10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Personalni qayta tayyorlashning umumiy tamoyillari



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə26/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
10-mavzu PB

Personalni qayta tayyorlashning umumiy tamoyillari deb ilmiy menejment nazariyasi va amaliyotini, ilg‘or korxonalar tajribasini o‘rganish, maxsus adabiyotlar ustida mustaqil ish olib borish, ishlab chiqarishdagi vaziyatlarni modellash va tahlil etish, ta’limni bazaviy ta’limi, xizmat ta’limi va malaka ta’limiga aniq ajratish tushuniladi.
Bunda bazaviy ta’lim yoki tayyorgarlikdan maqsad — yuqori bo‘g‘in menejerlarini shakllantirish bo‘lib, bu tarmoqlararo xarakterga egadir.
Xizmat ta’limi yoki tayyorgarligidan quyi va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari yuqoriroq lavozimga tayinlanishdan avval o‘tadilar. Tayyorgarlikning bu turini tarmoq xarakteriga ega, deb hisoblash mumkin.
Malaka ta’limi yoki tayyorgarligi — bu personal bilan doimiy ish olib borish shakli hisoblanib, xodimlarga o‘zi bevosita bajarayotgan ishi bo‘yicha qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalar berishni nazarda tutadi.
O‘z-o‘zini malakasini oshirish qayta tayyorlashning eng oddiy, ayni vaqtda juda samarali usuli hisoblanib, xodimlarning shaxsiy reja asosida o‘z-o‘zini tayyorlashdan iboratdir. Mazkur shaxsiy rejalarni tuzish uchun rahbariyat tavsiyalari, attestatsiya, ekspert baholari, test natijalari asos bo‘ladi. Ushbu reja asosida o‘z-o‘zini tayyorlashda ishchanlik va shaxsiy sifatlaridagi, rahbarlik uslublaridagi nuqsonlarni bartaraf etish ko‘zda tutiladi.
SHaxsiy ish rejasiga — xo‘jalik faoliyati yuritish bo‘yicha amaldagi qonunchilik, shartnomalar bo‘yicha, ishni tashkil etish, boshqaruv mahorati, boshqaruvda sotsiologiya va psixologiya kabi masalalarini kiritish ham tavsiya etiladi.
Mazkur reja ishlab chiqilgandan so‘ng kadrlar xizmatida muhokama etiladi va korxona yoki tashkilot rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdikdanadi.
Personalni boshqarish xizmatlarining yillik ta’limini rejalashtirish amaliyoti ham mavjud. Xodimlarni qayta tayyorlashning bu uslubini ishlab chiqarishdan ajralgan holda ham, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ham tashkil etish mumkin.
Yillik ta’limni tashkil etish uchun boshqa korxona va tashkilotdagi mutaxassislar bilan maslahatlashuvlar, yangi texnolo-giyalarni qo‘llayotgan korxonalar ishi bilan tanishish, psixologik mashq (trening)lar, seminarlar, kurslar, master sinflar va hokazolar o‘tkazish kabi shakllardan foydalanish mumkin.
Boshqaruv xodimlari malakasini oshirish maqsadida huquq-shunoslarning ular bilan yilning har choragida suhbatlar, maslahatlar o‘tkazib turish amaliyotidan ham foydalansa bo‘ladi. Bunday tadbirlarda boshqaruv xodimlari O‘zbekiston Respub-likasining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, soliq, moliya, to‘lovlar, ish bilan bandlik, xodimlar bilan ishlash, ijtimoiy himoya va boshqa masalalarga oid me’yoriy hujjatlari bilan batafsil tanishtirilib, ularni qo‘llash bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilishini tashkil qilish mumkin.

Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin