BURCHOQDOSHLAR (DUKKAKDOSHLAR) OILASI — FABACEAE
Burchoqdoshlar ajdoddagi eng yirik oilalardan bo’lib, 650 ta 1 turkumga mansub 18000 ta turlarni o’z ichiga oladi. Ular Yer shari bo’ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra o’t, yarimbuta, buta va daraxtlardan iborat. Barglari asosan murakkab, ba'zan oddiy, hamisha yonbargchali. Gullari ikki jinsli, zigomorf, ba'zan aktinomorf, shingilsimon, kallaksimon yoki yoyiq to’pgullarda o’rnashgan.
Gulkosachabargi 5 ta, ba'zan 4 ta, ko’pincha qo’shilib o’sgan. Gultojbarglari ham 5 tadan. Ustki yirik gultojibargga yelkan, ikkita yonidagisiga qanotcha, ikkita ostkisiga qayiqcha deyiladi. "Tugunchasi ustki. Gul formulasi: Ca(5) Co|+2+(2) A(9)+1 G, Mevasi turlicha shakldagi dukkaklardan iborat. Hasharotlar orqali va o’z-o’zidan changlanadi. Dukkagida bittadan bir nechtagacha urug’i bo’ladi.
O’rta Osiyoda oilaning 40 ta turkumga mansub 1093 ta turi, o’zbekistonda 35 turkumga oid 425 turi o’sadi. Burchoqdoshlar oilasi 3 ta oilachaga boiinadi: Sezalpiniyadoshchalar (Caesalpinioideae), Mimozadoshchalar (Mimosoideac), Kapalakdoshchalar (Faboideac-Papilionodeac). Sczalpiniyadoshchalar oilachasining turlari o’zbekistonda tabiiy holda nihoyatda kam uchraydi'. Bularga Griffit arg’uvoni (Cercis griffithii), Gimnokladus (Gymnocladus) kabilar kiradi. Griffit arg’uvoni respublikaning togii hududlarida (G’arbiy Tiyonshan, Bobotog’, Hisorda) tarqalgan, barg chiqarmasdan erta bahorda gullaydigan daraxt. o’zbekiston Respublikasi „Qizil kitob”ga kiritilgan.
Oilachaning ayrim turlari rnadaniy (ekma) o’simlik sifatida sug’oriladigan ycrlarda ekiladi. Masalan, kassiya (Cassia) turkumining sano deb ataladigan ayrim turlari respublikaning janubiy hududlarida bir yillik dorivor o’simlik sifatida ckiladi. Glcdichiya (Gleditshia) ning 2 ta turi (G. caspia va G. triacanthos) ham asalshiraga boy va manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Mimozadoshchalar oilachasining ayrim turlari o’zbekistonda manzarali o’simlik sifatida ekiladi. albitsiya (Albizia) turkumlarining ba'zi tuiiari bunga misol boiadi. Turlarga boyligi, tabiatda va qishloq xo’jaligida madaniy o’simlik sifatida keng tarqalgani bilan Kapalakdoshchalaroilasi alohida o’rinda turadi. Oilaga Astragal (Astragalus), Oksittropis (Oxytropis), Burchoq (Vicia), Beda (Mcdicago) kabi turlarga boy yirik turkumlar; turlari madaniy o’simlik sifatida ko’plab ekiladigan No’xat (Cicer), Yeryong’oq (Arachis), Loviya (Vigna), Fasol (Phaseolus), Burchoq (Vicia) kabi turkumlarning ko’pchilik turlari; Shirinmiya (Glycyrrjiza), shular jumlasidan
№ 15. CHILONJIYDANAMOLAR, JIYDANAMOLAR, ZIRANAMOLAR QABILASI.
Reja:
1. Chilonjiydanamolar (Rhamnales) qabilasi unga kiruvchi oilaga ta’rif.
2. Jiydanamolar (Elaeagnales) qabilasi morfologiyasi, anatomiyasi va xilma-xilligi.
3. Ziranamolar(Apiaceae) qabilasi klassifikatsiyasi.
Dostları ilə paylaş: |