NAVRUZGULDOSHLAR PRIMULACEAE OILASI. Bu oilaga 30 turkum 1000 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan ko'p yillik o'tlardan iborat. Barglari ildiz bo’g’zida hosil bo'ladi, butun yoki patsimon qirqilgan. Gullari aktinomorf, ikki jinsli. Kosacha va gultojbarglari 5 ta dan, changchisi 5 ta, urug'chisi 5 ta. Tugunchasi ustki, mevasi ko'sakcha. O’zbekistonda 8 turkum va 24 turi o'sadi.
Navruzgul turkumi (PRIMULA) ga soyabonsimon tupgulli ko'p yillik ut o'simliklar kiradi. Navruzgullarning yer sharida 300 turi, O’zbekistonda 10 turi uchraydi. Ular asosan Surxandaryo, Kashqadaryo, Samarkand, Toshkent, Fargona viloyatlarining tog'li tumanlarida tarqalgan. Bu oilaning vakillari tarkibida saponinlar, alkoloidlar, smolalar va efir moylari mavjud. Navruzgullarda Vitamin S ko'p bo'ladi. Ba'zi turlaridan gulchilikda keng foydalaniladi.
№ 11. TOLNAMOLAR, QOVOQNAMOLAR, KOVULNAMOLAR QABILASI.
Reja:
Tolnamolar - Ularning tavsifi, hayot shakllari, ko‘payishi, tarqalishi, sistematikasi, va muhim turlarining amaliy ahamiyati
Qovoqnamolar - Ularning tavsifi, hayot shakllari, ko‘payishi, tarqalishi, sistematikasi, va muhim turlarining amaliy ahamiyati
Kovulnamolar - Ularning tavsifi, hayot shakllari, ko‘payishi, tarqalishi, sistematikasi, va muhim turlarining amaliy ahamiyati
KAVULNOMALAR (CAPPARALES) QABILASI Bu qabilaga 4 oila kiradi. Bular ichida tarqalganlari kavuldoshlar va karamdoshlar oilalari
KOVULDOSHLAR CAPPARACEAE OILASI. Bu oila 45 ta turkumga oid 850 tur kiradi. Ular tropik va subtropik hamda issik iqlimli xududlarda tarqalgan. O’zbekistonda 2 ta turkumga mansub 6 turi o'sadi. Chiqib kelishi jihatidan kovullar gunafshadoshlarga yaqin turadi.
Kovul turkumi - Capparis. O’zbekistonda bu turkumning 2 ta turi (Capparisspinosa. C.rosanoviana) o'sadi. Kovullar ayrim mamlakatlarda izdaniy o'simlik sifatida ekiladi. Ayniqsa uning gunchasini Kavkaz va O'rta Yer dengizi aholiyey ziravor sifatida ishlatadi. Xindistonda kovuldan foydalanib, upka silini, ildizi kaynatmasidan sariq kasalini davolashda, mevasi kaynatmasidan milklarni mutaxkamlashda foydalaniladi. C.rosanoviana O’zbekiston «Qizil kitobi» ga kiritilgan.