Sof so‘z-gapga [albatta], [alhamdulilloh]; [eh], [hoy], [oh], [o‘h]; [ha], [yo‘q], [mutlaqo]; [ma], [mang] kabi modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zi mansub. O‘zbek substantsial tilshunosligida so‘z-gap [W]-lashgan (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so‘zlar, [W]-lashayotgan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq/inkorlashayotgan, taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, [Wp]-simon (modalsimon, undovsimon, tasdiq/inkorsimon) sÿz-gapga ajratilib, mufassal o‘rganilgan.
[Wp]-lashgan (so‘z-gaplashgan) so‘z o‘z semantik-funktsional xususiyati bilan har xil guruhning markaziy leksemasiga juda yaqin turadi, lekin o‘z aloqasini boshqa so‘z turkumlaridan to‘la–to‘kis uzmagan bo‘ladi. Chunonchi, modallashgan so‘zga [chamasi], [chog‘i], [ehtimol]; undovlashgan so‘zga [ura], [olg‘a], [dod], [voydod]; tasdiq /inkorlashgan so‘zga [bo‘pti], [ma’qul], [aksincha], [mutlaqo]; taklif/ishoralashgan so‘zga qani kabi leksema misol bo‘ladi.
[W]-lashayotgan (so‘z-gaplashayotgan) so‘z so‘z-gapga to‘la-to‘kis o‘tgan bo‘lmaydi va «o‘tish yo‘lida» turgan so‘zdir. Bu o‘rinda modallashayotganga [balki], [hatto], [aftidan]; undovlashayotganga [yashang], [voy o‘lay]; tasdiq /inkorlashayotganga [durust], [to‘g‘ri], [rost], [aslo], [hargiz]; 265
taklif/ishoralashayotganga [mana mundoq] kabi so‘zni misol keltirish mumkin. CHunonchi, 1. Balki, siz aytarsiz nima bo‘lganini? (P.Tur.) 2. Nafsi uchun emas, balki qadri uchun yig‘laydi-da. (O‘.Usm.) 3. – Qaerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To‘ppa-to‘g‘ri. (CH.Ayt.) 4. Hilola gapning to‘g‘risini aytdi (O‘.Usm.) gaplarida [W-lashayotgan] so‘z (1-3-gapda) qo‘llanilgan.
[W]-simon (so‘z-gapsimon) deganda mohiyatan so‘z-gap bo‘lmagan lug‘aviy birlikning so‘z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonga [shunday qilib], [baxtga qarshi], [tavba], [xudo saqlasin]; undovsimonga erkalash ma’noli [asalim], [oppog‘im] va undalma ma’noli [ey, do‘stlar] kabi; tasdiq/inkorsimonga [xuddi shunday], [hech qachon], [noto‘g‘ri] kabi; taklif/ishorasimonga [boshlang] ko‘rinishli so‘z misol bo‘ladi.
Qisqasi, so‘z-gapning leksik-semantik turi bo‘lmish sof so‘z-gap o‘zi tarixan kelib chiqadigan so‘z turkumidan batamom uzilgan bo‘lib, uning ko‘pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo‘llanilmaydi. So‘z-gaplashgan unsur esa o‘zi tarixan kelib chiqqan so‘z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‘z aloqasini boshqa turkumdan to‘la uzmagan bo‘ladi. So‘z-gaplashayotgan unsurga o‘zi boshqa so‘z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’l) ga tegishli, lekin so‘z-gapga xos ma’no va vazifada qo‘llanila oladigan birliklar kiradi va bularning so‘z-gapsimondan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so‘z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so‘z-gapga o‘tib ketishi mumkin. So‘z-gapsimon esa o‘z turkumi doirasida qoladi.
Dostları ilə paylaş: |