Har qanday o‘lchash, aslida o‘lchanayotgan kattalikni bizga ma’lum bo‘lgan boshqa biror kattalikka aylantirib yoki unga solishtirib baholashdir. Shu ma’noda o‘lchashga quyidagicha ta’rif berish o‘rinli. Biror fizik kattalikni
O‘lchovlarni bajarishda (demak tajriba o‘tkazishda) albatta ma’lum jixozlar, ya’ni o‘lchov vositalari zarur bo‘ladi. O‘lchov vositalari etalonlar va o‘lchov asboblariga bo‘linadi. Biror fizik kattalikni o‘lchash uchun uni etalon namuna bilan solishtirib (taqqoslab) ko‘riladi, masalan massani o‘lchashda tortilayotgan buyum tarozi toshlari bilan solishtirib o‘lchanadi, yoki masofani o‘lchashda uni chizg‘ich bilan taqqoslaymiz.
3- rasm. Har qanday o‘lchov jarayoni bu tajriba o‘tkazishdir.
Shuningdek, o‘lchash tegishli o‘lchov asboblari yordamida bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Bilvosita o‘lchashda o‘lchanayotgan kattalikning boshqa biror fizikaviy kattalik orqali bog‘lanishlaridan foydalaniladi. Masalan qarshilikni o‘lchash uchun kuchlanish va tok kuchini o‘lchab Om qonuni orqali qarshilikni hisoblab topish mumkin. Bevosita o‘lchovda esa o‘lchov asbobi o‘lchanayotgan kattalikni uning o‘z o‘lchov birliklarida bevosita ko‘rsatib beradi (raqamli tarozilar, voltmetrlar, ampermetrlar va xokazo). Bevosita o‘lchash asboblarida natijalar shkalalarda, raqamli tarzda yoki grafik ko‘rinishda ifodalanishi mumkin.
Shkalali vattmetr Raqamli vattmetr Avtomobil tezlik datchigi
4- rasm. Shkalali va raqamli o‘lchov qurilmalari.
Zamonaviy o‘lchov qurilmalarida o‘lchash natijalarini bevosita raqamlarda ifodalashdan tashqari ularni elektron ko‘rinishda tashqi axborot tizimlariga uzatish, yozib olish, saqlash mumkin. Shuningdek, o‘lchov qurilmasi bevosita dasturlangan mikroprotsessorli bo‘lishi va ma’lum hisoblarni amalga oshirishi ham mumkin. Masalan, elektron tarozilarda maxsulotning bahosi kiritilsa, tarozi massa bilan bir vaqtda umumiy narxini ham ko‘rsatib beradi, yoki bugungi zamonaviy, raqamli elektron hisoblagichlar (elektr energiyasi hisoblagichlari nazarda tutilmoqda) foydalanilgan elektr energiyasi hisobini ko‘p tarifli tizim asosida olib borishi, ma’lumotlarni tegishli dasturlar asosida turli ko‘rinishlarda shakllantirishi, hamda bu ma’lumotlarni yozib borishi yoki aloqa tizimlari orqali uzatishi mumkin.
Lazerli lineyka Elektron termometr Fotoradar
5- rasm. Zamonaviy elektron o‘lchov qurilmalari.