10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə28/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
10-mavzu PB

Stajirovka tajriba egallash, amaliy va tashkilotchilik ko‘nikmalarini hosil qilish va takomillashtirish maqsadida o‘tkaziladi. U odatda manfaatdor tashkilot ma’muriyati va amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy dasturlar asosida amalga oshiriladi. Bunday dasturda stajirovka o‘tkazish vaqti va joyi, xodim qaysi lavozimda stajirovkadan o‘tayotganligi, stajirovkaning maqsad va vazifalari, o‘rganilayotgan ish usullari, stajirovka bosqichlari, shuningdek, rahbarning o‘qitilish yakuni bo‘yicha bahosi ko‘rsatiladi.
Qayta tayyorlashning turlaridan qat’i nazar, barcha malaka oshirish dasturlari malaka oshirayotganlar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilishi kerak. Etuk yoshdagi inson o‘quvchi rolida ko‘p hollarda jarayonni boshqarishga, nimani qanday qilib o‘rganishni mustaqil hal qilishga intilishi ana shunday xususiyatlardan biridir. Bundan tashqari, katta yoshdagi o‘quvchi boy hayotiy va kasb tajribasiga ega bo‘lib, axborotni qabul qilishda uni ana shu tajriba filьtridan o‘tkazadi. SHuning uchun malaka oshirish tinglovchida mavjud bo‘lgan ko‘nikmalarga asoslansa o‘qitishda eng yaxshi samaradorlikka erishiladi.
Amaliyotchi menejer o‘z ish faoliyatida muntazam ravishda hal etilishi talab qilinadigan muammo va vazifalarga to‘qnash keladi. SHuning uchun malaka oshirish muammolarga yo‘naltirilgan bo‘lishi, barcha umumlashma va nazariy masalalarni amaliy masalalarni hal etish, amaliy vaziyatlarda qanday ish tutish lozimligiga bog‘liq holda tushuntirish talab qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, malaka oshirish jarayonida tinglovchilar o‘tilayotgan har bir mavzuning amaliy ahamiyatini anglab etishlari darkor. Ayniqsa, mashg‘ulotlar paytida tinglovchilarga xato qilishlaridan xavfsiramay yangi bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyati berilsa, ularning o‘z malakalarini yanada oshirishga qiziqishlari sezilarli darajada ortishi shubhasizdir.
Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tezkor rejalashtirish bu ishni 1 yil muddatga rejalashtirishni anglatadi. Bu holda ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarining qancha miqdorda tinglovchini qabul qila olishi, korxona va tashkilotning qayta tayyorlash va malaka oshirish turlarining har biriga ehtiyoji, o‘quv mashg‘ulotlarining muddati va davomiyligi, guruhlar tarkibi, mashg‘ulotlar mavzulari, har bir korxona va tashkilot uchun o‘qitish joyi, moliya va moddiy-texnik ta’minot xususiyatlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqarish zarurati va hokazolar belgilab chiqiladi. Reja tuzish uchun korxona va tashkilot bo‘linmalarining, ta’lim muassasalarining (tarmoq va tarmoqlararo) ixtisoslashish yo‘nalishlari, muddatlar, qancha tinglovchi qabul qila olishi to‘g‘risidagi takliflari, so‘nggi attestatsiya yaqunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, ta’lim muassasalari korxona vatashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lsa, ularning takliflari, korxona va tashkilotlar (ular bo‘linmalari) xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish strategik (istiqbolli) rejalari asos bo‘ladi.
Yillik reja korxona va tashkilotlar (ular bo‘linmalari)dan tushgan buyurtmalarni tahlil etish asosida tuziladi.
Malaka oshirish dasturlari o‘qitish vazifalari (personal karьerasi, xodim egallab turgan lavozimiga muayyan talablarning o‘zgarishi, etarli darajada samarali faoliyat ko‘rsata olmayotganlik va hokazolar) nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqariladi.
Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirish barcha bosqichlarida texnik va dasturiy vositalarning, shu jumladan inson resurslarining qiymati va samaradorligining iqtisodiy bahosi hisoblari olib boriladi. Eng avvalo, moddiy resurslardan nechog‘lik samarali foydalanilayotganligi aniqlanishi lozim. Qayta tayyorlash hajmi va intensivligini o‘lchash imkonini beradigan „nazorat nuqtalari" ma’lum. Bu — ish haqi jamg‘armasidan malaka oshirish uchun sarf-xarajatlar ulushi, har yili xodim malaka oshirish dasturlariga jalb etilgan kunlar soni, personal umumiy soniga nisbatan malaka oshirish markazlarida bir yo‘la ta’lim olayotgan xodimlarning sonidir.
Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirish samaradorligi esa korxonada energetika sarf-xarajatlarining, avariya holatlarining kamayishi, mehnatga qiziqishning ortishi, xodimlarning o‘z mehnat faoliyatidan qoniqishining yaxshilanishi, korxona va tashkilot olayotgan foydaning ko‘payishi kabi mezonlar orqali belgilanadi.
Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish personalni boshqarish xizmatining eng asosiy va muhim vazifalaridan biridir. Bugungi kundagi jahon tajribasi vazirlik va idoralar, tarmoqlarda personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha alohida tizim yaratish kerakligidan dalolat berib turibdi. Ular tarmoq ilmiy-tadqiqot va o‘quv markazlari shaklida bo‘lishlari mumkin. Bu markazlar zimmasiga tarmoq korxona va tashkilotlari personalining uzluksiz ta’limini yo‘lga qo‘yish vazifasi yukla-tiladi.
Ilmiy tadqiqot va o‘quv markazlari faoliyati asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:

  • personalni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yaratish;

  • kasbiy tayyorgarlik markazlari, kurslari, maktablari uchun tashkiliy, me’yoriy va uslubiy hujjatlar ishlab chiqish;

  • to‘la ko‘lamli displey mashq hamda avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

  • malaka oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv dasturlari ishlab chiqish;

  • buyurtmachi rejasiga muvofiq personal o‘quvini tashkil etish;

  • seminarlarni, shu jumladan, tarmoqlararo va xalqaro seminarlarni tashkil etish.

Kompaniya, birlashmalar, aksiyadorlik jamiyatlarining personal bilan ishlash va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmalari ushbu markaz bilan qalin aloqada hamkorlik qilishlari nazarda tutiladi.
Kadrlar xizmatiga personalni bevosita qayta tayyorlash va malakasini oshirishda quyidagi vazifalar yuklatilgan:

Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin