10. Mavzu: Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilgandagi dozimetrik va radiometrik nazorat. Mashg‘ulotning jixozlanishi



Yüklə 21,56 Kb.
səhifə9/9
tarix02.01.2022
ölçüsü21,56 Kb.
#40529
1   2   3   4   5   6   7   8   9
амалий 10

1. Rentgenometrlar. Bu guruhga kiruvchi dozimetrik asboblar asosan R0 va J nurlarining ma’lum hajmdagi havoda ionlar paydo qilishi natijasida hosil bo‘lgan ekspozitsion dozasini (miqdorini) aniqlaydi.

KID-2, MRM-2, DG-3, DP-5A



2. Shaxsiy dozimetrlar, odamlarning ish jarayonida olgan dozalarini o‘lchaydi; KID, IFKU, TLD

3. Radiometrlar. Bu guruhga kiruvchi asboblar asosan alfa va betta zarrachalari chiqaradigan impulslarning o‘lchashga asoslangan.

Radiatsion nazoratni tashkil qilish va uning turlari. Dozimetrik nazorat uchun qo‘llanuvchi apparaturaning turi va dozimetriya o‘tkazish nuqtalari radiatsion sharoitga bog‘liq. Radiatsion muhit doimiy bo‘lgan sharoitlarda statsionar dozimetrlar, boshqa hollarda qo‘lda ko‘tarib yuriluvchi dozimetrlar qo‘llanadi. Gamma va neytron nurlarni o‘lchash uchun DRG tipidagi dozimetrlar (DRG-0,5m, DRG-0,5-0,1m) qo‘llaniladi, rentgen va gamma nurlarni o‘lchash uchun SRP-68-01 qo‘llaniladi. Yana hozirgi paytda DKG-105 (gamma-nurlanishni qayd etuvchi), RKSB-104 (gamma-nurlanishni qayd etuvchi) va RKS-107 (gamma-nurlanishni qayd etuvchi, 1-rasm) dozimetr (radiometr) lar ishlab chiqilmoqda va ishlatilmoqda.

Radioaktiv gazlar va atmosferadagi radioaktiv aerozollarning miqdorini nazorat qilish uchun statsionar, RKS toifasida yoki olib yuriluvchi RGA-01P, RGB-02 (2-rasm), RGB-07, RAS-0,4 dozimetrlar qo‘llanadi. Tekshirish uchun namunalar hamma xonalardan olinishi, agar xodim xonada ish kunining 50% vaqti davomida bo‘lsa o‘rtacha kunlik, undan kam bo‘lsa haftalik namuna olinadi.



Darsda qo‘llaniladigan innovatsion texnalogiya usullari:

«Qorbo‘ron» usuli

Talabalar guruxini 2- ta komandaga bo‘lib xar bir komandaning sardori tanlab olinadi (sardorlarni komanda a’zolari tanlaydi).

Raqib komandalar bir-biriga ushbu mavzu bo‘yicha 3 tadan savol tayyorlaydi: javob tayyorlash uchun 7-8 daqiqa vaqt ajratiladi. Komanda sardori taklif etilgan javoblardan eng yaxshisini (kizikarli va eng muxim bo‘lganini) tanlab oladi. Savollarni tayyorlash vaqtining o‘tishi bilan, har bir komnada bir-birlariga savol bera boshlaydi. Javob tayyorlash uchun 1 daqiqa vaqt ajratiladi va vaqt o‘tishi bilan har bir komanda 1-2 daqiqa davomida berilgan savolga javob beradilar (vaqt o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi). Agar savol bergan komanda taklif qilingan javob bilan rozi bo‘lmasa, yoki koniqish hosil qilmasa o‘zining javob variantini aytadi.

Har bir «savol-javobdan» so‘ng o‘qituvchi savolning va javobning sifatini izohlab beradi. O‘quv dars protokoliga savol va javoblarni to‘ldirish yoki o‘z javob varianti uchun baho qo‘yiladi.

Savolni baholashda savolning sifatini, uning mavzuga yaqinligi aniqligi, aktualligi uchun 5 ball qo‘yiladi.

Javobni baholashda uning to‘liqligi, to‘g‘riligi, mavzuga mos kelishganligi aniqligi uchun 5 ball qo‘yiladi.

O‘z javob varianti uchun qo‘shimcha mukofot ball beriladi:

-to‘g‘riligi, aniq qo‘shimcha uchun -1 ball

-uncha aniq bo‘lmagan javob uchun 0,1 dan 0,5 gacha ball

-noto‘gri bo’lgan javob uchun (0,5) ball jarima

Hamma olingan natijalar protokolga quyidagi forma bo‘yicha to‘ldiriladi:

1 komanda 2 komanda

Savol + № Baho ballarda

Savol: Javob: Qo‘shimcha to‘ldirish



Yakuniy hulosada o‘qituvchi har bir komanda to‘plagan ballarini qo‘shib, yig‘indi sonini 6 ga bo‘ladi (3 savol + 3 javob). Olingan natija har bir komanda ishtirokchisining o‘rtacha bahosini tashkil qiladi. Eng yuqori ball (0,5 ball) komandaning eng aktiv ishtirokchisiga, jarima ball (-0,2-0,3 ball)-eng passiv ishtirokchisiga beriladi.
Yüklə 21,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin