maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Axborot etishmasligi yoki haddan tashqari
ko‘payib ketishi tezkor va to‘g‘ri boshqarishga halal beradi. Boshqarish apparati
xodimlar qanchalik yuqori malakali bo‘lsalar, axboro
qimmati ham shunchalik
yuqori va tartibga solingan bo‘ladi. Boshqarish organlari ma'lumotlar qabul
qiluvchi texnika vositalari bilan qanchalik mukammal ta'minlangan bo‘lsa,
rahbarlarga ortiqcha, befoyda ma'lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa o‘z
navbatida axborot oqimidagi tejamkorlikni ta'minlaydi.
Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur sharti faqat to‘g‘ri
aloqagagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjud bo‘lishidir. Teskari aloqa
har qanday darajadagi tizimlar harakatini rostlab turish uchun universal mexanizm
hisoblanadi.
Boshqariluvchi tizimdan boshqaruvchi tizimga (bo‘ysinuvchidan boshliqqa)
kelib
tushadigan axborotni, ya'ni berilgan farmoyish va buyruqning natijalari
to‘g‘risidagi axborotni teskari aloqa deb tushunish qabul qilingan.
Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko‘p
tomonlama va xilma-xil
aloqalar mavjudligi sharoitida teskari aloqaning ahamiyati ayniqsa ortadi.
Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) bergandan keyin shu
farmoyish yoki buyruq qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida teskari aloqa yo‘li
bo‘yicha o‘z vaqtida axborot bilan ta'minlanib turilmasa,
boshqarish jarayoni
buziladi va boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqadi.
Ishlab chiqarishni va davlat boshqaruvining barcha darajalarida mustahkam
teskari aloqa mavjudligi harakterlidir. Odatiy bir misol. Mamlakatimizning
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha ishlab
chiqiladigan barcha qonunlar,
albatta umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi, ularga mehnatkashlarning mulohaza va
istaklari hisobga olinib, qo‘shimchalar va o‘zgarishlar kiritiladi.
Teskari aloqa yordamida axborotni jo‘natuvchi bilan uni qabul qiluvchi
o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. Bu jarayonda axborotni qabul qiluvchi axborot bilan
o‘zaro almashuv jarayonining barcha
bosqichlarini takrorlaydi, natijada axborotni
yuboruvchi endi uni qabul qiluvchiga aylanadi, ya'ni har ikki tomon o‘z vazifalarini
o‘zaro almaggandek bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: