SIGIRQUYRUQDOSHLAR OILASI
Oilaning 200 turkumga mansub 3000 dan ortiq turi butun yer shari bo’ylab tarqalgan.Odatda ular bir, ikki va ko’p yillik o’t o’simlik. Barglari oddiy qarama-qarshi joylashgan gullari barg qo’ltig’ida yoki shingil da qisman boshoqsimon gul to’plamlaridan koy olgan qo’sh jinsli qo’sh gulqo’rg’onli. O’zbekistonda oilaning keng tarqalgan sigir quyruq (V.songoricum) ikki yillik, bo’yi 60-120 sm silindirsimon to’p guli ko’p yillik, barglari etli poyada navbatlashib joylashgan, gul toji sariq, adir va tog’ mintaqasida tarqalgan Qoramug.(Linaria Popovii); ko’p yillik o’t, bo’yi 25-40 sm poyasi tuksiz, sershox to’pguli shingilsimon adir va tog’ zo’nasining ekin dalalarida begona o’t sifatida uchraydidan taka soqol kabi turlari mavjud.
№ 18. YALPIZNAMOLAR QABILASI VAKILLARI.
Reja:
Yalpiznamolar qabilasiga umumiy tarif.
2. Yasnotka - Lamium amrlexicaule misolida o’rganish.
YALPIZDOSHLAR OILASI – LAMIACEAE
Bu katta oilaga o‘t, chala buta va buta o‘simliklar kiradi. Bularning barglari poya va shoxlarda qarama-qarshi o‘rnashgan bo‘ladi. Bargyonligi yo‘q, poyasi to‘rt qirrali. Guli noto‘g‘ri (zigomorf) tuzilgan ikki jinsli, rangdor bo‘ladi. Gultoji ikki labli, ustkisi – uchta tojbargdan tashkil topgan, qalpoqchasimon yoki yassi shaklda, bu uchta tojbargning o‘rtasidagisi ko‘pincha ikkiga bo‘lingan bo‘ladi.
Gulkosachasi o‘zaro qo‘shilishib ketgan 5 ta tishchadan iborat, ba’zan ikki lab shaklida, bulardan ustkisi uchta kosachabargdan, ostkisi esa ikkita kosachabargdan tashkil topgan bo‘ladi. Changchisi to‘rtta bo‘lib gultoj trubkasi bilan tutashib ketgan, bu changchilardan oldingi ikkitasi orqadagi ikkitasidan uzunroq. Ba’zan changchilari reduksiyalanib ikkita bo‘lib qolgan. Urug‘chilari ikkita meva bargdan tuzilgan; urug‘chi tugunchasi ustki, 4 uyali. Gul bandi juda qisqa, gullar uchki barglar qo‘ltig‘ida shingil, boshcha, ro‘vakcha shaklida to‘pgulga yig‘ilgan bo‘ladi. Mevasi yakka urug‘li to‘rtta yong‘oqchadan iborat. Urug‘ida endosperma bor.
Labguldoshlarning hammasida efir moyi bo‘ladi, ammo alkoloid bo‘lmaydi. Bu oilaga 170 turkum va taxminan 3400 tur kiradi. Bular yer sharining deyarli hamma qithasida o‘sadi. MDh territoriyasida – o‘rmonlarda, dasht, cho‘l va tog‘larda bu oilaning 600 tacha turi uchraydi.
O‘rta Osiyoda labguldoshlarning yasnotka – Lamium, mavrak (shalfey) – Salvia, rayxon – Ocimum, yalpiz - Mentha, qo‘ziquloq (zopnik) – Phlomis va boshqa turkumlari uchraydi.
Ekologiyasi: tog’larda, suv bo’ylarida, begona o’t va madaniy holda hovlilarda o’sadi.
Ahamiyati: Oziq-ovqat, dorivor va manzarali.
Yasnotka - Lamium amrlexicaule Gultoji qizil yoki pushti tusli, 2 labli bo‘lib qo‘yi lab orqaga qayrilgan, ustki lab qalpoqsimon joylashgan. Bu qalpoqsimon lab ko‘tarilganda uning ostida (panasida) to‘rtta changchi borligi ko‘rinadi, bulardagi changdonlar juft-juft bo‘lishib birining ustiga biri o‘rnashgan, mana bular orasida tumshuqchasi to‘rtta ajralgan uzun yoysimon urug‘chi ustunchasi joylashadi.
Gultoj tikkasiga yorilsa, qo‘yi lab tojbargning bitta katta va ikkita ensiz bigizsimon yon bo‘laklaridan iboratligi ma’lum bo‘ladi, ya’ni quyi lab o‘zaro qo‘shilishib ketgan uchta tojbargdan tashkil topgan. 4 ta changchidan 2 tasi qisqa bo‘lib, ustki lab ichiga birikkan. Gulkosachasi qo‘ng‘iroqsimon, qiyshiq, 5 ta nishtarsimon tishchasi bor, chetlari kiprikchali, sirti oqish, yotiq tuklar bilan qoplangan. Kosacha yorilsa uning ichidagi urug‘chi ko‘rinadi, urug‘chi tumshuqchasi to‘rt bo‘lakli, tugunchasi ustki. Tuguncha belidan ko‘ndalangiga kesilsa, uning to‘rt uyali ekanligi, har uyada bittadan urug‘ kurtak borligi ko‘rinadi. Mevasi teskari tuxumsimon to‘rtta yong‘oqchadan iborat.
Yasnotka o‘ti, g‘o‘za, beda, zig‘ir dalalarida, shuningdek bog‘larda, partov yerlarda va ariq bo‘ylarida ko‘p o‘sadigan begona o‘simlik.
№ 19. QO’NG’IROQGULNAMOLAR VA QOQIO’TNAMOLAR QABILASI VAKILLARI
Reja:
Qoqio’tnamolar qabilasi –Asteridae ularning turli-tumanligi.
2. Qoqio’t turkumi (Taraхacum)misolida o’rganish.
Dostları ilə paylaş: |