10-mavzu: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish


Odatda ta’sirchan perefraza



Yüklə 57,65 Kb.
səhifə6/8
tarix05.12.2023
ölçüsü57,65 Kb.
#172777
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'TSQ 10-amaliy mashg\'ulot

Odatda ta’sirchan perefraza: asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi
asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun “Industrial inqilob”, “18-asr”)
Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari):
a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali:
Aytadi > keltirib o‘tadi; 18-asr > 1700-yillar; tejamoq > kam xarajat qilmoq
b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:
Izoh (ot) > izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) > foyda (ot)
c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali:
Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali o‘z yechimini topishi mumkin.
Talabni tahlil qilish orqali Britaniyadagi industrial inqilobning sabablarini topish mumkin.
Amaliyot mashqlarida 3ta usul ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Barcha so‘zlar o‘z sinonimlariga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning hammasini perefrazalash maqsadga muvofiq emas.
Essening saviyali bo‘lishi olib borilgan tadqiqotlar va ko‘plab esselarning mavzuga doir bildirgan fikrlarini o‘rganib chiqishni talab etadi. Shu sababdan o‘z esseingizda qaysi adabiyotlardan foydalanganingizni keltirib o‘tishingiz maqsadga muvofiqdir. Bu mavzu sizga quyidagilar haqida ma’lumot beradi:
Sitatani matn ichida keltirish
Havolaning asosiy shakllari
Sitatalardan foydalanish
Foydalanilgan adabiyotlarning umumiy ro‘yxatini keltirib o‘tish
Havolalarni qo‘llash qay darajada ahamiyatli?
Havola va sitatalar qo‘llanilishining 3 ta asosiy sababi mavjud:
Siz mavzuni bir qancha adabiyotlarni o‘qib-o‘rgangan holda izlanish olib borganingiz va uni yoritganingizni ko‘rsatish (bu sizning esseingiz qadrini oshiradi).
Esseni o‘qigan shaxs mavzu to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olgisi kelgan taqdirda, havoladan foydalanishiga imkon yaratish.
Ko‘chirmachilikning oldini olish.

Yüklə 57,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin