10. Mavzu: Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilgandagi dozimetrik va radiometrik nazorat. Mashg‘ulotning jixozlanishi



Yüklə 21,56 Kb.
səhifə4/9
tarix02.01.2022
ölçüsü21,56 Kb.
#40529
1   2   3   4   5   6   7   8   9
амалий 10

Ochiq ionlovchi nur manbalari-bu shunday manbalarki ulardan foydalanganda tashqi muhit radiaktiv birikmalar bilan ifloslanishi mumkin. SHunday manba bilan ishlovchi ishchilar radiaktiv birikmalarni inkorporatsiyalanishi hisobiga ichki ham tashqi nurlanishga uchraydilar.

Ionlovchi nurlarni ochiq manbalaridan foydalanganda nafaqat tashqi nurlanishdan himoyalanishni balki tashqi muhitni radiaktiv ifloslanishi va radiaktiv birikmalarni organizmga tushishini oldini olish choralari ham ko‘zda tutilishi kerak.

Ochiq manbalar bilan ishlash uchun DSENM dan ruxsatnoma olish kerak, lekin “Radiatsion havfsizlik me’yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari” O‘zR SSV tomonidan 05.012006 buyruqida eng kam ahamiyatga ega faollik o‘rnatilgan - bu degani ish joyida kam ahamiyatga ega bo‘lgan faollik uchun DSENM ni qarori talab qilinmaydi. Eng kam ahamiyatli faollik miqdori radionuklidlarni havflilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Radiatsion xavflilik darajasi bo‘yicha barcha radionuklidlar 4 guruhga bo‘linadi: A,B,V,G. Radionuklidlarni qaysi guruhga mansubligi va uni eng kam ahamiyatga ega bo‘lgan faolligi “Radiatsion havfsizlik me’yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari” O‘zR SSV tomonidan 05.012006 da buyruqibo‘yicha aniqlanilishi mumkin. Agar ionlovchi nur manbalarining faolligi eng kam ahamiyatli faollikdan yuqori bo‘lsa radiaktiv birikmalar bilan ishlash sinfi aniqlanishi kerak.

Dozimetrik va radiometrik nazorat olib borishda qo‘llaniladigan tekshirish usullari

Dozimetrik va radiometrik nazoratini olib borish asosida ionlovchi nurlanishni qayd qilish yotadigan instrumental tekshiruvlardan foydalanishga asoslanadi.

Ionlovchi nurlanishni qayd qilish usullarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1. fizikaviy, ionlashtiruvchi, sintilyasion, kalorimetrik, spektrometrik

2. kimyoviy, fotografik, radiokimyoviy

3. biologik, aholini salomatlik holatini baholash, eksperimental




Yüklə 21,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin