Umumsayyoraviy relyef shakllarining joylashuvidagi asosiy qonuniyatlar.
Relyef hosil qiluvchi ichki va tashqi kuchlar.
1.Yer yuzasida quruqlik va suvlik nisbati. Yer po’stining sifat jihatdan farq qiluvchi ikki tipi – materik va okeanlar po’stlari tipiga sayyora relyefining ikki asosiy bosqichi materiklar yer yuzasi va Dunyo okeani tubi to’g’ri keladi.
Okean sathidan past joylashgan yerlar depressiya deyiladi. Ularning maydoni 800 ming km.kv. Masalan : Kaspiybo’yi pasttekisligi – 28 m, Turfon – 154 m, O’lik dengiz – 392 m.
Yer yuzasi sathidan 0 – 200 m balandlikkacha joylashgan qismlar pasttekisliklar deyiladi. Quruqlikning eng katta maydonini 48,2 mln kv.km tashkil qiladi.
Undan keyin balandlik bosqichi 200 m dan 500 m gacha bo’lib, qir va platolardan iborat. Platolar yuzasi yassi, tekis, qirlarniki esa past – baland bo’ladi. Qirlar bilan platolar maydoni 33 mln km. kv ga teng.
500 metrdan yuqori tog’lar joylashadi. Balandligiga qarab tog’larni past, o’rtacha, va baland tog’lar ajratiladi. Cho’qqilari 1000 m dan yuqori ko’tarilmaydigan tog’lar past tog’lar deyiladi. Masalan : Qozog’iston past tog’lari umumiy maydoni 27 mln kv.km. O’rtacha tog’larning balandiligi 1000 m dan 2000 m gacha 2000 m dan yuqori ko’tarilgan tog’larni baland yoki Alp tipidagitog’lar deyiladi. Ular atigi 16 mln km.kv maydonni egallaydi.
Yer yuzasining baland ko’tarilgan qismlari odatda juda past baland, bir tomonga yo’nalgan qator tog’lar va tog’ tizmalaridan iborat bo’ladi. Tog’lar tizmalarini vodiylar bir – biridan ajratib turadi. Keng maydonlarni egallagan tong sistemalari tog’li o’lkalar deyiladi.
Uncha baland bo’lmagan yerlarning ko’pchiligini tashkil etishi materikda tabiatni zonal bo’lishiga qulaylik tug’diradi.
Tog’li o’lkalarda va qirlarda tabiat sharoit kompleksi balandlikning o’zgarishiga qarab, mahalliy o’zgarishlarga uchraydi.
Tabiiy tarixiy zonalar doirasida balandlikka qarab tabiiy sharoitning o’zgarishi vertikal mintaqalanish deyiladi.
Okean tagi ham quruqlik kabi, chuqurlikka qarab bosqichlarga ajratiladi. 0 m dan 200 m gacha materik sayozligi deyiladi. Materik sayozligi materiklarning okean sathidan past yuzasi joylashgan. Undan chuqurda suv osti yuzasi ancha keskin o’zgaradi va uning qiyaligi oshadi. Bu materik yonbag’irlari undan keyin materik etagi keladi. Bu uchala bosqich materikning suv osti chekkasini tashkil etadi. U 2440 m chuqurlikkacha davom etadi.
Quruqlik materik sayozligi va materik yonbag’ri bilan birgalikda Yer yuzasining 40 % ini tashkil etib, palaxsalarini hosil qiladi. Undan narida 2440 m dan 6000 ming chuqurlikkacha dunyo okeani tubi joylashgan, uning yer yuzasining 55 % ini tashkil etadi. Dunyo okeaning o’rtacha chuqurligi 3600 m.
Materiklar quruqlik yer po’stining izostatik muvozanatlashgfan va muayyan geologik tuzilishiga ega bo’lgan yirik qismlaridir, uning atrofi turli geologik davrlarda hosil bo’lgan Burma bilan o’ralgan qadimgi bitta yoki bir necha platformalardan tarkib topadi. Materiklar oltita : Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstarliya materiklaridir.