AQSH. Stenford universiteti qoshidagi “Silikon vodiysi” nomi bilan tanilgan
birinchi va yirik ilmiy-tadqiqot va texnologik park, o‘z ichida butun bir yaxlit ilmiy-
sanoat kompleksiga ega. Bu erda boshqaruv vositalari
va kompyuter tizimlari,
mikroprosessorasboblari asosiy rivojlanishi mavjud. SHuningdek, bu erda
1980yilda AQSHda ilk bor innovatsion jamg‘arma tashkil etildi. Innovatsion
faoliyat AQSHning ko‘pgina davlat departamentlari orqali qo‘llab-
quvvatlanadi.Masalan, energetik, qishloq xo‘jaligi, mudofaa, aerokosmik kompleks
va boshqalar.
Hozirgi kunda innovatsion ishlanmalarning korxonachisi bo‘lgan AQSHning
ko‘pgina universitetlarida ilmiy park, transfer texnologiyalari bo‘yicha bo‘linmalar,
texnologik innovatsion markazlar
va boshqa infratuzilmalar, shuningdek ilmiy-
texnik ishlarni innovatsion ishlanmalarga o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlovchi davlat
jamg‘armalari tashkil etilgan. Ushbu tuzilmalarning innovatsion faoliyati hukumat
bilan bir qatorda yirik transkontenintal koorporatsiyalar tomonidan ham qo‘llab-
quvvatlanadi.
Buyuk Britaniya. Innovatsion faoliyat beshta vazirlik tasarrufida bo‘lib,
Innovatsiya va tajriba biznesi, Mudofaa, Atrof muhit va qishloq xo‘jaligi, Energetika
va iqlim o‘zgarishi, Xalqaro rivojlanish vazirliklari qo‘llab-quvvatlaydi.
Mamlakatda ilmiy markazlar,
universitetlar, kichik innovatsion firmalarning
innovatsion ishlanmalarni qo‘llab quvvatlovchi rivojlangan va samarali amal
qiluvchi tizimi qaror topdi. Ular innovatsion faoliyatni oltita maxsus kengashlar
orqali moliyalashtiradi (oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha, fan va texnologiyalarni
tashkil
etish sohasida, biotexnologiyalar, texnik va tabiiy fanlar bo‘yicha,tibbiy
tadqiqotlar bo‘yicha va atrof muhitni o‘rganish bo‘yicha). Ajratilgan mablag‘lar
etakchi universitetlar, yirik markazlar va noyob jahon miqyosidagi ilmiy
laboratoriyalari –
Rezerford, eplton va boshqalar, shuningdek xususiylashtirilgan
ilmiy-tadqiqot muassasalariga taqsimlanadi. Innovatsion mahsulotni tijoratlashtirish
bo‘yicha transfer texnologiyalari va bilimlarni uzatish, shartnomalar bo‘yicha
maxsus
sektorlar, shuningdek mintaqaviy rivojlanish agentligi va boshqalar
shug‘ullanadilar.
Innovatsiya
ishlanmalarining
asosiy
qisni
universitetlarda
amalga
oshirilganligi tufayli, 1999 yil Buyuk Britaniyada Oliy ta’lim innovatsiya fondi
tashkil qilingan. Innovatsiya sohasida Oksford,
Kembridj va xalqaro
universitetlarida innovatsiya fondlar tashkil qilingan. Kembridj universitetida
innovatsiya parki tuzilgan, uni maxsus kompaniya boshqaradi. Bristol universitetida
innovatsion fondlarni maxsus Biznes rivojlanishi tezlatuvchi Markaz boshqaradi.
Ushbu hamma tadbirlar innovatsiya kompaniyalarini o‘z mahsulotlari bilan jahon
bozoriga chiqishiga olib keladi.
Germaniya. Hukumat doimiy ravishda tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash
dasturlari va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni oshirib boradi.
Germaniyaning Iqtisodiyot va mehnat federal vazirligi ilmiy, texnologik va
innovatsion faoliyatni
rivojlantirish uchun, shu jumladan innovatsion jarayonlarni
tartibga solish bo‘yicha qator imtiyozlarni ishlab chiqqan va amalga oshirmoqda.
1984yilda 20 gektar maydonni egallaydigan tarkibiga 3 mindan ortiq yuqori
malakali mutaxassislar kirgan texnologiklar parki qurilgan.
Xitoy. Xitoyda hozirgi kunda innovatsion faoliyat qizg‘in rivojlanish
pallasida, so‘nggi yillarda ustuvor innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha 140dan ortiq
texnologiyalar tashkil etilgan. Ular mahalliy innovatsion texnologiyalar va boshqa
innovatsion mahsulotlarni ichki va jahon bozorlariga faol etkazib bermoqda.