Respublika nasl xizmat uyushmasi. Uyushma va uning viloyatlardagi tashkilotlariga naslchilik zavodlari, naslchilik xo‘jaliklari hamda fermalari tovar xo‘jaliklarning uyushmasi asosida hayvonlarni yaxshilash bo‘yicha tadbiriy chorralar o‘tqazish topshirilgan. Respublika miqiyosida va mintaqalar bo‘yicha naslchilik ishining istiqbolli rejalari va tadbirlarini ishlab chiqadi, naslli erkak hayvonloarni bolalari sifatiga qarab sinash va baxolash ishlarini tashkil qiladi. Naslchilik xo‘jaliklari, naslchilik fermalarining mavjud podalarida hayvonlarni banitirovka qiladi. Xo‘jaliklarda naslli erkak xayvlonlardan samarali foydalanish rejasini tuzadi. Xo‘jalikdlarda naslchilik xujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini, mollarni naslchilik kitobiga ro‘yxatga olishni tashkil qiladi.
Naslchilik korxonasi. Naslchilik korxonasi yoki stansiyasi respublika nasl xizmat birlashmasi tarkibida bo‘lib, uning rahbarligida ish olib boradi. Naslchilik korxonasi, naslchilik zavodlari va naslchilik xo‘jaliklaridan olib kelingan eng yaxshi naslli erkak hayvonlarni saqlab, ularning urug‘ini to‘playdi, muzlatadi va urug‘ zahirasini tashkil qiladi. So‘ngra bu urug‘ bilan tovar xo‘jaliklarini ta’minlaydi. Naslli erkak hayvonlarni bolalari sifatiga qarab sinovdan o‘tkazadi, ularga nasl kategoriyalarini beradi, xo‘jaliklarga mollarning sun’iy urug‘lantirish natijalari to‘g‘risida xisob - kitob olib boriladi. Xamda texnik assimenatirlarni tayyorlashda, ularning malakasini oshirishda yordamlashadi.
Elever. Elever naslli buqalarni o‘stirish, baxolash, tanlash va bolalari sifatiga qarab sinashga ixtisoslashgan korxona xisoblanadi. Elever xo‘jaliklari naslchilik korxonasi tarkibi yoki u bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatadi. Bu korxonada naslchilik zavordlarida bo‘qa etkazib beruvchi yuqori maxsuldor va naslli sigirlardan tug‘ilgan erkak bo‘zoqlar 3-4 oyligida tanlab olinadi. Ular yuqori me’yorda sifatli oziklantirish va yaxshi saqlash sharoitida tarbiyalanadi.
Ularning kundalik qo‘shimcha o‘sishi 1200- 1400 gramm bo‘lishi zarur. Naslli buqalar 12 oyligiga qadar o‘stirilib so‘ngra tirik vazni ekstereri va qonstitusiyasi va jinsiy faoliyati va urug‘ining sifati, oziqani to‘lashi, urug‘lantirish imqoniyatlari bo‘yicha tanlanadi. Tanlash juda qattik olib borilib, eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganlardan 5- 10 % ni saralab olinadi. Masalan; elever xo‘jaligi 200- 300 buqachalarni etishtirishga mo‘ljallangan bo‘lsa shulardan 10-20 tasigina keyingi sinovga tanlab qoldiriladi va ularning urug‘i bilan maxsus belgilangan xo‘jaliklardagi sigirlar urug‘lantiriladi. Sinov davrida har bir buqachadan 30-40 ming doza urug‘ olinib chuqur mo‘zlatish yordamida zaxirada saqlanadi. Bu buqachalar olingan qizlarining maxsuldorligi sifatiga qarab baxolangandan so‘ng, eng yuqori ko‘rsatkichli buqachalardan 40-50 % yoki 4-6 tasi tanlab olinadi va sun’iy urug‘lantirish korxonasiga topshiriladi.