10-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi. R e j a



Yüklə 23,99 Kb.
səhifə9/9
tarix14.12.2023
ölçüsü23,99 Kb.
#178807
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritis-azkurs.org

R=S•W
bu yerda: S – yoritilayotgan bino ichi yuzasi, m2;
W–solishtirma quvvat (jadvallardan olinadi), Vt/ m2.
Yoritilganlik lyuksometr bilan o’lchanadi. U fotoelement, lyuks o’lchamlari bilan darajalangan milliampermetrdan iborat. Keng tarqalgan lyuksometrlar: Yu – 15, Yu – 116, Yu – 17.
Sun’iy yorug’lik manbai sifatida cho’g’lanma lampa va gazli lampalar olinadi. Birinchisida yorug’lik manbai – volframdan ishlangan va cho’g’dek qizigan ip (volfram). Bu lampalar uzluksiz yorug’lik spektri hosil qiladi, tabiiy yorug’likdagiga nisbatan, sariq – qizil nurlar ustunroq turadi. Cho’g’lanma lampalar vakumli (NV), gaz to’ldirilgan (NG), spiralsiz (NB) va shu kabilar bo’ladi. Ularga xos bo’lgan kamchilik shuki, uzoq ishlamaydi (taxminan 1000soat), f.i.k. kichkina.
Xozirgi paytda sanoatda gaz to’ldirilgan lampalar keng qo’llanadi. Ular past bosimli va katta bosimli bo’ladi.
Past bosimlisi lyuministent lampa deyiladi; shisha trubka ko’rinishda bo’lib, uning ichki sirti qattiq kristal modda –lyuminofor bilan yupqa qoplangan. Lampaning kolbasi (trubkasi) dozalangan miqdorda sinov (30 – 80mg) va inert gaz (odatda argon) bilan to’ldirilgan, taxminan 400 Pa (3,0mm simob ustuni) hosil qiladi. Trubkaning ikkala uchiga elektrodlar kiyg’azilgan. Lampa elektr tarmog’iga ulanganda tok elektrodlar orasidan o’tib simob bug’larida elektr razryadlar hosil qiladi, natijada ular nurlanadi (elektrolyumininesstenstiya hodisasi ro’y beradi). Bu nurlanish lyuminoforga ta’sir etib yorug’lik nuriga aylanadi (fotolyuminesstenstiya hodisasi).
Lyuminoforning turiga qarab, lyunistent lampa turli rangda yorug’lik beradi. Hozirgi vaqtda sanoat manbalarning quyidagi turlarini ishlab chiqaradi: kunduzgi yorug’lik lampasi (LD), o’sha , yaxshilangan rang beruvchi (LDЦ), oq rangli lampa (LB), iliq – oq rangli lampa (LTB), sovuq- oq rangli lampa (LXB) va boshqalar.
Gazli lampalarning asosiy afzalligi-tejamkorligidir.Ularning yorug’lik beruvchanligi 30 – 80 lm/VT; bu-cho’g’lanish lampalarinikidan 3 – 4 marta ko’p; xizmat muddati 10000 soatga etadi; gigienik afzalliklarga ega. Kamchiliklari shuki, yorug’lik oqimi pulslanib turadi, ko’zni qamashtiradi, ulanish sxemasi murakkabroq, drossellar ovoz chiqarib turadi, tashqi muxit harakatiga sezgir (past haroratlarda ularni ishlatib bo’lmaydi).
O’zgaruvchan tok bilan ishlaydigan gaz lampalarning pulslanuvchi yorug’lik tarqatishi juda noxush hodisa. U stroboskopik effekt (hodisa) keltirib chiqarishi mumkin, ya’ni odam lipillayotgan yorug’likda harakatlanayotgan ob’ektni boshqacha (buzilgan ko’rinishda) qabul qilishi mumkin. Masalan, aylanayotgan jism qotib turgandek yoki teskariga aylanayotgandek tuyulishi mumkin. Yorug’lik oqimi pulslanmasligi uchun gaz lampalarni maxsus usul bilan elektr tarmog’iga ulanadi.
Yorug’lik manbai maxsus armatura ichiga joylanadi, shuning uchun yoritgich yoki yorituvchi asbob deyiladi. Ular o’zining qator yorug’lik texnikasi va konstruktiv tavsiflariga qarab farqlanadi: bevosita yorug’lik beruvchi, aksar sochilgan yorug’lik beruvchi, aks etgan yorug’lik beruvchi. Changdan va suvdan himoyalanish darajasiga qarab ham farqlanadi: changdan himoyalangan, changdan himoyalanmagan, suvdan himolyalanmagan, tomchilardan himoyalangan, yomg’irdan himoyalangan, suv sachrashidan himoyalangan, jips yopilgan
Portlash xavfi bor bino ichini yoritish uchun o’ziga mos yoritgichlar ishlatiladi:portlash ta’sir etmaydigan, portlashga qarshi yuqori darajada ishonchli.
http://azkurs.org

Yüklə 23,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin