10-ma’ruza. Mavzu: elektr o‘LChov asoslari reja O‘lchov haqida umumiy tushunchalar


Elektromagnitik o‘lchov qurilmalari



Yüklə 212,83 Kb.
səhifə7/7
tarix07.01.2024
ölçüsü212,83 Kb.
#202314
1   2   3   4   5   6   7
9.-mavzu (1)

Elektromagnitik o‘lchov qurilmalari.

Elektromagnitik sistemali o‘lchov qurilmalarida qo‘zg‘almas g‘altak va qo‘zg‘aluvchan ferromagnitik o‘zak ishlatiladi. O‘lchanayotgan tok g‘altakda magnit maydon hosil qiladi va bu maydon ferromagnitik o‘zakning maydoni bilan tasirlashadi. Amalda ferromagnitik o‘zaklar yupqa plastinkalar shaklida


bo‘ladi.

Qurilmaning qo‘zg‘almas qismi elektromagnitik g‘altak 1 va shkala 5 dan iborat.

a b

13-rasm. Elektromagnitik o‘lchov qurilmasining tuzilishi (a) va elektromagnitik voltmetr (b).1-elektromagnitik g‘altak, 2-plastinka ko‘rinishidagi ferromagnitik

o‘zak, 3- o‘q, 4- strelka. 5- qurilma shkalasi, 6- elastik prujina,


7- strelka tebranishini so‘ndiruvchi qurilma-dempfer.

G‘altak to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi tirqishli o‘zakka o‘ralgan. Odatda g‘altakning chulg‘amlari mis simlarda


o‘raladi. Simning diametri voltmetrlarda 0,05 mm dan 1 mm gacha bo‘lishi mumkin, bunda o‘ramlar soni 2000 tadan


10000 tagacha yetadi. Elektromagnitik ampermetrlarda esa chulg‘am


simlari bir muncha yo‘g‘on, o‘ramlar soni esa kam bo‘ladi. Masalan 30 A gacha tok kuchini o‘lchaydigan ampermetrlarda chulg‘amlar bir nechta bo‘lishi mumkin. Katta toklarni o‘lchovchi (500 A gacha) ampermetrlarda ko‘proq bitta chulg‘am bo‘lib u sim ko‘rinishida emas ko‘proq enli, lentasimon bo‘ladi.


Qurilmaning harakatlanuvchi qismi ferromagnitik materialdan yasalgan, plastinka ko‘rinishida yasalgan o‘zak 2 dan iborat. Bu o‘zak g‘altakning tirqishiga yarim kirgan holda harakatlanadi. O‘zak o‘q 3 ga biriktirilgan. O‘lchanayotgan elektr toki g‘altakka ulanadi va g‘altakning magnit maydoni tasirida o‘zak plastinka tirqishga tmon tortiladi. G‘altakdan qancha katta tok o‘tsa, plastinka tirqish tomon shuncha ko‘p tortiladi va natijada strelka 4 shkala 5 bo‘ylab og‘adi. Plastinkani muvozanat vaziyatga qaytarish uchun elastik prujina 6 ishlatiladi. Strelkaning o‘qqa nisbatan qarama-qarshi tomonida, strelka tebranishini so‘ndirsh uchun maxsus qurilma-dempfer ishlatiladi. Strelkani tashqi mexanik tasirlar (masalan shamol tasirida) natijasida og‘ishidan saqlash uchun dempfer maxsus metall qobiq ichida joylashgan bo‘ladi. Bu qobiq strelkani o‘z navbatida tashqi elektr va magnit maydonlaridan ham qisman himoya qiladi.


Qurilma ishlash prinsipining magnitoelektrik sistemadan asosiy farqi shundaki, bu yerda strelkaning tok tasirida og‘ish burchagi tok kuchiga emas, balki uning kvadratiga proporsional. Aynan shuning uchun ham elektromagnitik qurilmalar o‘zgarmas tokda ham, o‘zgaruvchan tokda ham ishlay oladi, ikkinchidan, ular o‘zgaruvchan tokning amplitudaviy qiymatini emas, balki tasir etuvchi qiymatini ko‘rsatadi. Qolaversa, kvadratik bog‘lanish tufayli, elektromagnitik o‘lchov qurilmalarining shkalalari chiziqli bo‘lmaydi (4.9- b rasmdagi voltmetr shkalasiga etibor bering).


Elektromagnitik voltmetrlarda g‘altak chulg‘amlari diametri 0,05-0.1 mm bo‘lgan mis simlardan o‘raladi. Chulg‘amlar soni 2000 tadan 10000 tagacha yetishi mumkin. Ampermetrlarda esa, chulg‘am simlari ancha yo‘g‘on, o‘ramlar soni esa kam bo‘ladi. Masalan 300-500 A toklarni o‘lchovchi ampermetrlar g‘altagi keng mis lenta shaklidagi bitta chulg‘amdan iborat bo‘ladi.


Qurilmaning ishlashiga tashqi elektr va magnit maydonlari tasir ko‘rsatadi, shuning uchun elektromagnitik o‘lchov qurilmalarni metal korpuslarga joylashtirib, bu ta’sirni bir muncha kamaytirishga erishiladi.




Elektromagnitik o‘lchov qurilmalarining amalda keng tarqalishiga ularning konstruksiyasi soddaligi, ishlash ishonchliligi yuqoriligi va katta yuklamalarga (tok kuchi va kuchlanish bo‘yicha) chidamliligi bo‘lsa, asosiy kamchiliklari qatoriga sezgirligi va aniqligining pastligini, hamda katta energiya iste’mol qilishini kiritish mumkin.
Yüklə 212,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin