A-kategoriya ionlovchi nurlanish manbalari bilan bevosita aloqada bo‘luvchi xodimlar.
B-kategoriya-aholini chegaralangan qismi demak ionlovchi nurlanish manbalari bilan kasb tufayli bog‘liq emas lekin uni ta’sir qilish sohasida bo‘ladigan aholi
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llash yo‘nalishlarining ko‘payishi halq xo‘jaligining har xil sohalarida ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llashda nazorat olib borish shu bilan birga Davlat sanitariya nazorati tashkilotlari tomonidan ham nazorat olib borish kerakligini bildiradi.
Sanitariya-dozimetrik nazoratga kiradi:
- radiologik ob’yektlarni qurishda va rekonstruksiya qilishda ogohlantiruvchi sanitariya nazorati olib borish;
- qo‘llanilayotgan ionlovchi nurlarning manbalari va faoliyat yuritayotgan radiologik ob’yektlarni qayd qilish;
- har xil aholi guruhlarini nurlanish dozasini o‘lchash va baholash;
- tashqi muhitda, ishlab chiqarish va yashash xonalarini tabiiy va texnogen radiaktiv birikmalarni tutganligini nazorat qilish;
- radiatsion avariyalar sodir bo‘lgan holatlarida radionuklidlarni amaldagi darajalarini aniqlash va vaqtinchalik ruxsat qilinadigan darajalarini o‘rnatish;
- radiaktiv birikmalarni tashish va saqlashga bo‘lgan nazorat;
- kasbiy nurlanishga duch keladigan shaxslarni sonini va tibbiy ko‘rik vaqtini nazorat qilish.
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan radiatsion havflarni kamaytirish dunyo amaliyotida qabul qilingan 3 ta asosiy prinsipga asoslanadi:
-ionlovchi nurlanish manbalaridan nurlanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat agar u ishdan foydadan ko‘ra zarari ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa bajarilmasligi kerak;
-iloji boricha shaxsiy doza miqdori va nurlangan shaxslar soni kam bo‘lishi kerak;
-ionlovchi nurlanish manbalari bilan faoliyat yuritayotgan shaxslarning nurlanishi ruxsat qilingan doza atrofidan oshmasligi kerak.
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llashda gigienik sharoitlarni belgilab beruvchi asosiy hujjat “Radiatsion havfsizlik me’yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari” O‘zR SSV tomonidan 05.012006 da buyruqi hisoblanadi.
Inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladigan ionlovchi nur manbalari 2 ta guruhga bo‘linadi: ochiq va yopiq nurlantirish manbalari
Dostları ilə paylaş: |