Tavakkalchilik turlari
natijasida ko’rilishi tavakkal qilinadigan zararlar kiradi.
4.
Transport bilan bog’liq tavakkalchilik — bu avtomobil, temir yo’l, dengiz,
havo transportlarida yuklarni tashish jarayonida ehtimol (tavakkal) qilinadigan
zararlar.
5.
Tijorat bilan bog’liq tavakkalchilik — bu xo’jalik sub’yektlarining
tadbirkorlik faoliyati oqibatida ehtimol (tavakkal) qilinadigan zararlar. Bunday
turdagi tavakkalchilik o’z navbatida ishlab chiqarish, savdo va qisman moliya bilan
bog’liq bo’lgan tavakkalchiliklarga bo’linadi.
6.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq tavakkalchilik — bu ishlab chiqarish
jarayonining to’xtab qolishi yoki bir maromda ishlamayotganligi,
texnologiyaning
buzilishi, sifatsiz xomashyo oqibati yoki xodimlarning sifatsiz ishlashlari evaziga
ehtimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki qo’shimcha xarajatlardir.
Moliya bilan bog’liq
tavakkalchilik
Investitsiya
Pulning sotib
bilan bog’liq
olish qobiliyati
tavakkal-
bilan bog’liq
chilik
tavakkalchilik
• tizimli
• inflyatsiya bilan
• selektiv
bog’liq
• kreditga oid
tavakkalchilik
• hududga
• valyuta bilan
oid
bog’liq
•
tarmoqqa
tavakkalchilk
oid
• korxonani
tugatishga
oid
• innovatsiya
ga oid
Moliya bilan bog’liq tavakkalchilik — bu ehtimol qilinadigan moliyaviy
zararlar bo’lib, u o’z navbatida investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan
bog’liq bo’lgan, oxirgisi esa o’z navbatida,
*inflyasiya va
*valyuta bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik turlariga bo’linadi.
Inflyasiya bilaya bog’liq tavakkalchilik — bu olingan daromadlarning qadri
yuqori inflyasiya oqibatida tezroq qadrsizlanishini bildiradi.
Valyuta bilan bog’liq tavakkalchilik — bu chet el valyutasi kursining o’zgarishi
oqibatida ko’riladigan katta zararni bildiradi. Bu tavakkalchilik eskport-import
operasiyalarini, shuningdek, valyuta operasiyalarini baholashda o’ta zarurdir.
Investitsiya bilan bog’liq tavakkalchilik quyidagi turlarga bo’linadi:
Tizimli tavakkalchilik — bu, u yoki bu bozorda konyunkturaning yomonlashishi
yoki tushib ketishi oqibatida ehtimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik
investitsiyaii aniq bir ob’yektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta bozori,
qo’zgalmas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo’yilgan mablag’ bo’yicha
tavakkalchilikni ifodalaydi. Bunda investor katga zarar yetkazmasdan turib o’z
mablag’ini qaytara olmaydi.
Tizimli tavakkalchilik usulida investitsiyani qaysi bir aktivga (aytaylik,
qimmatli qog’ozlargami yoki qo’zg’almas mulkka) tavakkal qilib sarflash maqsadga
muvofiqligi aniqlanadi.
Selektiv tavakkalchilik — bu u yoki bu bozorda investissh ob’yektini noto’g’ri
tanlab olinishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar yoki boy berilgan naf. Masalan,
qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirishda fond birjasidagi qimmatli qog’ozlar
turini noto’g’ri tanlash oqibatida ko’riladigan zarar shunday tavakkal turiga kiradi.
Kredit tavakkalchiligi — bu qarz olgan tomonning o’z majburiyatlarini to’lay
olmaslik xavfi. Bank yaxshi foyda ko’rish uchun kreditlash xavfini kamaytirish shart.
