1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)


GUNAFSHANAMOLAR VIOLALES QABILASI



Yüklə 398,5 Kb.
səhifə20/36
tarix31.05.2022
ölçüsü398,5 Kb.
#60118
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

GUNAFSHANAMOLAR VIOLALES QABILASI
Bu qabilaga 15 ta oila kiradi. Ulardan qovun daraxti (Carica papaya) ham shu oilaga mansub bo'lib, Markaziy Amerikaning eng muhim o’simligi hisoblanadi. Qovun daraxti mevasida papin fermenti bo'lib, u oshqozon shirasiga ta'sir etuvchi xususiyatga ega. Qabilaning eng yirik oilasi gunafshadoshlar hisoblanadi.


GUNAFSHADOSHLAR VIOLACEAE OILASI.
Bu oila 29 turkum, 900 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Oilaning eng yirik turkumi Gunafshalar bo'lib, u 400 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Ular asosan Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Oila vakillarining barglari oddiy, yon bargchali. Gullari ikki jinsli, zigomorf (binafshalarda) yoki aktinomorf. Mevasi senokarp ko'sakcha. Fransiyada Viola odorata turidan efir moyi olinadi. Gunafshaning ayrim turlari (V.hortenses. V.grandiflorae) va navlari manzarali o'simlik sifatida ekiladi.

10. NAVRUZNAMOLAR, YULG’UNNAMOLAR QABILASI.


Reja:




  1. Navruznamolar - Ularning tavsifi, hayot shakllari, ko‘payishi, tarqalishi, sistematikasi, va muhim turlarining amaliy ahamiyati




  1. Yulg’unnamolar - Ularning tavsifi, hayot shakllari, ko‘payishi, tarqalishi, sistematikasi, va muhim turlarining amaliy ahamiyati


YULG’UNNAMOLAR TAMARICALES QABILASI.
Kelib chiqishi jihatidan gunafshadoshlarga yaqin turadi. Ular daraxt, buta va ayrim o'tlardan iborat. Barglari mayda. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, changchilari 5-10 ta yoki ko'p, changi 3 juyakli, urug'chisi ko'p sonli.
Bu qabila ikki oila (uchchanoqdoshlar va yulg’undoshlar) 7 turkum 200 ga yaqin turni o'z ichiga oladi.
YULG’UNDOSHLAR TAMARICACEAE OILASI.
O'zbekistonda yulg’undoshlarning 2 turkumiga mansub 16 turi uchraydi. Ular O'zbekistonning cho'l mintaqasidagi qumli yerlarda, suvi qurigan dars va qo'l qirg’oqlarida hamda to’qaylarda, sho’rxok yerlarda tarqalgan. Litvinov yulg’uni to’qaylarda, daryo qirg’oqlarida yumshoq yulg’un o'sadi. Har ikkala tur ham aprel oyida gullaydi.

Yüklə 398,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin