qo`yish


Targ`ibot ishlarini yo`lga qo`yish



Yüklə 22,08 Kb.
səhifə2/4
tarix06.10.2023
ölçüsü22,08 Kb.
#152645
1   2   3   4
1 MARUZA

Targ`ibot ishlarini yo`lga qo`yish.
Jismoniy tarbiya darsini, shundan yengil atletika darsini targ`ibot va tashviqot qilish maktab o`qituvchisining asosiy ish faoliyatiga kiradi.
Maktab fizkultura o`qituvchisining vazifalari juda ham ko`p, shuning uchun maktabdagi yengil atletikaning o`rnini ko`tarishda asosan maktab aktivi yordamida foydalaniladi. Maktabda ko`rgazmali foto-gazeta plakat, e’lonlar, radiogazeta va boshqa axborotlar yaxshi qo`yilagn bo`lishi kerak. "Fizkultura burchagi" sport zali yonida joylashgan bo`lishi kerak. Har qaysi yangi axborotlar o`z vaqtida yetkazilishi lozim.
O`quvchining familiyasi va ismi to`g`ri yozilishi shart, agar e’londa adashilgan bo`lsa shu o`quvchi hafa bo`lishi mumkin.
Musobaqa protokollari shu onda doskaga osilishi lozim, ma’lumotlar aniq va chiroyli yoziladi.
Stendlar "Musobaqa natijalari". "Chempionlar", "Eng yaxshi sinflar" protokollar va komanda g`oliblari yoritilish kerak. Eng yaxshi 10 sportchi deb alohida bo`limda yoritilishi mumkin. "Maktab rekordchilari" stendida albatta asosiy maktabda qo`yilagan va ommaviy musobaqalarda o`tkaziladigan turlar olinishi shart.
Maktabda maxsus stendda chempionlarni su’rutlari sport yutuqlari aks etadigan suratlar bo`lishi diqqatga sazovor.
Stend bir qismida musobaqa kalendari 1 yilga mo`ljallangan bo`lishi kerak, unda qachon va qanday shartlar berilgan bo`lishi kerakligi yozilishi zarur.
Stendda yengil atletika musobaqa qoidalari berilib turilishi kerak. Mustaqil tayyorgarlik materiallari yoritilishi kerak. "Nima kilsam kuchli bo`laman", "Yozgi ta`tilda nima bilan shug`illanish kerak". Stendda "Maktab spratakiadasining natijalari" yoritilib borishi kerak.
Har qaysi qatoriga uni egallagan o`rni, ochkosi, o`tkazilgan musobaqadan sung darrov yozilishi zarur!
Yana bir stend "Maktab jismoniy tarbiya dasto`rining talablari" deb unda dastur talabi, mashqlar tarkibi yoritiladi.
Maktab radioo`zeli orqali doimiy davlat miqiyosidagi chempionlarni, rekordchilarni tarixini, biografiyasini berib borilsa qiziqarli bo`ladi.
Yuqori sport mahoratiga ega bo`lgan sportchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilinsa, sport kirolicha maktabda egallagan o`rni yuqoriroq bo`ladi. Qiziquvchi o`quvchilar ko`payadi.



Yüklə 22,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin