NARGISDOSHLAR (AMARULLIDACEAE) OILASI.
Bu oilaga 65 turkum , 900 tur kiradi. O’zbekistonda 3 ta turkumiga mansub 5 ta turi o'sadi. Bu oila vakillari tropik va subtropik mamlakatlarda keng tarqalgan. Ularga asosan piyozli ko'p yillik o'tlar kiradi. Barglari nashtarsimon bo'lib, ildiz bugzida joylashadi. Gullari aktinamorf, ikki jinsli. Mevasi ko'sakcha. Omon kora (Ungernia Victoris) turi kamyob o'simlik bo'lib, tarkibida muhim alkoloid bor. Undan polemiyelitga karshi dori olinadi. O’zbekistondagi oilaning 5 turidan 3 tasi O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
№ 24. XILOLNAMOLAR
QABILASI.
Reja:
Xilolnamolar (cuperales) qabilasi.
Xiloldoshlar (cuperaceae) oilasi.
Bu oilaga 100 ta turkumga mansub 4000 tadan ortiq tur kiradi.Ular yer yuzida keng tarqalgan ko'p yillik o'tlardan iborat.O’zbekistonda 16 ta turkumga oid 90 ta turi o'sadi.Oilaga ko'p yillik ildizpoyali o'tlar kiradi. Barglari ingichka , qattiq. Gullari mayda , ko’rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli , boshoqchalarda joylashgan. Gulqo’rg’oni 6 ta yoki 3 ta tangachadan iborat. Bu oilaga O’zbekistonda keng tarqalgan rang (Sagex) , Salomalaykum ( Cuperis) kabi turkumlar kiradi.
Oila vakillari yem-xashak o'simlik sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Papirus deb ataladigan qogoz tayyorlanadigan o'simlik ham shu oilaga kiradi.
№ 25. BUG’DOYNAMOLAR
QABILASI.
Reja:
1.Bug’doynamolar qabilasiga umumiy ta’rif.
2.Tariqsimonlar kenja oilasi – Ranicoideae ularga hos hususiyatlar.
3.Qo‘ng‘irboshsimonlar kenja oilasi – Roaeoideae turlari.
Bu oilaga bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik va poyasi o‘n metrga yetadigan daraxt o‘simliklar kiradi.
Bu oilaga taluqli o‘simliklarning tanasi somonpoyadan iborat bir necha bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlari bor. Bo‘g‘im oraliqlari kovak, ayrim xollardagina, masalan, makkajo‘xorida bu kovak, g‘ovak, parenxum to‘qima bilan to‘lgan bo‘ladi Bargi oddiy, chiziqsimon bo‘lib, barg qini va barg plastinkasidan iborat, poyada navbat bilan joylashadi, barg plastinkasi ostida plastinkaning qinga aylanish joyida barg tilchasi yaqqol ko‘rinib turadi. Bu barg tilchasi poyaga zich o‘rnashib yog‘in suvlarining barg qini bilan poya o‘rtasidagi oraliqqa o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Brg tilchasi har xil shaklda va har xi kattalikda bo‘ladi, sistematik belgilardan hisoblanadi. Boshoqdoshlar poyasining o‘sish zonasi bo‘g‘im oralig‘ining tag qismida bo‘ladi, barg qini shu o‘sish zonasini shikastlanishlardan himoya qilib poyaning mustahkamligini oshiradi. Boshoqdoshlar poyasining tag qismidan – to‘plash bo‘g‘imdangina shoxlaydi – tuplaydi. Bu bo‘g‘im tuproqning ustki qatlamida yoki betidagina joylashadi. Boshoqdosh o‘simliklar guli bir jinsli yoki ikki jinsli bo‘lib sodda to‘pgulda – boshoqda joylashadi. Boshoq o‘z navbatida murakkab boshoq, murakkab ro‘vak, popuk, so‘ta shaklida bo‘lishi mumkin. Boshqa har xil shaklda tuzilgan bu tuzilishlar sistematika belgilardan hisoblanadi.
Tipik tuzilishli boshoqda bir juft qobiq bo‘lib, boshoqchani zich o‘rab oladi, boshoqchada esa bitta yoki ko‘p miqdorda gul joylashadi. Xar bir gulda ikki doira: tashqi va ichki doira yasab joylashgan prdasimon gultevarakligi bo‘ladi. tashqi doirada ikkita: ostki va ustki gul qobig‘i joylashadi. Ostki gul qobig‘i gulyonligi bargchasi bo‘lib, uchtki gul qobig‘ining ko‘p qismini o‘rab turadi. Ustki gul qobig‘ida ikkita qil chiqiq choki bo‘ladi; bu hol mazkur qobiqning qo‘shilishib ketgan ikkita bargcha – gultevarakligi bargchasidan tashkil topganligini ko‘rsatadi. Bundan keyingi ichki doira ikkita pardacha – Lodicula dan tashkil bo‘ladi, bu pardachalar ahamiyatga ega. Gullash oldidan pardada juda bo‘rtib ketib gul qobiqchalarini chetga suradi, buning natijasida ichidagi hamda changchilar va urug‘chi tumshug‘i tashqariga chiqadi.
Gul changchisi ko‘pincha uchta, ba’zan bitta, ikkita, oltita yoki ko‘p bo‘ladi. changchi ipi uchida yirik changdon joylashadi; bu changdonda yengil, quruq ko‘p changlr paydo bo‘ladi. changchi ipi gul ochilguncha juda kalta, ochilish davrida esa tezda bo‘yiga cho‘zilib changdoni guldan tashqariga chiqadi. Urug‘chisi qo‘shilishib ketgan uchta meva bargchasidan tashkil topgan, urug‘chi tumshuqchasi ipsimon uzun
Tariqsimonlar kenja oilasi – Ranicoideae
Jo‘xori – Sorghum turkumi poyasi baland o‘sadigan bir yillik yoki ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik, poyasining uchi ro‘vaksimon to‘pgul bilan tugallanadi. O‘zbekiston MDH va Turkmaniston Respublikasi territoriyalarida jo‘xorining qo‘qonjo‘xori turi – Sorghumo ernuum ko‘p o‘stiriladi. Qo‘qonjo‘xori bir yillik o‘simlik, poyasining uchi to‘pguli tagidan pastiga yoysimon bukiladi, bu ba’zan oqjo‘xori deb ham yuritiladi.
G‘umay – Sorghum halerense – O‘rta Osiyoda ko‘p o‘sadigan ko‘p yillik, zarrali begona o‘t.
Tariq – Ranicum turkumi: buning tropik va o‘rta mintaqalarda o‘sadigan 400 ta turi bor. Ammo MDH territoriyasida to‘rtta turi bo‘lib, bundan uchtasi begona o‘simlikdan, bittasi ekiladigan oddiy tariq – Ranicum miliaceum dan iborat.
Itqo‘noq – Setaria turkumi: buning MDH territoriyasida beshta turi o‘sadi, bundan bittasi ekiladigan qo‘noqdan iborat.
Sholi – Oryza turkumi: bir yillik va ko‘p yillik o‘simlik, poyasi uchida yirik tarvaqaylgn ro‘vagi bor. Guli ikki jinsli, changchisi oltita. Bu turkumning 20 ta turi bor. Bu turlardan ikkitasi ekiladi, MDH territoriyasida bittasi Oryza sativa o‘stiriladi. Sholi (guruch) oziq-ovqat maxsuloti bo‘lish jixatidan yer yuzasida bug‘doydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Qo‘ng‘irboshsimonlar kenja oilasi – Roaeoideae
Bu kenja oilaga kiradigan o‘simliklar boshog‘ida qobiq ikkita, boshoqchasi bir gulli yoki ko‘p gulli bo‘ladi. Buning quyidagi turkum va turlari muhim hisoblanadi.
Suli turkumi – Avena ning MDH territoriyasida 18 turi (bir yillik o‘simliklar), bundan O‘zbekistonda 14 tasi o‘sadi. Ekiladigan suli – A. Sativa bir yillik, o‘zidan changlanadigan o‘simlikdir.
Qo‘ng‘irbosh turkumi – Poa ning dan ortiq turi MDH territoriyasida o‘sadi; bular o‘tloq o‘tlarining asosiy qismini tashkil etadi. Begona o‘t tariqasida o‘sadigan bitta turi Roa annua dan boshqasi ko‘p yillikdir.
Yaltirbosh turkumi – Bromus ning 44 turi MDH territoriyasida o‘sadi. Bular yirik ro‘vaksimon to‘pgulga ega bo‘lgan ko‘p yillik va bir yillik o‘simliklardir. Yaltirboshning ko‘p yillik turlari, ayniqsa qiltiqsiz yaltirbosh – Bromus inermis mollarga ovqat bo‘lishi jixatidan katta axamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |