10-mavzu: O’zbek tilida ish yurtish


Ish yuritida kerakli hujjatlar



Yüklə 152,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix13.04.2023
ölçüsü152,06 Kb.
#97373
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-mavzu O’zbek tilida ish yurtish

4.2.Ish yuritida kerakli hujjatlar .Hujjatlar mazmuniga kura ikki turli 
bo`ladi: 1) sodda hujjatlar-muayan bir masalani uz ichiga oladi; 2) murakkab 
hujjatlar-ikki yoki undan ortik masalani uz ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakli jixatidan xususiy (individual), namunali (tipovoy) va 
kolipli (trafaretli) hujjatlar farklanadi. Matnning uziga xosligi, betakrorligi, xamisha 
xam bir andazada bulmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, 
xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda xam muayyan doimiy tarkib 
mavjud bulsa-da, bevosita mazmun bayoni bir kadar erkin bo`ladi. Namunali 
hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan boglik, bir-biriga uxshash 
va ko`p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni uz ichiga oladi. 
Kolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish kogozlariga yoziladi
bunday hujjatlar ikki turli axborot aks etadi, ya’ni uzgarmas (oldindan tayyor bosma 
matnda ifodalangan) va uzgaruvchi (hujjatni tuzish paytida mashinkada yoki kulda 
yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko`pincha 
«yozmok» emas, balki «tuldirmok» suzi ishlatiladi. 
Shu urinda aytish kerakki, hujjatlarni kolipli turlarini kengaytirish – ish 
yuritishni takomillashtirishdagi istikbolli yo`llardan biridir. CHunki bunday qilish 
hujjat matnlarini bir xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt 
xamda mexnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Kolipli hujjatlar sirasiga
masalan, ish xaki yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim 
dalolatnomalar, xizmat safarlari guvoxnomalari va boshqa ko`plab hujjatlarni 
kiritish mumkin. 
Hujjatlar tegishlilik jixatiga kura, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy 
hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga kura muassasa yoki 
mansabdar shaxslarga tegishli bulsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan 
yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashkaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish 
bilan boglik masalalarga tegishli bo`ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va x.k.). 
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi xam benixoya muxim. Bu 
jixatiga kura hujjatlar kuyidagicha tasniflanadi: koralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi 
nusxa(dublikat); kuchirma. Aksar hujjatlar dastlab koralama nusxada tayyorlanadi
bu hujjat muallifi, ya’ni tayyorlovchining kul yozma yoki dastlab mashinkalagan 
nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, kayta kuchirilishi mumkin. Aytish joizki, koralama 
hujjat xukukiy kuchga ega emas. Asl nusxa xar kanday hujjatning asli, birinchi 
rasmiy nusxasidir. Asl nusxaning aynan kayta kuchirilgan shakli nusxa deb 
yuritiladi, odatda nusxaning ung tomonidagi yukoridagi burchagiga «Nusxa» deb 
belgi qo`yiladi.
Hujjatchilikda, shuningdek, aynan (faksimil) va erkin nusxalar xam 
farklanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini – hujjat zaruriy 
kismlarining joylashishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumalok muxr, turtburchak 


muxr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma xarf shakllari va shu kabilarni anik va 
tulik aks ettiradi, masalan, fotonusxani shu tur hujjatlar qatoriga kiritish mumkin.
Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot tulasicha ifodalansa-da, bu nusxa tashki 
xususiyatlar jixatdan bevosita muvofik kelmaydi, ya’ni erkin nusxada asl nusxadagi 
muxr urniga «muxr» deb, imzo urniga «imzo» deb, gerb urniga «gerb» deb yozib 
qo`yiladi va x. k. Ba’zan muayyan hujjatga tulasicha emas, balki uning bir kismiga 
extiyoj tugiladi. Bunday xollarda hujjatdan asl nusxa emas, balki kuchirma olinadi 
(masalan, majlis bayonidan kuchirma, buyrukdan kuchirma va x.k.). 
Nusxa va kuchirmalar, allbatta, notarius, kadrlar bulimi va shu kabilar tomonidan 
tegishli tartibda tasdiklangan takdirdagina xukukiy kuchga ega bo`ladi. Asl nusxa 
yukolgan xollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl 
nusxa bilan bir xil xukukiy kuchga egadir.
Ma’muriy – boshqaruv faoliyatida xizmat mavkeiga kura hujjatlar xozirgi 
kunda, asosan, kuyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; 
ma’lumotsimon – axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari. 
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning xukukiy 
makomi, tarkibiy tarmoklari va xodimlari, boshqaruv jarayonning borishida jamoa 
ishtirokining kayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan alokalarning xukukiy 
tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yuriknomalar, majlis bayonlari, 
shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi. 
Farmoyish hujjatlari guruxiga buyruk, kursatma, famoyish kabilar kiradi. 
Ma’lumotsimon – axborot hujjatlari anchayin katta guruxni tashkil qiladi, bunday 
hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki xam juda faol. Bu gurux 
ma’lumotnoma, dololatnoma, ariza, tushuntirish xati, xisobot, ishonchnoma, 
tavsifnoma kabi hujjatlarni uz ichiga oladi. 
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma – xil bo`ladi. Ularda muassasa 
faoliyatining turli masalalari bilan boglik talab, iltimos, taklif, kafolot kabilar aks 
ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yukorida kursatilgan xar 
uch guruxi bilan xam alokadordir, ularning muayyan bir guruxiga xizmat hujjatlarini 
kiritish shuning uchun xam maqsadga muvofik emas. Shularni xisobga olib, xizmat 
yozishmalari xozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruxlardan keyin turtinchi 
aloxida gurux sifatida tasniflangan va bu mantikan urinli. 

Yüklə 152,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin