10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-usul: Ebulioskopik usulda neft mahsulotlarinig molekulyar massani aniqlash



Yüklə 42,01 Kb.
səhifə11/14
tarix21.08.2023
ölçüsü42,01 Kb.
#140062
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-us-fayllar.org

13-LABORATORIYA ISHI
Neft mahsulotlarining fraksiyon tarkibini bug`latish usuli bilan aniqlash
Neft mahsulotlarini haydash usullari neft mahsulotlarining sifatini aniqlashda asosiy ko‘rsatgichlardan biri hisoblanadi. Neftni analiz qilganda uning sifati to‘g‘risida birinchi ta’surotga ega bo‘lamiz. Yoqilg‘i mahsulotlarini haydab, ular avtomashinalarning motorlarida qanday ishlashlari haqida oldindan axborot olishimiz mumkin bo‘ladi. Kimyoviy tarkibi bir xil bo‘lgan moddalar aniq bir temperaturada haydaladi. Shu sabablarga ko‘ra ularga deyarlik mahsus talablar qo‘yilmaydi. Neft mahsulotlari har xil uglevodorodlardan tashkil topgan murakkab organik birikma bo‘lganligi sababli ularni mahsus tuzulishdagi apparatlarda xaydab analiz qilinadi.
Ishdan maqsad: Suyuq yoqilg‘i, erituvchilar va boshqa yengil neft mahsulotlarini fraksion tarkibini aniqlash. Buning uchun analiz qilinadigan moddani 100 sm3 o‘lchab olib, uni mahsus apparatda haydaladi.
Ishlatiladigan apparat, priborlar va idishlar: Neft mahsulotlarini fraksion tarkibini aniqlash uchun 1-rasmda ko‘rsatilgan apparatdan foydalanamiz. Haydash uchun ishlatiladigan hajmi 125 sm3 ga teng bo‘lgan kolba 2-rasmda keltirilgan. Bulardan tashqari hajmi 100 sm3 ga teng har bir 1 sm3 da belgi qo‘yilgan o‘lchov silindr. Haydalayotgan moddani sovutib turish uchun silindrni idishga joylanadi. Bu idishga silindrni 100 sm3 belgisi balandligigacha sovutuvchi modda solinadi. Shisha termometrlar kerak bo‘ladi.
Analizga tayyorlanish va uni bajarilishi. Analiz qilinadigan mahsulotda suv bo‘lishi tavsiya etilmaydi. Agarda mahsulotda suv bo‘lsa uni mahsus usullar bilan suvdan tozalab keyin analiz qilinadi. Apparatning sovutgichini suvga ulaymiz agarda yengilroq neft mahsulotini analiz qiladigan bo‘lsak, sovutgichni ichiga muz yoki shunga o‘xshashni solamiz suvni to‘xtatib qo‘yamiz. Sovutgich trubkasi uchidagi haydalgan mahsulotning qoldig‘ini yumshoq matoga shimdirib olamiz. Silindrda 100 sm3 hajmda haydaladigan neft mahsulotini o‘lchab olib, apparatni kolbasiga extiyotlik bilan quyamiz modda kolbaning bug‘ ketadigan naychasining devorlariga tegmasligi shart. Termometrga po‘kak probka kiyg‘izib og‘ziga o‘rnatamiz. Termometr kolba og‘zini o‘rta qismiga joylashgan bo‘lishi shart. Termometrning simob joylashgan qismi kolbaning bug‘ o‘tkazgich naychasini to‘g‘risida bo‘lishiga etibor berish kerak. Kolbani po‘kak probka vositasida sovutgichga biriktiramiz. Kolba vertikal ravishda turishi kerak. Kolbaning bug‘ ketadigan naychasi sovutgichning trubkasiga 25-30mm kirib turishi kerak. Moddani o‘lchab olingan silindrni yuvib quritmasdan, sovutgich trubkasini ikkinchi uchini ostiga qo‘yamiz. Trubkaning uchi silindrning o‘rtasida 25 mm masofada tushib turishi tavsiya etiladi. Agarda benzinni haydaydigan bo‘lsak silindrni mahsus idish-sovutgichga joylashtirib, sovutgichga suv yoki muz solamiz. Muz yoki suv aralashmasining balandligi silindrning 100 sm3 o‘lchov belgisidan kam bo‘lmasligi kerak. Silindrning og‘zini qog‘oz bilan berkitamiz.
Kolbadagi moddani isita boshlaymiz. Kolbadagi modda 5-10 min. ichida qaynashni boshlasa yaxshi bo‘ladi. Sovutgich trubkasini uchidan o‘lchov silindrga moddaning birinchi tomchisi tushishi, moddaning qaynash temperaturasini boshlanishi deyiladi. Moddaning birinchi tomchisi tushgandan keyin silindrni biroz surib, uning devorini sovutgich trubkasining uchiga tekkizib qo‘yamiz, bunda haydalgan moddaning keyingi tomchilari silindrning devoridan oqib tushadi. Isitish tezligini shunday olib borish kerakki, analiz qilinayotgan moddaning 95 sm3 xajmi haydalib chiqquncha, har bir minutda 4-5 sm3 modda haydalib tursin. Moddaning 95 sm3 xajmi haydalib bo‘lgandan keyin, to qaynash temperaturasining oxirigacha 3-5 min vaqt o‘tishi mumkin deb hisoblanadi. Termometrning simob ustunini kuzatib turamiz. Modda oxirigacha qaynab chiqkuniga qadar simob ustuni ko‘tarilib boradi. Keyin pasayadi. Simob ustunining eng yuqori ko‘rsatkichi moddaning qaynash temperaturasining oxiri, deb qabul qilinadi. Kolbada haydalmay qolgan moddaning hajmini qoldiq deb hisoblanadi. Kolbani sovutgandan so‘ng kolbadagi qoldiqni silindrga quyamiz va umumiy hajmini aniqlaymiz. 100 ml dan umumiy hajmini olib tashlasak haydash vaqtida qancha modda yo‘qolganligini topamiz.
Analiz natijalarini hisoblash: Analiz davomida moddaning qaynash temperaturasini boshlanishini belgilaymiz (nachalo kipeniya). Analiz davomida moddaning 5 va 10%-i haydalganida termometrning simob ustunining ko‘rsatgichini belgilab qo‘yamiz va keyinchalik har 10% haydalganda, so‘ngra 95% haydalganda va moddani ohirigacha haydalgan vaqtidagi (kones kipeniya) termometrning ko‘rsatkichlarini belgilaymiz. Olingan natijalarni grafik usilida chizish uchun qog‘ozga ordinat o‘qi bo‘ylab temperaturani ko‘rsatgichlarini, absiss o‘qi bo‘ylab esa haydalgan hajmini ko‘rsatgichlarini, belgilab chiqamiz. Qaynash temperaturasining boshlanishiga haydaluchi hajmining «0» ko‘rsatgichi to‘g‘ri keladi. Bir talaba bir hil sharoitda ketma-ket bajargan ikkita analizning bir – biridan farqi quyidagi ko‘rsatgichlardan oshmasligi shart:
-qaynash temperaturasini boshlanishida 40 0C;
-qaynash temperaturasini oxiri oraliqdagi haydalib chiqayotgan modda hajmining ko‘rsatgichlaridan 20 0C va 1 sm3;
-qoldiqning hajmida 0,2 sm3.

Yüklə 42,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin