10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə25/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
10-mavzu PB

5. Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirish

Har bir korxona, tashkilot, muassasa muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi personalga qo‘yilayotgan talablar va xodimlar malakasiga muvofiq bo‘lishiga bog‘liqdir. Bu esa muttasil ravishda personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni talab etadi.


Personalni qayta tayyorlash — xodimlarni ikkinchi kasb yoki yangi ixtisoslikni egallashlari uchun o‘qitishdir.
Personalni malakasini oshirish — xodimlar kasbi va ixtisosligiga oid bilimlarini chuqurlashtirish va takomillashtirish maqsadida ularni o‘qitishdir.
Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga turlicha yondashuvlar mavjud. Ularning xilma-xilligiga qaramasdan, personalni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishni tashkil etishni to‘rt yo‘nalishga mujassamlashtirish mumkin:

  1. Qayta tayyorlash va malaka oshirishga ehtiyojni tashkil etish.

  2. O‘quv dasturlari va umuman o‘quvni rejalashtirish.

  3. SHakli va uslublari bo‘yicha xilma-xil o‘quv dasturlari yaratish.

  4. Qayta tayyorlash va malaka oshirish natijalarini tahlil etish hamda bu jarayondan personalni kasbiy va xizmat vazifasida o‘stirish maqsadlarida foydalanish.

Samarali faoliyat yuritayotgan kompaniya, aksionerlik jamiyatlari tajribasi, personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirish — bu to‘rt yo‘nalishning hammasi bo‘yicha ish olib borilgan taqdirda, ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligidan dalolat berib turibdi. Buning uchun zarur o‘quv-uslubiy va moddiy negiz mavjud bo‘lishi kerak, albatta.
Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirish xodimning tayyorgarlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish vatahlil etishdan boshlanadi.
Xodimning tayyorgarlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning faoliyatini baholash asosida shakllantiriladi. Bunda personalni qaysi yo‘nalishlarda qayta tayyorlash va malakasini oshirish talab etilishi aniqlanadi. Xodim bilimi, mahorati, kasbiy va shaxsiy sifatlarini baholash davomida maxsus komissiyalar belgilab qo‘yilgan omillar bo‘yicha xodim ish samaradorligi hamda ushbu omillarning xodim o‘z xizmat va kasbiy vazifalarini bajarishdagi ahamiyatini attestatsiya qiladi. Ana shu tekshiruv natijalari bo‘yicha qayta tayyorlash shakli va uslubi maqsadga muvofiqligi aniqlanadi hamda xodimga shaxsiy dastur asosida o‘z malakasini oshirish yuzasidan tavsiyalar beriladi.
SHaxsiy xususiyatlar hamda shaxsiy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun test sinovlari o‘tkaziladi. Bu — o‘quv guruxdarini oqilona shakllantirish, mashklar o‘tkazishni yaxshi yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim shaklini belgilashda qo‘l keladi.
Xodimlar qayta tayyorlash ehtiyojini aniklashda kadrlar auditidan ham foydalaniladi. Testlar, so‘rovlar, kuzatuvlar, suhbatlashuvlar, muhokamalar orqali personal, birinchi navbatda yuqori va o‘rta bo‘g‘in menejerlari tayyorgarligi tahlil etiladi. Bu jarayon davomida xodimlarning bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, ishchanlik va shaxsiy sifatlari, psixologik holatlari, ularning xizmat vazifalari, o‘ziga bo‘ysunuvchilar va boshqa tashkilot vakillari bilan ishlash amaliyotlari, tashkiliy tizim, ish haqi va mukofotlash, kasbiy rivojlantirish va xizmat vazifasida o‘stirish tadqiq etiladi.
Menejerlar jamoaga rasmiy rahbar bo‘libgina qolmasdan, balki haqiqiy etakchi bo‘lishga intilsalar, ular uchun kasbiy ta’lim bu maqsadga erishish yo‘lida mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi (9.12- rasm).

Menejer kasbiy malakasini oshirib borar ekan o‘z karьerasini rivojlantirish bilan bir qatorda, o‘zining etakchilikka ham da’vogarligini namoyon etadi. CHunki, jamoa yoki guruhda etuk kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmasdan turib, nafaqat etakchilik qilish, balki rasmiy rahbar vazifalarini ham muvaffaqiyatli bajarishda jiddiy muammolar yuzaga chiqishi mumkin.


Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun yuqoridagi ma’lumotlar chuqur tahlil etilib batafsil tavsiyalar tayyorlanadi. Odatda shundan so‘ng bevosita xodimlarni o‘qitish chora-tadbirlari ko‘riladi. Bunda o‘quv dasturlari personalning amaldagi malakasi hamda bugungi va ertangi kun talabi saviyasida, bu malaka qay darajada bo‘lishi kutilayotganligi hisobga olingan holda ishlab chiqiladi.
Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda yana bir yondashuv — o‘quv dasturlari doirasida dastlabki tahlil o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Bu usulda qayta tayyorlash va malakani oshirish kurslari o‘qituvchilari korxona va tashkilotlarda bo‘lib, ular rahbarlari bilan uchrashadilar. Bu — xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ehtiyojlarini aniqlash, o‘quv dasturlari, uslublari, shakllarini muayyan tinglovchilar uchun moslashtirishga xizmat qiladi.
Respublikamiz korxonalari, birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlari odatda mehnat jamoasida ma’naviy-psixologik muhit, ahil va do‘stona munosabatlar, yuqori unumdorlik bilan mehnat qilishga intilishga rag‘batlantiruvchi rahbarlik uslubini egallash imkoniyatini beradigan o‘quv mashg‘ulotlariga ehtiyojlari katta ekanligini ko‘rsatdi.
SHu bilan birga, bugungi globallashuv, jahon bozorida raqobatlashuv keskin tus olgan sharoitlarda zamonaviy rahbarlik usullarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xususan, Germaniyada olib borilgan tadqiqotlar gaz sohasida ishlovchi menejerlarning yarmidan ko‘prog‘i ular personalining etarli darajada samarali faoliyat ko‘rsatmayotganining asosiy sababi rahbarlik madaniyati darajasining pastligidir, deb ko‘rsatganlar. Ushbu so‘rovda qatnashgan menejerlar, shuningdek, rahbarning ishonchli sherik sifatida obro‘-e’tibor qozonishlarida boshqaruv faoliyatida nomoddiy omil-larning, birinchi navbatda jamoatchilik fikrining ortib borayot-ganligini uqtirganlar. Ushbu masalada boshqaruv va tadbirkorlik madaniyati, xususan, bularning tarkibiy qismi hisoblangan, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan mehnat etikasi — halollik, adolatlilik, o‘zaro ishonch va hurmat tobora katta rolь o‘ynamoqda.
Respublikamizdagi aksariyat ko‘pchilik korxonalar bugungi kunda xorijiy sheriklari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatishgan. SHuning uchun personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda chet tillarini o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratilishi talab etiladi.
Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni rejalashtirish jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarini ta’lim muassasalarida ham, bevosita korxona yoki tashkilotning o‘zida ham o‘tkazilishi mumkinligi hisobga olinadi. Qayta tayyorlashning uzluksizligi korxona va tashkilot faoliyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda ta’limning yagona rejasi asosida mashg‘ulotlar davriyligi, turlari va usullarini qo‘shib olib borilishi orqali ta’minlanadi.
Qayta tayyorlash va malakani oshirishni rejalashtirish muayyan tizim hisoblanib, istiqbolli va tezkor bo‘lishi mumkin. Istiqbol-li rejalash 2—3 yilga mo‘ljallanadi. U personalni o‘qitish strategiyasini, ya’ni ta’limning asosiy turlarini, shakllarini, mavzu yo‘nalishlarini tanlash, o‘qitiladiganlar tarkibi (mintaqalar, ta’lim markazlari bo‘ylab va hokazolar)ni qamrab oladi. SHuningdek, xodimlarni oldindan tayyorlashni amalga oshirish uchun korxona va tashkilotni kengaytirish (yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish) natijasida personalga ehtiyoj ham hisobga olinadi.
Istiqbolli rejalashtirish ko‘p hollarda strategik rejalashtirish deb nomlanadi. Strategik rejalashtirish juda ko‘p omillarga tayanadi. Ulardan eng muhimlari quyidagilardir:

  • korxona va tashkilotning personal bilan ishlash kon-sepsiyasi;

  • ta’lim muassasalari amal qiladigan korxona va tashkilotlarda malaka oshirish tizimining konsepsiyasi;

  • korxona va taijilotni rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish, yangi sanoat ob’ektlari qurish va hokazolar;

  • boshqaruv personalini tayyorlash va o‘qitishga ehtiyoj.

Strategik rejalashtirishni personalni qayta tayyorlashga ehgiyojni aniqlashdan boshlash kerak. Bu bir qator majburiy ishlarni bajarishni talab qiladi. Ular orasida qayta tayyorlashga jalb etilishi kerak bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini tuzish eng muhimi hisoblanadi. Buning uchun har bir xodim qachon so‘nggi marta o‘qitilgani yoki korxona bo‘linmasini modernizatsiya qilish rejasiga oid ma’lumotlarni o‘rganib chiqish kerak. Bu masalada rahbar fikri ham hisobga olinishi mumkin. SHundan so‘ng taxminiy o‘quv mundarijasi va mavzu yo‘nalishiga aniqlik kiritiladi. Bu o‘rinda ular ta’lim muassasasining ixtisoslashuviga mos tushuvini hisobga olish kerak. SHundan keyin tayyorgarlik turlari aniqlanadi, ya’ni faqatgina malaka oshirish rejalashtirib qolmasdan, buning aniq turi (stajirovka, qayta tayyorlash, yillik yoki davriy malaka oshirish, o‘z-o‘zini malakasini oshirish) belgilab olinadi.

Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin