1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)


QOVOQNAMOLAR CUCURBITALES QABILASIGA



Yüklə 398,5 Kb.
səhifə22/36
tarix31.05.2022
ölçüsü398,5 Kb.
#60118
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

QOVOQNAMOLAR CUCURBITALES QABILASIGA.
Bu qabilaga bitta qovoqdoshlar oilasiga kiradi.


QOVOQDOSHLAR (CUCURBITACEAE) OILASI.
Bu oila 90 ga yaqin turkum va 700 ga yaqin to'rni o'z ichiga oladi. O’zbekistonda 3 turkumi, 5 ta turi o'sadi. Bu oila vakillari asosan tropik xududlarda va Afrika, Osiyo va Amerikaning mu'tadil iqlimli mintaqalarida o'sadi. O’zbekistonda kovun, tarvuz, bodring va qovoqlarning bir necha turlari ekiladi. Bu oilaga bir yillik va ko'p yillik urmalab o'suvchi o'tlar, yarim buta, buta va ba'zi daraxtlar kiradi.qovoqdoshlarning barglari oddiy ketma-ket jylashgan. Gullari aktinomorf, bir jinsli kosacha va toji barglari 5 ta dan bo'lib, changchilari 3-5 ta urug'chisi 3 ta mevachabargdan iborat. Mevasi qovoqmeva. Bu oilaga qovoq- (Cucurbita), bodring (Cucumis), tarvuz (Citrullis), kovun (Melo) kabi turkumlar kiradi. Ularning xalk xo'jaligidagi ahamiyati benixoya katta. Qovun turkumi (Me1o) vakillarining guli bir jinsli bo’lib baz’an ikki jinsli. Qovun Osiyoning tropik va substropik mamlakatlardan kelib chiqqan. 10 ga yaqin turga ega. Shundan eng ko’p ekma qovun (M.sativus) bo’lib, juda ko’p navlarga ega. Shuningdek bodring, torvuz kabi turkum vakillari ham madaniy holda katta maydonlarga ekiladi
TOLNAMOLAR SALICALES QABILASI
Bu qabilaga faqat bitta oila kiradi.
TOLDOSHLAR SALICACEAE OILASI
Bu oilaga 3 turkumga mansub 400-420 tur kiradi. Toldoshlar oilasiga mansub o'simliklar dars buylarida, tukaylarda, ariklar kirgoklarida, suvga serob joylarda o'sadi. Bu oilaga mansub o'simliklar bargini kishda tukib turadi. Oilaning eng keng tarqalgan turkumlari tol (Salix) 350-370, terak (Populus) 50-60 to'rni o'z ichiga oladi. Ular daraxt va butalardan tashqil topgan. Bo'lar orasida majnuntol - S.babylonica, koratol - S.australior, turongil (populus pruinosa), kuk terak (P.bacnofenii), kora terak (P.nigra) lar bor. Barglari oddiy, butun. Gullari bir jinsli, ikki uyli. Shuningdek Gulqo’rg’oni yuk. Tollarda changchilar 2 ta, teraklarda 6-40 ta urug'chisi 2 ta mevachi bargning qo'shilib o'sishidan hosil bo'lgan. Mevasi senokarp.
Tol (salix) turkumining 300 dan ortiq turi ma’lum, hamdo’stlik mamlakatlarida 170 shu jumladan O’rta Osiyoda 34 turi tarqalgan. Ariq va daryo sohillarida o’sadigan daraxt va butalarning kurtak ustida qoplovchi tangachasi bitta, gul oldi tangachasi cheti tekis butun, gullari bandsiz. Gul formulasi
O’zbekistonda oq tol (Salix alba), qora tol (S. excelesa) keng tarqalgan. Tol muhum asal beruvchi o’simlik. Undan savatlar tayorlashda, mebelsozlikda foydalaniladi, po’stlog’i ko’nchilikda ishlatiladi.

12. GULHAYRINAMOLAR, GAZANDANAMOLAR, SUTLAMANAMOLAR QABILASI.


Reja:
1.Gulxayrinamolar - Ularning tavsifi, hayot shakllari, ko‘payishi, tarqalishi, sistematikasi, va muhim turlarining amaliy ahamiyati


2. Gazandanamolar - ko‘payishi, tarqalishi, sistematikasi, va muhim turlarining amaliy ahamiyati
3. Sutlamanamolar - Ularning tavsifi, hayot shakllari, ko‘payishi, tarqalishi.



Yüklə 398,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin