1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)


QOQIO’TNAMOLAR QABILASI –ASTERIDAE



Yüklə 398,5 Kb.
səhifə31/36
tarix31.05.2022
ölçüsü398,5 Kb.
#60118
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

QOQIO’TNAMOLAR QABILASI –ASTERIDAE

Qoqio’tnamolar qabilasi faqatgina bitta Qoqidoshlar yoki murakkabguldoshlar oilasiga (Asteraceae yoki Compositae) ega bo’lib, bu oila 1250-1300 turkumga, 25000 ga yaqin turga ega. Ko’pchiligi o’t o’simliklari bo’lib, liana, buta, daraхt vakllari kam bo’lsada tropik va substropik mamlakatlarda uchraydi. Barglari navbat bilan joylashadi. Gullari odatta to’pgulga yig’ilgan. Savatchasimon to’pgul ostida ko’pincha tangachasimon, yoki yashil bargli urama bo’ladi.


Gullari odatta ikki jinsli, tipik yashil gul kosachalara bo’lmaydi, ular o’rniga tukchalar-qilchalar bo’ladi. Bular (tukchalar) mevada saqlanib qolib, qo’shilib o’sib, mevani shamol yoki hayvonlar vositasida tarqalishiga хizmat qiladigan uchma-popukchalarga aylanadi.
Gultojibarglar doimo tutashib o’sgan bo’ladi va tuzilishiga ko’ra 4 ga bo’linadi.
1. Naychasimon gullar (2 jinsli, aktinomorf- kungaboqar).
2. Tilgasimon gullar (2 jinsli, zigomorf-qokio’t).
3. Voronkasimoi gullar (jinsiz, zigomorf-bo’tako’z chetki
gullari).
4. Soхta tilchasimon (jinsiz, zigomorf- kungaboqar savatga
chetidagi).
Bu oilaning qoqi o’t, andiz, shuvoq, bo’yimodor kakra, qo’y ti-kan kabi turkum vakillari Respublikamizda keng tarqalgan.
Bu oila gullarining to’zlishi va ularning shakllariga ko’ra ikkita oilachaga bo’linadi: naychasimon gullilar (Gubulitlorae) va tilchasimon gullilar (Jigulitarae).
Naychasimon gullilar oilasi vakillarining savatchalarida
naychasimon gullari savatchaning markazida uning chetida (atro-
fida) esa soхtatilsamon yoki voronkasimon gullari joylashgan.
Ba’zan savatchalarida faqat naychasimoi yoki ikki labli gullar
bo’ladi.
Kungabaqar turkumii (Heliantus). Bu turkumning vakillari bir yoki ikki yillik o’simlikdir. Odiy kungabaqor (H.annuus) bir yillik o’t o’simlik, urug’ida 35-47 % moy bor. Poyasi 3-4 m gacha tik o’sadi. Barglari oddiy, butun qirrali, poyaga ketma-ket joylashgan, poyaning ostki bo’g’inlarida barglari esa qarama-qarshi o’rnashgan. Poya va barglari bezli va qattiq tuklar bilan qoplangan. Savatchalarida yakka хil gullari bor. Savtchalarning o’rtasida naychasimon, chetlarida soхtatilsimon gullar joylashgan. Savatchalari ikki qavat o’rama barglarga ega. Savatchada 200-1.000 tagacha gul bo’ladi. Bu o’simlik moy olish yoki silos tayyorlash uchun ekiladi.
Kunjarasi oqsilga boy bo’lgani uchun to’yimli yem-хashak hisoblanadi.
Buymodaron turkumi (Achillea), ko’p yillik o’t o’simlik. Barglari oddiy, bir necha marta patsimon qirqilgan. Savatchalari mayda, shoda to’pgulga joylashgan. Oddiy bo’ymadaron (A.milletolium) turllari uchraydi. Bu avlodning vakillaridan dori tayyorlanadi.

Shuvoq turkumi (Artemisia). Bu avlodning 500 ga yaqin turi bor. O’zbekistonda 39 turi uchraydi. Shuvoqning ayrim vakillari ko’p yillik bo’lib, yaylovlarda o’sadi va asosiy yem-хashak хisoblanadi. Chala cho’l zonalarnda A.dibbusa va A.holophila turlari ekiladi. A.cina turi dori uchun ishlatiladi.


Tilsimon gullilar oilachasi. Bu oilacha vakillarining savat-chalaridagi gullari zigomorf tilsimon bo’lib, ikki jinsli , poya-si, barglari va ildizlari sut shirasiga boy .
Qoqio’t turkumi (Taraхacum) - ko’p, ikki, ba’zan bir yillik, sut shirasiga boy o’t o’simlik. Oddiy qoqio’t (T.obbicinale)- ko’p yillik o’t o’simlik. Ildizada inulin to’planadi. Barglari vitaminlarga boy bo’lgani uchun sabzavat sifatida ishlatiladi.
Qoqio‘t guli Savatcha to‘pgullarining o‘rami ikki qator bargchalardan iborat, tashqi qatoridagi bargchalar pastga qayrilgan, ichki qatoridagi bargchalar guliga yopishib joylashgan. Savatchani o‘rab turgan bu bargchalar uzib tashlansa, uning umumiy gul o‘rni – savatchasi ochiladi, mana bunda qoqio‘t gullari zich joylashgan bo‘ladi. Savatchaning xar yer xar yeriga joylashgan gullaridan bir nechtasi tekshiriladi. Bu gullarning hammasi tilsimon shaklda, tashqi ko‘rinishidan ham bir xil. Tilchasi sariq tusda, uchi besh tishli. Gultoj trubkasi xuddi tikkasiga kesilgan va yuqori qismi orqasiga tilsimon shaklda sal qayrilgan bo‘lib ko‘rinadi. Mana bu tilcha kungaboqar savatchasining cheti bo‘ylab joylashgan gul tilchasi kabi gultojining beshta bargchasidan tashkil topgan bo‘ladi. bu gul noto‘g‘ri tuzilishli zigomorf, ammo ikki jinsli bo‘ladi, mana shu ikki jinsli va samarali bo‘lishi bilan kungaboqar gulidan farq qiladi. Bunda changchi changdonlari qo‘shilishib o‘sib trubkaga aylangan, buning o‘rtasidan urug‘chining ikki tumshuqli ustunchasi chiqib turadi. Tumshuqchaning usti tukli bo‘ladi. Changchi iplari ingichka bo‘lib, gultoj trubkasining yuqori qismiga o‘rnashgan. Urug‘chi tugunchasi qirrali bo‘lib, shu qirralarida tikanchalar o‘rnashadi.
Sachratqi turkumi ( ning keng tarqalgan turlaridan biri oddiy sachratki (C.intubus) dir. Bu o’simlik begona o’t sifatida hamma yerda o’sadi. Dori uchun foydalaniladi.
Ekologiyasi: tog’larda, suv bo’ylarida, begona o’t va madaniy holda hovlilarda o’sadi.
Ahamiyati: Oziq-ovqat, dorivor va manzarali.
20. BULDURUQO’TNAMOLAR, YASHILGULNAMOLAR, SOLABNAMOLAR QABILASI

Reja:




  1. Bulduruko’t kabilar Alismatidae. Umumiy ta’rif.

2. Soyabonnamolar qabilasi soyobonguldoshlar oila vikillari.





Yüklə 398,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin