1. Sistemalik va komplekslilik. Komplekslilik-bu murakkab sistemadagi barcha elementlarning muvofiqliligidir.
2. Dinamiklik va standartlashtirishning o‘suvchanligi. Standartlar fan va texnikadagi yuz berayotgan o‘zgarishlarga «adaptatsiya», ya’ni moslashishi kerak. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkiloti «ISO»ning standartlari o‘suvchandir.
3. Standartlashtirishning samaradorligi - bu normativ hujjat qo‘llanilganda iktisodiy yoki ijtimoiy samara berishidir, ya’ni standartlashtirishga sarflangan bir sumning o‘n sum foyda keltirishidir.
4.Standartlarni ishlab chiqishning ustivorligi bu ustivorlik tovar va xizmatlarning o‘zaro muvofiqligi, almashuvchanligi va xavfsizligini ta’minlashdir.
5. Uyg‘unlashtirish tamoyili - bu xalqaro savdoda to‘siq bo‘lmaydigan uyg‘unlashgan standartlarni ishlab chikishdir.
b.Afzallik tamoyili. Bu tamoyil afzalroq sonlar qatoridan foydalanishga asoslangan bulib, ulardan buyum, uskunalarning nomenklaturasini kamaytirishda foydaniladi.
2. Standartlashtirishning usullarini sanab o‘tamiz:
1. Unifikatsiya:
a) sistemalashtirish;
b) klassifikatsiya yoki tasniflash;
2. Simplifikatsiya;
3. Tipizatsiya yoki turlarga ajratish;
4. Seleksiya yoki tanlash;
5. Optimallash (optimizatsiya);
6 Agregatlash (agregitirovanie) • Unifikatsiya - standartlashtirish shakli bulib, ikki yoki undan ortiq hujjatlarni (texnik shartlarni) birlashtirishdir va bu hujjat bilan reglamentlangan buyumni iste’molda o‘zaro almashtirish mumkin bo‘lganligi, albatta, nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.Boshqacha qilib aytganda, unifikatsiya- bu bir xil funksional yunalishda bo‘lgan bir turdagi detal’ va agregatlar sonini ratsional qisqartirish bo‘yicha faoliyatdir. Maxsulotni unifikatsiyalash koeffitsienti Kp mavjud bo‘lib, u quyidagi ifoda bilan keltiriladi:
Kn = n-n0 / n×100.
Bu yerda: n-buyumdagi detallar soni bo‘lib, unga standart, unifikatsiyalashgan xamda umummashinasozlik, tarmoqlararo va tarmoqda qo‘llaniladigan detallar kiradi. n0-optimal detallar soni;
a) sistemalashtirish- bu buyumlar, xodisalar va tushunchalarni aniq tartib va ketma-ketlikda joylash bo‘lib, foydalanishga qulay bo‘lgan tizimni yaratadi. Masalan, bu tizimdan ensiklopedik va politexnik ma’lumotnomalar va bibliografiyalarda foydaniladi. OKP - obщerossiyskiy klassifikator promыshlennoy i sel’skoxozyaystvennoy produksii. Mashinalarning o‘lchamlari va parametrlarini xamda ularning detallari va kismlari sistemalashtirish uchun afzalroq sonlar qatori foydalaniladi.
b) klassifikatsiya- bu buyum, xodisa va tushunchalarni klasslar, razryadlarga, ularning umumiy belgilariga bog‘liq xolda joylanishidir. Masalan, UDK- universal’naya desyatichnaya klassifikatsiya gumanitar va texnikaviy adabiyotlarni indekslar bilan rubrikalashning xalqaro tizimi sifatida qabul qilingan. Masalan, UDK62- texnika, UDK621-umumiy mashinasozlik va elektronika, UDK62,3- elektrotexnika va boshqalar.
• Simplifikatsiya - standartlashtirishning shakli bo‘lib, buyumlarning turi va boshqa turli ko‘rinishlarining mikdorini qarayotgan vaqtdagi mavjud talablargacha kamaytirishdir. Simplifikatsiya ob’ektlariga hech qanday texnikaviy mukammallashtirishlar kiritilmaydi.
• Tipizatsiya - bu ko‘p sonli va ko‘p turdagi mashina, pribor, instrument va boshqalardan o‘z sifati bo‘yicha ratsional bo‘lgan va o‘z tartibida umumiy detallar bo‘lganlarini tanlashdir. Maqsadi buyumlarning ko‘pxilligini likvidatsiya qilishdir.
• Standartlashtirish ob’ektlarini tanlash (seleksiya). Bu ishlab chiqarishning davom ettirilishi maqsadga muvofiq deb topilgan konkret ob’ektlarni tanlash.
• Optimizatsiya- bu optimal bosh parametrlarni xamda sifat va tejamkorlikning boshqa barcha kiymatlarini topishdir.
• Agregatlash - bu alohida unifikatsiyalashgan standart uzellaridan mashina, pribor va jihozlarni yaratish usulidir. Masalan, 15 ta razmerli mebel’ matlari va 3 ta razmerli (o‘lchamli) standart yashiklari. Bu elementlarning turli kombinatsiyalari - 52 ko‘rinishdagi mebel olish imkoniyatini beradi.
3. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash bo‘yicha faoliyatning asosiy maksadi tovar va xizmatlar sifatini ta’minlashdir. Standartlashtirish ob’ektlari bo‘lib mahsulot, protsess (jarayon) va xizmatlar hisoblanadi. Quyida standartlashtirishning barcha darajadagi ob’ektlarini keltiramiz: