Su’niy yoritilganlikni hisoblash
Umumiy yoritilganlikning qiymatini hisoblash uchun bir necha usuldan foydalaniladi:
yorug’lik oqimidan foydalanish koeffistienti usuli;
nuqtali usul;
“vatt” lar usuli.
Yoritgichlar bir tekis joylashtirilgan bo’lsa, birinchi usul (yorug’lik oqimi usuli) qo’llanadi.
Yorug’lik oqimi usuli.
bu yerda: G’l – lampaning yorug’lik oqimi, lm;
E – berilgan minimal yorug’lik, lk;
S– yoritilayotgan bino ichi yuzasi, m2;
Z–notekis yoritish koeffistienti(o’rtacha yoritilganlikning minimalga nisbati, 1,1–1,5 oralig’ida);
K–zaxira koeffistienti; yorug’lik manbai va yoritgichlar kirlanib qolishi natijasida yoritilganlikning pasayishi, 1,15 – 1,7 oralig’ida;
N – yoritgichlar soni;
n – yoritgichdagi lampalar soni;
-yoritish uskunasidan foydalanish koeffistienti (foydali oqimning umumiy oqimiga nisbati, chunki yorug’lik armaturasi, shift, devorlar, o’ziga yutadi; 0,19 – 0,74 oralig’ida).
Nuqtali usul alohida va mahalliy yoritilganlikni hisoblash uchun ishlatiladi.bunday yoritilganlik quyish, temirchilik kabi, shiftlardan yorug’lik qaytishi juda kam bo’lgan sexlarda bo’ladi.
bu yerda: Ja – yorug’lik manbaidan yuzaning berilgan nuqtasiga tushayotgan yorug’lik kuchi, kd;
α– yorug’lik nurlari tushish burchagi, ya’ni nur bilan yoritilgan yuzaga tik chiziq orasidagi burchak;
r – yorug’lik manbaidan yoritilgan nuqtagacha masofa, m.
Vertikal osib qo’yilgan yoritgichdan gorizontal yuzaga tushayotgan yorug’likni aniqlashda nuqtagacha masofani qulaylashtirish ko’rsatkichi sifatida yoritgichning balandligini qabul qilish qulay. Shunda:
bu yerda: Hp –yoritgich ilib qo’yilgan balandlik, m;
K – lampa quvvatining zaxira koeffistienti.
Yoritilganlikni solishtirma quvvat bo’yicha hisoblash.
Solishtirma quvvat, umumiy yoritish jihozdagi hamma lampalar quvvatining yoritilayotgan yuzaga nisbati bilan o’lchanadi. Umumiy quvvat:
Dostları ilə paylaş: |