10 Mavzu: Qishloq xo’jaligida tavakkalchilikni boshqarish Reja



Yüklə 168,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix21.12.2023
ölçüsü168,04 Kb.
#188715
1   2   3   4   5   6
Lecture - 10

4
 
Tavakkalchilik koeffitsiyenti. 
Tavakkalchilikning miqdoriy o’lchovi zararning mutloq va nisbiy 
ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi, Mutloq ifodalanish natural yoki qiymat 
ko’rinishda, nisbiy ifodalanish esa kutilishi mumkin bo’lgan zararning kapital
xarajatlar summasi yoki foydaga nisbati ko’rinishida bo’ladi. 
Tavakkalchilik korxonasi bankrotlikka olib boradimi yoki aksigami - buning 
miqdoriy o’lchovini bilish o’ta zarurdir. Shu maqsadda tavakkalchilik koeffisiyenti 
hisoblaniladi: 
к
=-L 
t
 JM 
bu yerda, Kt — tavakkalchilik koeffisiyenti, 
Z — maksimal imkoniyat darajasidagi zarar, 
JM — jami mablag’lar summasi. 
Empirik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tavakkalchilik koeffisiyentining 
optimal darajasi 0,3, korxonani bankrotlikka olib boradigan darajasi esa 0,7 ni 
tashkil qiladi. 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Tavakkalchilik nima? 
2.
Tavakkalchilikni boshqarish deganda nimani tushunasiz? 
3.
Tavakkalchilikni qanday yumshatish mumkin? 


4.
Xavf nima? 
5.
Xatar nima? 
6.
Xavfni kamaytirishning qanday usullari bor? 
7.
Tavakkalchilik qanday tavsiflanadi? 
8.
Tavakkal kapital nima? 
9.
Xejirlash nima? 
10.
Tavakkal zonasi deganda nimani tushunasiz? 
11.
Tavakkalchilik koffisiyenti nimani anglatadi? 
GLOSSARIY (Mavzu: Qishloq xo’jaligida tavakkalchilikni boshqarish) 
Tavakkalchilik tushunchasi / Понятия риска / Risk notion - «uzoq mulohaza qilib 
o’tirmay, nima bo’lsa bo’lar, yo ostidan yo ustidan zaylida qilingan harakat 
ma’nosida» talqin qilinadi. 
Amerikacha ta’rifga ko’ra, tavakkalchilik / Риск по Американскому / Risk as 
American - bu 
biron ish bilan shug’ullanish oqibatida zarar ko’rib qolishdan qutulib qolish 
imkoniyati. 
Xavf / Опасность / Danger — biror ko’ngilsiz hodisa yoki falokat yuz berish 
ehtimolligi; xatar; qo’rqinch. 
Sug’urta / Строхование / Insurance — bu inson faoliyatining turli sohalarida 
sodir bo’ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqyealar natijasida 
yetkazilgan zarar hamda talafotlarni jismoniy va yuridik shaxslar to’lagan sug’urta 
badallari (sug’urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to’liq va 
qisman qoplash bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug’urtalashini 
ta’minlashga doir munosabatlar, demakdir. 
Sof tavakkalchilik / Реальний риск / Real risk - salbiy (zarar, ziyon) yoki nol 
natijaga erishish ehtimolini bildiradi. Bunday turdagi tavakkalchilikka tabiat, 
ekologiya, siyosat, transport va qisman tijorat bilan bog’liq tavakkalchiliklar 
kiradi. 
Chayqovchilik tavakkalchilik / Спекулятивный риск / Specular risk - salbiy 
(zarar, ziyon), ham ijobiy natija (yutuq, foyda)ga erishish ehtimolini bildiradi. Bu 
turdagi tavakkalchilikka moliya bilan bog’liq bo’lgan ikki turdagi, ya’ni 
investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchiliklar 
yutadi. 
Tizimli tavakkalchilik / Системный риск / System risk — bu, u yoki bu bozorda 
konyunkturaning yomonlashishi yoki tushib ketishi oqibatida ehtimol qilinadigan 
zarar. Bu tavakkalchilik investitsiyaii aniq bir ob’yektga emas, balki muayyan 
bozor (masalan, valyuta bozori, qo’zgalmas mulk bozori va boshqalar) uchun 
barcha qo’yilgan mablag’ bo’yicha tavakkalchilikni ifodalaydi. 
Selektiv tavakkalchilik / Селективный риск / Selective risk — bu u yoki bu 
bozorda investissh ob’yektini noto’g’ri tanlab olinishi oqibatida ko’riladigan 
tavakkal zarar yoki boy berilgan naf. Investitsiya tavakkalchiligi / 
Инвестиционный риск / Investment risk - yangi tovar yoki xizmat, yangi 
texnologiyani ishlab chiqish va joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning 
qoplanmasligi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar tushuniladi. 
Tavakkalchilikni boshqarishdan maqsad / Цель управление рисками / Goal of 
managing risk— bu korxonani faqat bankrotliqdan saqlab qolish emas, balki 
qanday sharoitda bo’lsa ham foydani minimal darajadan past bo’lishiga yo’l 
qo’ymaslikdir. 



Yüklə 168,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin