avtomatlashgan qurilmalari yordamida o‘zgartirishlarga erishiladi. Bu tizim
aavtomatlashgan nazoratni ta'minlaydi, ba'zida korxonaning
ishlab chiqarish
faoliyati ustidan oddiy boshqaruv jarayonini amalga oshiradi.
Axborot-ma'lumot tizimi. Bunda ko‘z bilan bajariladigan nazorat uchun
ba'zi bir ma'lumotlarni berish bilan cheklanadi.
Kuzatuv axborot tizimi. Bu tizim avtomatlashgan
nazorat va boshqaruvni
ta'minlaydi. Keyingi ikkila tizim asosan texnologik jarayonlar to‘g‘risidagi
axborotlarni qayta ishlash uchun qo‘llaniladi.
Axborotlar tizimi - bu murakkab tizim bo‘lib, o‘z ichiga turli hujjatlarni,
axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatik boshqaruv
tizimlarini
oladi. Butun axborotlar tizimi aniq va doimiy ishlashi lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish - bu ijodiy jarayon, o‘ziga xos bir san'at. U
rahbarning xilma-xil ish usullarida namoyon bo‘ladi. Bu usullar esa rahbarga ushbu
sohada oz omilkor kishilarning fikrini turli kanallar orqali aniqlash va bu ijobiy
fikrlardan boshqarish jarayonida foydalanish imkoniyatini beradi. U o‘z
fikrlarini
har bir kishining ongiga etkazish uchun ham ma'lum xislatlarga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: