Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan-fayllar.org
3. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari – MDH tajribasi. MDH davlatlarida innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish va boshqarish
bo‘yicha butunlay boshqacha tizim yuzaga kelgan. Bu davlatlarning aksariyatida
rivojlangan
innovatsion
infratuzilma
yaratilmagan
innovatsion
sohadagi
qonunchilik esa rivojlanish bosqichida turibdi. Xususan, MDHning qator
davlatlarida (Ukraina, Moldoviya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) u yoki bu
nomlanishda innovatsion faoliyat to‘g‘risida qonunlar qabul qilingan. Rossiyada
2011yilda “Fan va ilmiy-texnika siyosati to‘g‘risida”gi Federal Qonunga (1996yilda
qabul qilingan) qo‘shimcha № 254-raqamli Federal qonunni qabul qilish orqali 4
shtrix maxsus bobi kiritildi. Boshqa mamlakatlarda (Belarussiya, Ozarbayjon)
innovatsiya faoliyatining shu kabi qonuniy asoslarini shakllantirishga qaratilgan
ishlar olib borilmoqda. Misol uchun, 2010-yilda Bellarussiya Prezidentining
farmoni bilan milliy innovatsion tizim yaratildi. Mazkur tizim mamlakatda
innovatsion faoliyatini barqaror rivojlanishini ta’minlovchi qonuniy, tuzilmaviy va
funksional kontinentlarni o‘zida mujassamlaydi.
Ta’kidlash joizki, MDH davlatlarida innovatsion faoliyat faqatgina tashkiliy
shakllanish bosqichida turibdi, shuning uchun innovatsion infratuzilma va
texnoparklar tashkil etilmoqda. Misol uchun Rossiyada ushbu faoliyatga oxirgi
misollardan biri sifatida Federal qonun asosida innovatsion markaz tashkil etilganini
ta’kidlash mumkin. Etakchi akademik institutlar va ilmiy markazlarda innovatsiya
faoliyati bo‘yicha muayyan tajriba to‘plangan. Ustuvor ilmiy va innovatsion
yo‘nalishlar bo‘yicha butun ilmiy muassasalar tizimini birlashtiradigan Novosibirsk
akademik shaharchasi kompleksi va universiteti, Kurchatov ilmiy markazi,
Zelenograd, Pushin, Fryazinsk va Arzamazsk ilmiy markazlarining tajribalari
ma’lum. Rossiya, Ukraina va Bellarussiya akademiyalarida innovatsion faoliyat va
ilmiy hajmdor mahsulotlarni yaratishda muayyan tajriba to‘plangan.