Sayyoramizning ichki qismidagi dinamik jarayonlar tufayli kuchli bosim va energiya yuzaga kelib, Yer po’stida har xil harakatlarni keltirib chiqadi. Bu harakterlar tektonik harakatlar deyiladi. Tektonik harakatlar natijasida relyefda turli xil shakllar, tog’lar, tekisliklar va botiqlilar vujudga keladi. Tektonik jarayonlar tebranma, burmali va yorilma harakatlardan iborat bo’lishi mumkin.
Tebranma harakat Yer po’stining vertikal harakati hisoblanib, bu harakat tufayli katta – katta yerlar asta sekin ko’tariladi yoki cho’kadi. Yer po’stining materik qismidagi asosiy geologik strukturalari geosinklinal oblast o’z taraqqiytotida 2 bosqichdan inorat :
Dastlab cho’kadi va ustida qalin cho’kindi jinslar to’planadi.
Cho’kindi jinslar bilan to’lgan hudud yerning ichki kuchlari ta’sirida ko’tarilib, burmalar hosil qiladi, yoriqlar vujudga keladi, bunday joylarda baland tog’lar juda chuqur botiqlar vujudga keladi.
Uzoq davom etgan bilogik davrda geosinklinalda tebranma harakatlar zaiflashib platform geosinklinalning yassilanib qolishi natijasida vujudga kelgan bo’lib, usti gorizontlar jinslar to’plangan. Shu sababli platform relyefi deyarli yassi tekislikdan iborat.
Zilzila geosinklinallarda Yer po’sti qatlamining yorilgan va uzilgan joylarida ro’y beradi. Zilzila elastik to’lqinlardan iborat. Zilzila shu rayonda tektonik harakatlar ya’ni tog’ hosil bo’lish jarayonlari davom etayotganligini bildiradi. Yer po’stining zilzila ro’y beradigan asosiy joylariga Alp – Kavkaz, O’rta Osiyo, Himolay tog’lari mintaqasi hamda Tinch okean orollari halqasi kiradi. Yer sharida zilzila sodir bo’ladigan zilzilaning 90 % shu joylarga to’g’ri keladi. Yer po’stining harakatchan tez – tez zilzila bolib turadigan joylari seysmik rayonlar deyiladi. Aksincha, qattiq jinslardan tuzilgan platformalarda Yer juda kuchsiz qimirlaydi yoki butunlay qimirlamaydi. Bunday jopylar seysmik rayonlar deyiladi. Zilzilaning kuchi har xil bo’lib, uning kuchi 10 yoki 12 balli shkalada o’lchanadi. Zilzilaning paydo bo’lgan to’lqinlari 2 xil bo’ladi, bular quyidagilar :
Vertikal to’lqinlar silkituvchi kuchga ega bo’lib, yer ustidagi buyumlarni go’yoki ostidan urgandek irg’itib yuboradi.
Gorizontal to’lqinlar esa to’lqinsimon harakat bo’lib narsalarni go’yoki beshik tebratgandek tebratadi.
Yerning ichki qismidagi erigan suyuq magma magma hamda turli xil gazlarni yoriqlar orqali yer betiga otilib chiqishiga vulqon deyiladi. Vulqon so’ngan va harakatdagi vulqonlarga bo’linadi. So’nmagan vulqonlar zilzila singari yer po’stining harakatchan va yoriqlar mavjud joylarda uchraydi.
Geyzer vulqon otilib turadigan joylarda vujudga keladi. Geyzer vaqti – vaqti bilan otilib turadigan issiq suvlar bo’lib, quyidagicha vujudga keladi :
Yer yoriqlarida qadimiy vulqon kanallarida joylashgan suv avval timch turadi va usti sovuydi, tagi esa issiq hatto bug’ holida bo’ladi. Bug’ sovugan suvni yuqori qattiq zarb bilan otadi. Dunyoda eng katta Geyzerlar AQSH ning Yelloustoun milliy parkida suvi 40 metr balandlikka otiladi va Kamchatka yarim orollaridir. Bu yerdagi Velekan geyzerlarining balandligi 50 metrga va undan chiqayotgan bug’ esa 300 metr balandlikka ko’tariladi. Geyzerlarda suvning harorati ustki qismida 90 – 99o C, tagida esa 150o C va undan ortiq bo’ladi.
Tashqi kuchlar ta’sirida tog’ jinslarining yemrilishiga nurash deyiladi. Nurash jarayoni o’zining xususiyatiga ko’ra 3 turga bo’linadi:
Fizik nurash haroratning o’zgarishi oqibatida ro’y beradi.
Kimyoviy ( ximik ) nurash tog’ jinslarining suv, kislorod va karbonat angidrid ta’sirida yemrilishi va mineral tarkibining o’zgarishi tufayli sodir bo’ladi.
Organik nurash va tog’ jinslarining miroorganizmlar va o’simlik hamda hayvonalrning ta’siri natijasida yemrilishidan hosil bo’ladi.
Yer yuzasi relyefini o’zgartirishda nurashning ta’siri juda katta.
Shamol ta’sirida tog’ jinslari yemiriladi. Shamol geomorfologik agent
sifatida tog’ jinslariga ta’sir etib ish bajaradi. Shamolning ishi 2 xil ko’rinishda bo’ladi.
Deflyatsiya – ( shamol tog’ jinslariniko’chirib uchirib ketadi ).
Korroziya – ( shamol uchirib, yumalatib kelayotgan mayda zarrachlar qattiq jinslarni yemirib, silliqlab xar xil shakllar va chuqurlar hosil qiladi ).
Shamol yemirib, uchirib ketayotgan jinslar boshqa joylrda yotqiziladi. Bu jarayon shamol akkumulyatsiyasi deyiladi.
Yer osti suvlari ham Yer yuzasi relyefini o’zgartirishda faol ishtirok etadi. Chunki yer osti suvlari tufayli karst hodisasi, g’orlar, surilmalar, o’prilmalar va boshqalar vujudga keladi.
Yer yuzasi relyefining o’zgarishida oqar suvlar ham katta ro’l o’ynaydi. Chunki oqib kelayotgan suv, malum energiyaga ega. Bu energiya o’z yo’lida uchragan tog’ jinslarini yemiradi, oqizadi va yumalatib ketadi. Daryo suvi bajaradigan ish 3 ga bo’linadi, bular quyidagilar :
O’zan yuvish – Eroziya.
Yer shari yuzasi qor va muzliklar hamda ko’p yillik muzloq qatlamlar ta’sirida ham o’zgaradi. Muzliklar harakati ta’sirida tog’ jinslari surilib muzliklar bilan ilakishib ketadi. Bu jarayon ekzarasiyasi deyiladi. Muzlik ishi tufayli qorlar, tuproq vodiylari “ Kuy peshonalar “ hosil qiladi.