Bank hamisha qarzning o’z vaqtida va foiz bilan
qaytib kelishi qay darajada
mumkinligini nazarda tutib tavakkalga boradi. Bunday tavakkalchilikka kreditni
to’lash muddatini kechiktirish yoki obligasiyalarga to’lashni muzlatib qo’yish misol
bo’ladi.
Regional tavakkalchilik — muayyan regionlarning iqtisodiy holati bilan
bog’langan bo’lib, u:
•
mazkur regionning asosiy mahsulotiga (masalan, respublikamizda (paxtaga)
bo’lgan kon’yunktura narxining pasayishi oqibatida ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar
xavfi;
•
iqtisodiy yoki siyosiy mustaqillikka erishish oqibatida ko’rilishi mumkin
bo’lgan zarar xavfi;
•
ishlab chiqarishning keskin tushib ketishi yoki ishsizlik darajasining oshishi
oqibatida ko’rilishi ehtimol qilinadigan zarar xavfini ifodalaydi.
Tarmoq bilan bog’liq tavakkalchilik ayrim tarmoq iqtisodiyoti bilan bog’liq
bo’lib, u ikkita omil ta’siri ostida bo’ladi:
•
tarmoqdagi davriy beqarorlikka;
•
tarmoq ishlab chiqarishining hayotiy bosqichlariga.
Ya’ni kirish, o’sish, yetilish, to’yinish, tushkunlik davriga qarab turib
tadbirkorlik faoliyati yoki investitsiya tavakkalchiligi turlicha darajada bo’ladi.
Korxona tavakkalchiligi investitsiya ob’yekti bo’lgan aniq korxona faoliyati
bilan bog’liq. Garchi bu tavakkalchilik tarmoq va regional tavakkalchiliklar ta’siri
ostida bo’lsa-da, undagi tavakkalchilik darajasi
korxonaning bozordagi mavqyei,
doimiy mijozlar (iste’molchilar)ning bo’lishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
sifati va boshqalarga bog’liq. Korxona faoliyatidagi tavakkalchilik quyidagi
ko’rinishlarda bo’ladi:
•
ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchi tomonidan talab qilib olmasligi
oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar;
•
xo’jalik shartnomalarini bajarmaslik oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar;
•
raqobatning kuchayishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar;
•
ko’zda tutilmagan xarajatlarning vujudga kelishi va daromadning kamayishi
oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar;
•
korxona mablag’ning talofoti tufayli ko’riladigan tavakkal zarar.
Investitsiya tavakkalchiligi deganda, yangi tovar yoki xizmat, yangi
texnologiyani ishlab chiqish va joriy qilish uchun
sarflangan xarajatlarning
qoplanmasligi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar tushuniladi.
Tavakkal kapital — bu fan-texnika yangiliklarini joriy etib, yangi texnologiyani
o’zlashtirib, bozor raqobatiga bardosh beradigan yangi tovarlarni ishlab chiqarish
uchun tavakkalga qo’yiladigan (sarflanadigan) kapital
Tavakkal kapital egasi ma’lum iqtisodiy xavfni o’z zimmasiga oladi, chunki
yangi ishga solingan kapitalning naqadar foyda berishi yoki bermasligi oldindan
aniq ma’lum bo’lmaydi. Lekin kapital tusmollanib, ko’r-ko’rona qo’yilmaydi,
balki u yangilikka bo’ladigan talabni, bozorning umumiy holatini hisobga oladi,
biznes sohasida maslahat beruvchi firmalar xizmatidan foydalanadi.
Tavakkal kapitalni, odatda mayda biznes vakillari yoki ularga aloqador yirik
firmalar qo’yadi. Tavakkal kapital fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy
etishda katta rol o’ynaydi.
Investitsiya ob’yekti bo’lishi u yoki bu tovarni sotish jarayonida uning sifatini
baholashdagi o’zgarish oqibatida ko’zlangan zarar xavfi investitsiya ob’yekti
(qimmatli qog’ozlar, qimmatbaho nodir metallar, qo’zg’almas mulk va
hokazo)ning tugatilishi tavakkalchiligi deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: