1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)


Qirqquloqtoifa o'simliklar klassifikasiyasi



Yüklə 398,5 Kb.
səhifə6/36
tarix31.05.2022
ölçüsü398,5 Kb.
#60118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

Qirqquloqtoifa o'simliklar klassifikasiyasi.
Mazkur klassifikatsiya « Жизнь растения » (1974-1982) nomli asar asosida tuzildi.
Qirqquloqtoifa bo'limi quyidagi 7 ta sinfga (ajdodga) bo'linadi.

  1. Anevrofitsimonlar – Aneurophytopsida

  2. Arxeopterissimonlar - Archaeopteridopsida

  3. Kladoksilonsimonlar – Cladoxylopsida

  4. Zigopterissimonlar - Zigopteridopsida

  5. Ofioglossimonlar (ilontilsimonlar) – Ophioglossopsida

  6. Marattiyasimonlar - Marattiopsida

  7. Polipodiumsimonlar - Polypodiopsida


Yuqorida keltirilgan sinflardan 1-4 sinflarning vakillari butunlay yo’qolib ketgan. Anevrofitsimonlar sinfining vakillari eng qadimgi qirqquloqlar sanaladi. Ular devon davrining o’rtalarida (400-375 mln yillar oldin) o'sgan. Tuzilishi jihatidan riniyatoifa o'simliklarga o’xshab ketadi. Shuning uchun ularga psilofitnamolar (Psilophytales) qabilasidan kelib chiqqan, riniyatoifa bilan qirqquloqtoifa o'simliklar o'rtasidagi oraliq o'simlik deb qaraladi.
Arxeriterissimonlar sinfining vakillari ham qirilib ketgan bo'lib, ular o’rta devonning oxiridan, karbonning boshlarigacha (320-360 mln. yil oldin) tarqalgan bo'lgan. Bu sinf vakillari tashqi ko'rinishi jihatidan hozirgi ignabargli daraxtlarga o’xshash bo'lgan.
Kladoksilonsimonlar sinfi vakillari ham anevrofitsimonlar va arxeopterissimonlar sinflarining vakillari bilan deyarli bir davrda o'sgan.
Zigopterissimonlar sinfiga mansub qirqquloqlarning vakillari devon davrining oxirlaridan boshlab, to permgacha o'sgan.

Sinfcha (ajdodcha)-ofioglossimonlar yoki ilontilsimonlar - ophioglossopsida.
Ilmiy manbalarda bu sinf vakillari paleozoyda yashagan va ikkinchi sinfning teng sporali vakillaridan kelib chiqqan deb ko'rsatiladi. Sababi kambiy qavatining bo’lishi va yosh barglarining gajaksimon o’ralmaganligi bilan arxeopterissimonlarning vakillariga o’xshab ketadi.
Ofioglossumsimlarning vakillari asosan ko'p yillik o’t o'simliklar bo'lib, ayrim tropik vakillari esa epifit holda hayot kechiradi. Sporofiti seret, mexanik to’qimasi rivojlanmagan. Ildizpoyasi oddiy, ko'pincha qisqa bo’g’imli, ba'zan dixotomik shoxlangan. O'zida 1500 dan 15 minggacha spora saqlovchi sporangiylari uchki qismidan ochiladi. Gametofiti yirik, dixotomik yoki boshqacha shoxlangan. Bu sinfga bitta qabila ofioglossumnamolar (Ophioglossales). , bitta oila ofioglossumdoshlar(Ophioglossaseaye) va uchta turkum: botrixium (Botrichium) ofioglossum (Ophioglossum) va xelminostaxes yoki chuvalchangboshoq (Helminthostachys) va 80 dan ziyod tur kiradi. O’rta Osiyoda 2 turkumga mansub 3 turi, O’zbekistonda 2 turkumga oid 2 turi o'sadi.
Ofioglossum turkumining oddiy ilontili (O.Vulgatum) nomli turi bilan tanishamiz. U ko'p yillik o’t o'simlik, sernam o’rmonlarda tog'li tumanlarda, archazorlarda o'sadi. Yosh barglari gajaksimon o’ralmagan. Bargining asosida ko'rtakni o’rab turuvchi qini bor. Bargining yana bir harakterli hususiyati shundaki, u ayrisimon shaklda 2 qismga ajraladi. Har qaysi barg qismi (segmenta) shakli va bajaradigan funksiyasi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bittasi vegetativ (steril), ikkinchisi esa spora beruvchi (fertil) qism hisoblanadi. Vegetativ barg assimilyatsiya funksiyasini bajaradi. Spora beruvchi barg uzunchoq shaklda bo'lib, uning uchki qismida sporangiyalar 2 qator bo'lib joylashgan. Har qaysi sporangiyda 15 mingtagacha spora hosil bo'ladi. Spora yerga to’kilishi bilan tez o’smaydi. Chunki o'sish oldidan ular albatta ma'lum vaqt tinim davrini o’taydi.
Sporadan qulay sharoitda hosil bo'lgan gametofit yer ostida joylashganligi sababli rangsiz yoki qo'lrang sargish-qo’ng’ir rangli bo'ladi.
Gametofit uchki qismidan o'sib, 10-20 yil mobaynida diametri 1 mm uzunligi 6 sm gacha bo'lgan uzunchoq shakldagi kam shoxlangan tanani hosil etadi. Oilaning boshqa turlarida evolyusiya jarayonida uzunchoq silindr shaklidagi gametofit asta-sekin qisqarib, tugunaksimon shaklga o’tgan.
Sitologlarning ko'rsatishicha bu oila vakillarida xromasomalarining o’rtacha soni 15 ta. Biroq ayrimlarida ko'proq xromasomalar borligi aniqlangan. Bular yuksak o'simliklar orasidagi eng ko'p xromasomali o'simliklardir.


Yüklə 398,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin