Standartlashtirish ob’ektlariga o‘z navbatida kuyidagilar kiradi:
yagona texnikaviy tilni qo‘shib hisoblaganda umumtexnikaviy
ob’ektlar, umumiy mashinasozlikda qo‘llaniladigan
buyumlarning namunaviy konstruksiyalari (mahkamlash
vositalari, asboblar va boshqalar), materiallar va
moddalarning xususiyati haqidagi ishonchli ma’lumotlar,
texnikaviy-iqtisodiy axborotning tavsiflash va kodlash;
aniq maqsadga yo‘naltirilgan davlat shshiy-texnikaviy va
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va loyiha ob’ektlari;
Respublikaga. (yoki muayyan korxonalarga) mahsulo g. yoki
texnologiyasining raqobat qilish qobiliyatini oshirishini
ta’minlash imkoniyatini beradigan fan va texnika yutuqlari;
Respublikada ichki ehtiyojini qondirish uchun, shuningdek,
boshqa davlatlarga eksport sifatida yetkazib berish uchun
ishlab chiqariladigan mahsulotlari;
standartlarning talablari va texnikaviy shartlari xalqaro,
mintaqaviy va sanoati rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning milliy standartlari talablari bilan
uyg‘unlashtirilishi.
"O‘zstandart" agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi standartlashtirish bo‘yicha tarmoqlararo ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun o‘z huquqlari doirasida yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlar, uslubiy ko‘rsatmalar, rahbariy hujjatlarni (RH) va tavsiyalarni (T) ishlab chiqadilar va manfaatdor tomonlar bilan kelishilgan holda tasdiqlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasining standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi O‘z RST 1.1-92 standarti bilan belgilanadi.
Standartlashtirish ob’ektining o‘ziga xos xususiyatlariga va unga belgilanadigan talablar mazmuniga bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi asosiy turdagi standartlarni nazarda tutadi:
asos bo‘luvchi standartlar;
umumtexnikaviy standartlar;
texnikaviy shartlar (mahsulot, jarayon, xizmatlar uchun) stan-dartlari;
texnikaviy talablar standartlari;
nazorat usullari (sinovlar, tahlillar, o‘lchashlar, ta’riflar)
standartlari,
Lozim bo‘lgan taqdirda mahsulotning asosiy texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, uning nomlarini (turlarini) oqilona tarkibi va boshqa talablarni aniq belgilaydigan bir turdagi mahsulot guruhiga standart ishlab chiqilishi mumkin.
Asos bo‘luvchi standartlar tashkiliy-texnikaviy jarayonlarning bajarilishi, io‘lab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llash jarayonlari tartibini (qoidalarini), shuningdek faoliyatning muayyan sohasida ishlarni tashkil etishning asosiy (umumiy) qoidalarini belgilaydi.
Umumtexnikaviy standartlar mahsulotning texnikaviy jihatdan bir-biriga mos bo‘lishini va o‘zaroalmashuvini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llashning umumtexnikaviy talablarini, shuningdek mehnat havfsizligi, atrof-muhitni (ekologiya) zararli ta’sirlardan (shovqin, tebranish va boshqalardan) himoya qilish, namunaviy texnologik jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash) usullari, hujjatlarni birxillashtirish talablarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy shartlarini ishlab chiqish, odatda har bir manfaatdor korxona va tashkilotning muxtor vakili bo‘lgan mutaxassislardan tashkil topgan texnikaviy qo‘mitalar (TQ) kuchi bilan yoki standartlash-tirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
1. Standartlashtirish bo‘yicha umumiy maqsad - bu mahsulot sifati, protsesslar va xizmatlar bo‘yicha Davlat va iste’molchilarning qiziqishlarini ximoyalashdir. Standartlashtirishning ushbu umumiy maqsadidan kelib chiqqan xolda uning asosiy tamoyillarini keltiramiz: