CHorvachilikda naslchilik ishlari-Naslchilik ishi - chorva mollarini sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish va nasl sifatini yaxshilash maqsadida davlat va xo‘jaliklar tomonidan olib boriladigan tashkiliy va zootexnikaviy tadbirlar liniyaidir. CHorvachilikning rivojlanishi eng birinchi navbatda naslchilik ishini to‘g‘ri tashkil qilishga, yuqori sifatli zotdor hayvonlarni ko‘paytirishga bog‘liqdir. CHunki zotdor mollar maxalliy mollarga nisbatan ancha yirik, tez etiluvchan bo‘lib, ikki – uch baravar ko‘p maxsulot beradilar. Bundan tashqari naslli mollarni urchitish iqtisodiy jixatdan foydali bo‘lib, maxsulot birligiga kam ozuqa sarflaydi, ulardan zamonaviy mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan fermalar va komplekslarda foydalanish mumkin. Naslchilik ishi hayvonlarni to‘g‘ri oziqlantirish, asrash va ulardan to‘g‘ri foydalanish bilan birga olib borilganda yuqori mahsuldor, naslli podalar, zotlar, liniyalar, oilalarni keltirib chiqaradi.
Naslchilik ishi davlat va xo‘jalik tomonidan olib boriladigan tadbirlardan iboratdir. Davlat tadbirlariga chorvachilikni rivojlantirish, zotlarni yaxshilash va yangi zotlar yaratish, naslchilik xizmatini tashkil qilish, naslchilik xo‘jaliklarini tuzish, zotlar bo‘yicha kengashlar va seleksiya markazlarini tuzish, zotlar bo‘yicha davlat naslchilik kitoblarini nashr qilish, ko‘rgazma va chiqarishlarni uyushtirish, naslchilik ishi rejalari va dasturlarini tuzish va boshqalar kiradi.
Xo‘jalik tadbirlariga fermalarda naslchilik ishlarini tashkil qilish, hayvonlarga nishon solish va laqab qo‘yish, dastlabki zootexniya xisobi, naslchilik yozuvlarini yuritish, hayvonlarni bonitirovka qilish, nasl yadrosini vujudga keltirish, naslchilik ishi rejasini, qochirish va tug‘ish rejasini tuzish va boshqalar kiradi.
Respublikada naslchilik ishini tashkil qilish va yaxshilash maqsadida 1995 yilda naslchilik ishi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan.
Bu qonunda zotdor hayvonlar sonini ko‘paytirish, yangi yuqori maxsuldor hayvon zotlari, tiplari, liniya va oilalar yaratish vazifasi belgilangan.
CHorvachilikda naslchilik ishi seleksiya yordamida amalga oshiriladi. Seleksiya – ingilizcha so‘z bo‘lib, tanlash degan ma’noni anglatadi. Seleksiya yangi o‘simlik navlari va hayvon zotlari yaratish, mavjud navlar va zotlarni yangilash to‘g‘risidagi fan bo‘lib hisoblanadi.
Seleksiya yoki naslchilik ishi asosan yangi hayvon zotlarining yaratilishi bilan belgilangan. Dastlabki yaratilgan, mashxur zotlarga arab oti, rus oti, merinos qo‘ylari, qorako‘l qo‘y zotlari kiradi. Bu zotlar an’anaviy seleksiya usulida yoki tanlash va juflash yordamida yaratilgan. Keyinchalik kapitalizimning boshlang‘ich davrlarida fan va texnikaning rivojlanishi tufayli dastlab angiliyada, toza qonli ot zoti, yirik oq cho‘chqa zoti, shortgorn va gerefort qoramol zoti, qo‘ylarning leystr, linkolin zotlari, legkorin tovuq zoti, gollandiyada golland, shvesariyada shvis va simmental qoramol zotlari yaratildi. Keyinchalik hayvonlarni baxolash usullari, maxsuldorlikni nazorat qilish, sun’iy qochirish usullari yordamida zamonaviy seleksiya usullari yaratildi.