2. Sintilyasion usul. Ba’zi bir moddalar (rux sulfid, stilben, antratsit) ionizatsion nurlanishi ta’siri ostida yorug‘lik va sintilyasion portlash hosil qilishiga asoslangan. Sintilyasiya intensivligi ionlovchi nur instensivligiga proporsional bo‘ladi, buni FEU ushlab olib va hisoblash uskunasiga qayd qilinadigan elektr tokiga aylanadi. Bu usul har xil nurlanishlarni aniqlashda ishlatiladi.
3. Kalorimetriya usuli. Bu usul nurlanish energiyasining kalorimetik tanasida yutilib unda issiqlik energiyasiga aylanishiga asoslangan.
Alfa nurlarini kalorimetrik usulda o‘lchash osonroq. Chunki ular kalorimetr tanasiga to‘liq yutiladi. Ko‘proq dozimetriyada qo‘llaniladi.
Kimyoviy usull
Kimyoviy usul. Bu usul yordamida ionizatsion nurni moddalarga ta’sir qildirib kimyoviy o‘zgarishi aniqlaniladi: valentligining o‘zgarishi, molekulyar tarkibini o‘zgarishi, ochiq materiallarni qorayishi. Shaxsiy nurlanish dozasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |