usul yordamida qiymatni kaytargandagina, o‘z
belgilarini namoyon kilishi
mumkin.
Hulk-atvor - xabarga yoki holatning o‘zgarishiga javoban obyekt tomonidan
bajariladigan xatti-xarakatlar. U obyekt nima qilayotganini bildiradi.
Bir obyekt ikkinchi obyekt ustida
xatti-xarakatlar bajarib, uning xulk-atvoriga
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. «Xatti-xarakat» atamasi o‘rniga «usulni chakirish»,
«funksiyasini chakirish» yoki «xabarni o‘zatish» atamalari ko‘llanadi. Muximi bu
atamalarning qaysi biri qullanayotganida emas, albatta, muximi bu xatti-xarakatlar
obyekt hulk-atvorini namoyon qilishga da’vat etishidadir. Obyektlar o‘rtasida
aloqa obyektga mo‘ljallangan dasturlashning muhim tarkibiy qismidir. Obyektlar
o‘zaro aloqasining ikkita asosiy usuli mavjuddir.
Birinchi usul: obyektlar biri ikkinchisidan mustaqil ravishda mavjud bo‘ladi. Agar
alohida obyektlarga o‘zaro aloqa kerak bo‘lib qolsa, ular bir-birlariga xabar
jo‘natadi. Obyektlar bir-birlari bilan xabarlar yordamida aloqa qiladi. Xabar olgan
obyekt ma’lum xatti-xarakatlarni bajaradi. Xabar
uzatish bu obyekt xolatini
o‘zgartirish maqsadida uslubni chaqirib olish yoki xulk-atvor modellaridan birini
ko‘llashning o‘zginasidir.
Ikkinchi usul: obyekt tarkibida boshka obyektlar bo‘lishi mumkin. Xuddi OMDda
bo‘lganidek, dastur obyektlardan tashkil topganidek, obyektlar ham, o‘z
navbatida,
agregattsiya yordamida boshqa obyektlardan jamlanishi mumkin. Ushbu
obyektlarning har bittasida uslub va belgilarga ega bo‘lgan interfeys mavjud
bo‘ladi.
Xabar - obyektga mo‘ljallangan yondoshuvning muhim tushinchasi. Xabarlar
mexanizmi tufayli obyektlar o‘z mustakilligini saqlab qolishi mumkin. Boshqa biron
obyektga xabar jo‘natayotgan obyekt uchun xabar olgan
obyekt talabdagi xatti-
xarakatni qanday bajarishi unchalik muhim emas. Unga xatti-xarakat
bajarilganligining o‘zi muhimdir.
Dostları ilə paylaş: