1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va
Sinfcha (ajdodcha) salviniyaqabilar - salviniidae Mazkur sinfcha bitta qabila (salviniyanamolar - Salviniales) va 2 ta oila ( salviniyadoshlar - Salviniaceae) va (Azalladoshlar - Azollaceae) va shu oilalar nomi bilan yuritiladigan 2 ta turkum hamda 16 ta turdan tashkil topgan. Ular ko'proq tropik va subtropik xududlarda, ayrim turlari esa mo’tadil iqlimli joylarda tarqalgan. Salviniya turkumining yer sharida tarqalgan 10 ta turidan O’rta Osiyo xududida faqat bittasi-suzuvchi salviniya - Salvinia natans uchraydi. Bu tur Janubiy Yevropa, Sibir, Uzoq Sharq, Kavkazda ham tarqalgan, Salviniya nomi XVII asrda yashagan Italiya olimi A.Salvini nomiga qo'yilgan.
Salvinia natans - O’zbekistonda qo'llarda, sholipoyalarda uchraydi. U suvning yuzasida qalqib o'sadigan bir yillik o'simlik. Poyasi (ildizpoyasi) 5-15 sm uzunlikda, ingichka. Poyasining har bir bo’g’imida barglari halqasimon joylashgan. Ikkita bargi ovalsimon bo'lib; o'ziga hos tukchalar bilan qoplangan. Uchinchi bargi esa ipsimon kesilgan bo'lib, suv ostida joylashgan va o’simlikning suvdan oziqlanishi uchun xizmat qiladi. Salviniyaning haqiqiy ildizi bo'lmaydi.
Poyasi va bargining anatomik tuzilishi uning suv muhitida yashashga moslashganligini bildiradi. Poyasining markazida konsentrik tipdagi bitta o’tkazuvchi bog’lam mavjud. Birlamchi po’stloq qavati yaxshi taraqqiy etgan, unda yirik havo saqlovchi qismlari bor. Poyaning tashqi tomoni epidermis bilan o'ralgan. Bargining usti va ostki tomoni ham epidermis bilan qoplangan. Epidermisida labchalar bo'lmaydi.
Salviniyaning suvga botgan bargining qo'ltig'ida soruslar joylashgan. Mikrosoruslarda 500 tagacha, megosoruslarda esa 25 tagacha sporangiylar taraqqiy etadi. Megasporangiyada bitta, mikrosporangiyada 32 yoki 64 ta spora hosil bo'ladi. Salviniyalarda gametofit juda reduksiyalangan va ayrim jinsli. Kuzda mikro va megasporalar suvning ostiga cho’kadi. Sorusning devori asta-sekin chirigandan o'sib, mikro va megosporangiyalar yana suvning yuzasiga ko’tariladi. Sporalar sporangiyalarning ichida u sib, gametofitni hosil qiladi. Mikrosporadan taraqqiy etgan erkaklik gametofit bir nechta vegetativ hujayralardan va 2 ta anterisiydan iborat. Har qaysi anterisiyda 4 tadan ko'p xivchinli spermotozoidlar taraqqiy etadi. Urg'ochi gametofitda uchta arxegoniy taraqqiy etadi. Urug'lanishdan so'ng urg'ochi gametofitdan yangi sporofit taraqqiy etadi.
№ 5. QARAG’AYTOIFALAR BO’LIMI ( GINKGO BILOBA, QIZILCHA, ODDIY QARAG’AY ).
Reja:
Bo‘limning umumiy tavsifi, tarqalishi, kelib chiqishi, ko‘payishi, keng tarqalgan davrlari, xo‘jalikdagi ahamiyati. Sistematikasi haqida ma’lumоtlar beriladi.
Urug‘li qirqqulоqsimоnlar – sinfi. Uning tavsifi, sistematikasi, tarqalishi, rivоjlanishi haqida ma’lumоtlar beriladi.
Sagоvniksimоnlar – sinfi. Uning tavsifi, tarqalishi, ekоlоgiyasi muhim turkumlari, ularning ko‘payishi, rivоjlanish jarayoni, ahamiyati haqida ma’lumоtlar beriladi.
Beinetitsimоnlar – sinfi. Uning tavsifi, keng tarqalgan davrlari, evоlyo’tsiyada to’tgan o‘rni, vilyamsоniya, tsikadeоideya turkumlarining tana va spоrоfillarining tuzilishi haqida ma’lumоtlar beriladi.
Qizilchasimоnlar sinfi. Uning tavsifi, tarqalishi, ko‘payishi, sistematikasi, qabilalari, ularning efedra, gnetum turkumlari. Sinfning gulli o‘simliklarga o‘xshashligi va farqi haqida ma’lumоtlar beriladi.
Ginkgоsimоnlar – sinfi. Uning tavsifi, ginkgо turkumining tarqalishi, ko‘payishi, O‘zbekistоnda qazilma hоlda tоpilgan ginkgо haqida ma’lumоtlar beriladi.
Qarag‘aysimоnlar – sinfi. Uning tavsifi, kоrdоit qabilar va qarag‘ayqabilar sinfchalari, ularning tavsifi, ko‘payishi, rivоjlanishi, sistematikasi, tarqalishi, rivоjlanishi haqida ma’lumоtlar beriladi.
Ochiq urug'li o'simliklar ham yuksak o'simliklar singari juda qadimiydir. Ular paleozoy erasining oxiri, mezozoy erasining boshlarida taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo'lgan. Ayniqsa, paleozoy va mezozoy eralarida tog' ko’tarilishi jarayonlari natijasida quruqlik kengayib borgan. Namli muhit biroz bo'lsa ham qurg'oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o'zgarishi qirqquloqlarni siqib chiqarib, uning o'rnini ochiq urug'li o'simliklar egallashiga sabab bo'lgan. Ochiq urug'li o'simliklar ba'zi olimlarning fikricha eng kadimiy har-xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan. Ochiq urug'lilar ham boshqa urug'li o'simliklar singari har-xil sporalidir. Mikrosporangiylardan mikrospora, megosporangiylardan megospora voyaga yetadi. Bu ikkala spora shakli katta kichikligi va tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Ko'pincha mikro va megosporalar strobillarda voyaga yetadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennettitlarda bitta strobilda mikro va mego sporalar bo'lgan. Demak, ayrim bennettitlarning strobillari ikki jinsli ekan.
Ochiq urug'li o'simliklar asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir harakterli tomoni shuki, yog'ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari xilma-xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababdan ochiq urug'lilarni klassifikatsiya qilishda bu belgilar muhim rol o'ynaydi. Hozirgi paytda bu bo'limga kiruvchi turlarning soni 700 ga yaqin bo'lib, ular 68 turkum, 10 qabila va 6 sinf (ajdod) ga kiradi.
Ochiq urug'li o'simliklarning chiqib kelishi asosan devon davri bilan bog'liq bo'lib, ularning bundan 350-400 mln. yil ilgari o'sgan har-xil sporali shakllarining qoldiqlari topilgan. Ochiq urug'lilar evolyutsiyasida kambiyning paydo bo’lishi, ikkilamchi ksilemaning vujudga kelishi katta rol o'ynagan, natijada ularning daraxtsimon shakllari taraqqiy etib borgan. Devon davrining oxirlarida arxeopterislar vujudga kelib, ularning buyi 30 m ga yetgan. Ularda dastlabki barglar shakllanib borgan, bu esa ochiq urug'li o'simliklarning paydo bo’lishida katta rol o'ynagan. Bu borada 1968 yilda D.J.Petti va CH.Beklar yuqori devon davriga hos bo'lgan urug' yoki urug'li o'simliklarning maxsuli urug' bundan 370 mln. yil oldin yashaganini isbotlaganlar.
Arxeopterislarda o’zak va ikkilamchi ksilemaning bo’lishi ularni ochiq urug'lilarga yaqinlashtiradi. Lekin qirqquloqlarda ikkilamchi ksilema taraqqiy etmagan, umuman bularda yog'ochlik o'rniga floema yaxshi rivojlangan. Demak ochiq urug'lilar haqiqiy qirqquloqlardan emas, balki qandaydir oraliq o'simliklardan (formalardan) kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Bular ochiq urug'li o'simliklar uchun harakterli belgilardan biri urug'ining hosil bo’lishidir. Urug' urug'kurtakdan hosil bo'ladi. Urug'kurtak esa shakli o’zgargan megasporangiydir. Ular megasporafilda ochiq holda o'rnashgan. Magnoliyatoifa o'simliklarda esa urug'kurtak urug'chi tugunchasining ichida joylashgan.
Evolutsiya jarayonida megasporangiya urug'kurtakka, mikrosporangiya esa changdonga aylangan. Mikrosporalar esa changga aylangan. Bu jihatdan qaraganda qarag'aytoifa o'simliklar har xil sporali o'simliklar hisoblanadi.
Qarag'aytoifa o'simliklar hayotiy shakli jihatidan daraxt, buta va ayrim lianalardan iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o'simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan.
Qarag'aytoifalarga hos hususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo’lishidir. Qubbalar o’q poya, qoplag’ich va tangacha barglardan tashkil topgan. Tangacha barglar qo'ltig'ida urug'kurtak yoki changdonlar joylashgan, shunga ko'ra ular changchi (erkaklik) va urug'chi (urg'ochi)qubbalarga ajratiladi.
Hozirgi klassifikatsiyalar bo'yicha qarag'aytoifalar quyidagi 6 ta sinfga (ajdodga) bo'linadi:
Urug'li qirqquloqsimonlar-Lyginopteridopsida yoki Pteridospermae
Sagovniksimonlar - Cycadopsida
Bennettitsimonlar - Bennettitopsida
Gnetumsimonlar - Cnetopsida
Ginkgosimonlar - Cinkgoopsida
Qarag'aysimonlar – Pinopsida
Yuqoridagi 6 ta sinfdan birinchi va uchinchi sinflarning vakillari faqat qazilma holda uchraydi. Qolgan sinflarning vakillari esa yer yuzasida ancha keng tarqalgan.
Urug'li qirqquloqsimonlar (Lyginopteridopsida yoki Ptezidospermae) sinfi (ajdodi). Bu sinfga mansub turlar to'liq qirilib ketgan. Ular yuqori devon davrlarida paydo bo'lib, toshko’mir davrida yer yuzasida keng tarqalgan, ayrimlari perm davrining oxirlarigacha o'sgan.
Urug'li paporotniklar daraxt, liana va o’t o'simliklarni o'z ichiga olgan. Barglari yirik, murakkab patsimon, hozirgi qirqquloqlarning barglariga o’xshash bo'lgan. Harakterli hususiyati ular urug' hosil qilgan. Urug'li qirqquloqlar urug'lari yordamida ko'paygan. Biroq urug'lari juda sodda tuzilishga ega bo'lib, urug' murtagi bo’lmagan. Shuning uchun ayrim olimlar ularni urug'li o'simliklar emas, balki urug'kurtakli o'simliklar deb atashgan.
Mikrosporangiyalari tuzilishi jihatidan hozirgi qirqquloqlarnikiga o’xshash bo'lgan. Urug'li qirqquloqlarning mikro sporalari kattaligi va tuzilishi jihatidan har xil bo'lgan
Urug'li qirqquloqlarning poyasi dastlab protostel tipda bo’lib, keyinchalik sifonostel tipga o’tgan. Poyasining o’zak qismi atrofida bir qancha o’tkazuvchi bog’lamlari va ikkilamchi ksilemasi bo'lgan. Bu ajdod 4 ta qabiladan iborat: Ligniopterisnamolar - Lyginopteridalses, Medullozanamolar -Medullosales, Keytoniyanamolar - Caytoniales, Glossopterisnamolar -Clossopteridales.