PALMASIMONLAR (ARECIDAE) SINFCHA (AJDODCHA)
Bu sinfcha 4 ta qabila, 7 ta oila, 344 ta turkum va 6500 turni birlashtiradi.
PALMANAMOLAR (ARALES) QABILASI.
Bu qabilaga bitta oila kiradi.
PALMADOSHLAR(ARECACEAE) OILASI.
Bir urug'pallalilar ichida faqat palmalar daraxt shakliga ega. Palmalarning barglari juda yirik, patsimon. Tupgullari ancha katta, meva va urug'lari ham yirikligi bilan ajralib turadi. Bu oilaga 210 turkumga va Ular 3000 tur kiradi. Ular tropik va subtropik xududlarda o'sadi. gZalaoning buyi 60 metrga yetadi. Gullari bir jinsli . Palmaning urug'idan yolinadi 'YOg'ochi kurilish materiali sifatida ishlatiladi. Finik mevasi tarkibida 70 % ga yaqin kand bor . Shuning uchun tuyimli ozik-ovqat sifatida ishlatiladi.
QO’G’ANAMOLAR (TYPHALES) QABILASI.
Bu qabila 2 ta oilani o'z ichiga oladi.
Qo’g’adoshlar (Tuphaceae) oilasi.
Bu oilaga ildizpoyasi yug'on, suvli muxitda , ayniqsa botqoqlarda o'suvchi , buyi ikki metrgacha yetadigan ko'p yillik o'tlar kiradi. Barglari uzun, lentasimon. Gullari mayda, bir jinsli , Gulqo’rg’onsiz, boshoqsimon so’tadan joylashgan. Urug'chi gullari so’taning ostki , yug'on qismida, changchi gullari esa ustki ingichka qismida joylashgan. Changchi guli 3 ta changchi , urug'chi guli 1 ta mevachabargdan iborat. Bu oilaga bitta turkum , 15 tur kiradi.Yer sharida keng tarqalgan .O’zbekistonda qo’g’a (Tira) turkumiga kiruvchi 6 ta tur o'sadi.
№ 22. KUCHALANAMOLAR. LOLANAMOLAR QABILASI VAKILLARINI O’RGANISH.
Reja:
1.Lolanamolar qabila vakillarini o’rganish.
2.Kuchalanamolar (arales) qabilasi ayrim turkumlari haqida malumot.
LOLASIMONLAR AJDODI (SINFI) -Liliopsida, Monocotyledones
Gulli o’simliklarning bu katta sinfi 63.000 turga ega bo’lib, asosan mu’tadil va shimoliy kengliklarda tarqalgan o’t o’simliklari, subtropik va tropiklarga хos, oz bo’lsada daraхt va-killari ham mavjud.
O’zbekiston faqatgina o’t vakillari keng tarqalgan bo’lib, ular o’tloq, dasht, tog’ va cho’l yaylovlarda keng maydonlarni egallaydi. Bo’lar ichida ildiz poyali, ko’p yillik, tuganakli va piyozli vakillari mavjuddir.
Bir pallali o’simliklar o’ziga хos belgilarga ega (bitta urug’ pallaga ega bo’lishi, asosan ildizning yaхshi tarqiy etmay qo’shimcha ildizning ustunlik qilishi poya, barg va gul tuzilishini o’ziga хosligi va boshqalar).
Bu sinf 37 qabilaga aa 104 oilaga ega bo’lib хilma-хil ekalogik muхitda uchraydi.
Bu sinf vakillari halq хo’jaligida oziq-ovqat, yem-хashak, teхnik o’simliklar sifatida qatta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |