10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə30/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
10-mavzu PB

Amaliy o‘yinlar — o‘qitishning faol uslublarida alohida o‘rin tutadi. O‘yinlarning tajriba o‘tkazishdan farqi shundaki, bu holda qabul qilinayotgan qarorlar oqibatlari yaqqol namoyon bo‘lishi hamda vaqt me’yorlarining o‘zgarishida (tezlatilishi)dir. Bunday o‘yinlar orqali bitta xo‘jalik vazifasini bajarishni turlicha yondashuvlar yordamida hal qilish imkoniyati bo‘ladi.
Amaliy o‘iinlarning me’yoriy hujjatlari mavjud emasligi ular tamoyillaridan biridir. O‘qituvchi oldindan o‘yin qaysi yo‘nalishda o‘tishi, undan qanday natija olinishi yuzasidan ko‘rsatma berish huquqiga ega emas. Bunday aniq yo‘l-yo‘riqlarning bo‘lmasligi yo‘riqchi-uslubiyotchidan mashg‘ulotlarga joriy yondashuvni hamda guruhlardagi tinglovchilar soniga (o‘yinlarda har birida 4—5 tinglovchi bo‘lgan uch guruh bo‘lishi maqsadga muvofiqdir) e’tibor qaratishni talab etadi.
Amaliy o‘yinlarni tinglovchilar faoliyat turlariga qarab ishlab chiqarishni tashkil etish, tijorat faoliyati, o‘zaro munosabatlar, boshqaruv usullari, amaliy yozishmalar va boshqa yo‘nalishlarda olib borish mumkin.
O‘tkazilgan tadqiqotlar hozirgi davrda mutaxassislar o‘quv yurtlarini tugallaganlaridan keyin har yili olgan bilimlarining beshdan bir qismi — 20 foizini yo‘qotishlarini ko‘rsatmoqsa. SHu bilan birga bilim saviyalarini talab darajasida ushlab turish uchun, aytaylik ishlab chiqarish menejerlari o‘z sohalaridagi so‘nggi ilm-fan yutuqlaridan xabardor bo‘lib turishlari uchun haftasiga kamida 4—6 soat bu masalalarni o‘rganishga ajratishlari kerakligi ham amaliyotda aniqlangan. Xuddi shu maqsadda kompьyuterdan foydalangan holda dasturiy ta’lim yordam beradi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • o‘qitish o‘qituvchi ishtirokisiz va aralashuvisiz amalga oshiriladi;

  • ta’lim oluvchi o‘zini-o‘zi o‘qitadi, bunda u o‘rganayotgan sohada qanchalik oldinga siljiy olgani to‘g‘risida darhol baho oladi.

Malaka oshirishning faol usullari orasida eng dolzarb masalalarni o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Ushbu muammoli o‘qitishning xususiyati shundan iboratki, tinglovchilar bilim va ko‘nikmalarini ijodiy izlanish vaziyatida egallaydilar. Bu mashg‘ulotlar materiallari vazifasini esa muammolar o‘taydi.
Muammoli o‘qitishning quyidagi turlari farqlanadi:

Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin