SINFCHA (AJDODCHA) BULDURUKO’TKABILAR ALISMATIDAE. Mazkur sinfcha 2 ta qabila, 18 ta oila va 56 ta turkumga mansub 500 ta to'rni birlashtiradi. Ularning aksariyat qismi suv va sernam muxit bilan boglangan.
BULDURUQNAMOLAR (ALISMATALES) QABILASI. Bu qabilaga 2 ta oila kiradi.
BULDURUQDOSHLAR (ALISMATACEAE) OILASI. Bu oilaga 13 turkumga mansub, 100 ga yaqin tur kiradi. Ular suv xavzalarida, botqoqliklarda o'sadigan ko'p yillik ut. Barglari ildiz bugzida joylashgan. Gulqo’rg’oni oddiy gultojisimon yoki murakkab, uchta gulkosacha barg va 3 ta gultojbargdan tashqil topgan. Changchilari odatda 6 tadan. Mevasi bir urug'li. O’zbekistonda oilaning 2 ta turkumga mansub, 4 ta turi o'sadi.
SOYABONGULDOSHLAR OILASI – UMBELLIFERAE Bu oilaga asosan o‘tsimon o‘simliklar, ba’zan yarim buta va o‘simliklar kiradi. O‘tsimon turlari asosan shimoliy yarimsharning o‘rta mintaqa zonasida, yarim buta va buta turlari esa tropik va subtropik zonalarda o‘sadi.
Bu oilaga taalluqli o‘simliklarning bargi poya va shoxlarda navbat bilan joylashgan, yonbargchasiz, ammo poyani ozmi-ko‘pmi o‘rab oladigan qini bo‘ladi. barg plastinkasi butun yoki qayta-qayta chuqur kertiklar bilan bo‘laklarga bo‘lingan. Poyasi odatda kovak, bir necha bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan.
Gullari mayda, soyabonsimon to‘pgullarga to‘planadi. Murakkab soyabonning asosi gulyonbargchalardan iborat umumiy o‘rov (obvertka) bilan o‘ralgan, shuningdek, undagi soyabonchalarning xar birining ost qismi o‘z holicha aloxida o‘rovchalar bilan o‘ralgan. O‘rov va o‘rovchalarning shakli, kattaligi hamda bu o‘rovlarning joylashishi muxim sistematika belgilaridan hisoblanadi. Soyabonguldoshlarning gullari ikki jinsli, ba’zan bir jinsli (ikki uyli yoki ibr uyli), to‘g‘ri tuzilishli (aktinomorf), gulkosachasi juda reduksiyalagan,
kosachasi 5-3 tishli, gultojisi 5 tojbargli, changchisi ham 5 ta, urug‘chisi 2 ta bargchadan iborat. gul tugunchasi ostki bo‘lib 2 ustunchali va 2 uyali. Xar bir ustunchaning ost tomoni shiradon bilan o‘rab olingan. Gulda changchi oldin, urug‘chi keyin yetiladi. Guli chetdan xashoratlar yordamida changlanadi.
Mevasi ko‘p urug‘li yoki osilma mevachadan iborat (osilma meva deyilishiga sabab meva pishgandn keyin ikki pallaga ajralib bitta bandga ilinib, osilib turadi).
Soyabonguldoshlar oilasiga yer sharining deyarli hamma joyida o‘sadigan 250 turkum va 3500 tur kiradi, bu o‘simlik turkumlaridan 147 tasi, turlaridan 750 tasi MDH territoriyasida o‘sadi Soyabonguldoshlarning ko‘pi sabzavot va xushbo‘y o‘simlik bo‘lishi sababli katta amaliy axamiyatga ega. Bunday o‘simliklar jumlasiga quyidagilar kiradi: sabzi – Daucus sativus, zira - Carum carvi, kashnich - Coriandrum sativum, ukrop - Anetum graveolens, sel’drey - Arium graveolens
Yovvoyi sabzi (Daucus carota) Sabzi to‘pgulli murakkab soyabonsimon tuzilishda, uning tag tomoni kertikli yashil bargchalardan tashkil topgan o‘rama bilan o‘rab olingan. To‘pgul markazida to‘q qizil tusli gul deyarli hamma vaqt bo‘ladi. Bu gulning vazifasi boshqa oqish gullar ichida uzoqdan yaqqol ko‘rinib xashoratlarni jalb etishdan iborat bo‘lishi kerak.
Soyabonsimonlar to‘pgulidagi gullar har xil bo‘ladi. Soyabon chetida joylashgan gulda gultojbargning sirt qismi ichkarisidagidan yirikroq, ya’ni zigomorf bo‘ladi. Soyabon o‘rtasida joylashgan gul to‘g‘ri tuzilishli bo‘ladi.
Gul ichida (gultojbarg ostida) gul o‘rni chetida gultoj bilan navbatma-navbat o‘rnashgan 5 ta mayda tishcha bor. Buni 5 ta bargchali gulkosacha deyish mumkin. Navbatda gulning yuqorisini lupa okulyariga to‘g‘rilab, uning boshqa qismlari ko‘zdan kechiriladi. Gul o‘rning ichki cheti bo‘ylab 5 ta changchi joylashadi, bularning iplari gultojbargdan uzunroq bo‘lib, tashqari tomonga bir oz egilib turadi. Gul o‘rtasida ikkita ustuncha bor, buning ostida yostiqchasimon shiradon bo‘ladi, bu ustuncha osti yoki urug‘chi usti diski deb ataladi. Urug‘chi ustunchalar tugunchaga borib tutashadi.
№ 21. QO’G’ANAMOLAR. PALMANAMOLAR
QABILASI VAKILLARINI O’RGANISH.
Reja:
1. Palmasimonlar (arecidae) qabilasiga qisqacha tarif.
2. Qo’g’anamolar (typhales) qabilasi. Qo’g’a(tira) haqida malumot.