10-mavzu: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish


Ishning qoralama nusxasini tayyorlash



Yüklə 57,65 Kb.
səhifə4/8
tarix05.12.2023
ölçüsü57,65 Kb.
#172777
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'TSQ 10-amaliy mashg\'ulot

Ishning qoralama nusxasini tayyorlash
Etarlicha fikr-mulohaza, ma’lumotlarga ega bo`lganingizdan keyin tadqiqot ishining qoralama nusxasini tayyorlashga kirishishingiz mumkin. YOzib bo`lishingiz hamono yakunlashga shoshilmang. Mos so`z yoki jumla, yaxshi iborani qo`llash, gaplardagi ma’no g`alizligining oldini olish uchun vaqtingiz bor.
Ko`pchilik talabalar izlanuvchilikda malakasi etishmasligidan shikoyat qiladi. Psixologlarning aytishicha, bo`sh joyga qarab xayol surib o`tirish tushkunlikni keltirib chiqarar ekan. YOsh olim ishini boshlar ekan, uning oldida, avvalo, ma’lumotlar, laboratoriya hujjatlari yoki o`zidan oldin amalga oshirilgan izlanishlar natijalari, tadqiqotning qoralama nusxasi, shaxsiy qarashlari yozilgan qaydlar tayyor turishi kerak. Barchasini o`rganib chiqqandan keyin tadqiqot ishining aslini yozishni boshlasa ham bo`ladi.
Tadqiqotda ish materiallari va metodlari birinchi bo`limda keltirilgani ma’qul. Qo`lingizda mavjud ma’lumotlardan tushunarsizlarini chiqarib tashlang. Sababi, mazkur bo`limda tushuntirish ishlariga alohida ahamiyat qaratiladi. Bo`lim yakunini yozayotganda esa ishingizni baholash maqsadida boshqa tadqiqotchilarning fikrlarini keltirib o`tishingiz mumkin. Eng muhimi-chalg`imaslik. Bir bo`limdan boshqasiga o`tish jarayonida tadqiqot maqsadingiz noaniq, bo`lib qolishi kutilgan natija bermasligi mumkin.
Ma’lumotlarni to`liq, tushunarli, hech kimda savol uyg`otmaydigan tarzda keltirib o`tish maqsadga muvofiq. Agar keltirilayotgan fikr hammaga ma’lum yoki yaqinda bu borada maqola e’lon qilingan bo`lsa, bu haqda adabiyotlar ro`yxati orqali iqtibos berib o`tishning o`zi etarli. Lekin yangi fikrni o`rtaga tashlamoqchi bo`lsangiz, uni ipidan ignasigacha, hatto ko`pgina qo`shimcha ma’lumotlar keltirilgan holda izohlashingiz kerak.
Shuningdek, ma’lumotlarni izchil keltirish uchun gapning kesimiga e’tibor qaratish lozim. Ya’ni, bu erda kesimning aniq yoki majhul nisbatda ekanligi borasida so`z yuritilmoqda. Agar o`z tadqiqotingiz haqida ma’lumot bermoqchi bo`lib, gapni “biz” olmoshi bilan boshlasangiz, bu ko`pgchilik uchun g`alizroq tuyuladi. Agar siz fe’lni aniq nisbatda bermoqchi bo`lsangiz, yuqoridagi olmoshni imkon qadar kamroq qo`llaganingiz maqsadga muvofiq.
Tadqiqot ishini yozishda eng muhim jihatlardan yana biri, mavzuni to`g`ri tanlash va to`laligicha ochib berish. Ishingizda keraksiz va bo`yoqdor so`zlar, ma’no yaxlitligiga soya soluvchi fikrni ishlatishdan qoching.



Yüklə 57,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin