D a ‘ v o x a t. Ma’lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport
tashkilotlariga nisbatan talab va e’tirozlari bayon qilingan xatlar – da’vo xatlar yoki
da’vonomalar deb yuritiladi.
Da’vo xatlar ijara pudrati, kurilish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir kancha
ishlar bo`yicha tuzilgan shartnomalar bajarilmay kolganda uz konuniy xukuklarin
va manfaatlarini ximoya qilish maqsadida tuziladi.
I l o v a x a t. Xatni qabul qilib oluvchilarni junatilgan hujjatlar haqida yozma
xabardor qilish uchun kullanuvchi kiskacha xabar kogozidir. Ilova xati ish yuritishda
keng tarkalgan. Muassasalarda bunday xatlar shartnoma loyixalarini, ziddiyatli
majlis bayonlarini, da’vo materiallarini junatishda kullaniladi.
I l t i m o s x a t.Muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish
maqsadida boshqa bir muassasalarga rasmiy xat orkali iltimos qilishi mumkin.
Muassasalar urtasidagi bunday uzaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi.
Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko`p tarkalgan turlardan xisoblanadi. Iltimos
xatlar xam boshqa xatlar kabi muassasalarning mos ish kogoziga yoziladi va albatta
junatilish sanasi va junatma tartib raqami kursatiladi.
K a f o l a t x a t i. Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiklash maqsadida tuziladi.
Xatlarning bu turi koidaga kura bajarilgan ish uchun xak tulashda, ishning bajarilish
muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajarilgan ishning
sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki aloxida shaxslarga
junatiladi.
S u r o v x a t. Javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma’lumotlar, hujjatlar
yoki boshqa zaruriy narsalar suraladi.
Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha surovlar aks etmasligi kerak. Bayon
qilinayotgan masalalar anik va ravshan bo`lishi lozim fakat shu xoldagina
yo`llangan surovga tez va mukammal javrb olish mumkin.