(xususiy kishilarni) sug’urta qiladilar. Ko’chmas mulkning hamma turlari sug’urta
qilishga qabul etiladi. Bundan tashqari yuklarni tashish,
bankrotlik, valyuta
investitsiyalari, foydalar, kreditlar, to’lovlar, xodimlar, ishsizlik sug’urta qilinadi.
Quyidagi hollarda xavf darajasi ortishi mumkin:
•
to’satdan va kutilmaganda o’rtaga muammo ko’ndalang bo’lib qolganida;
•
bankning ilgari orttirgan tajribasiga to’g’ri kelmaydigan yangi vazifalar o’rtaga
qo’yilganda;
•
rahbariyat zarur va shoshilinch choralar ko’ra olmaydigan va bu narsa
moliyaviy zarar yetkaza oladigan mahallarda;
•
bank yoki boshqa tashkilot faoliyatining mavjud tartibi yoki qonunlarning
nomukammalligi aniq vaziyatga to’g’ri keladigan chora-tadbirlarni ko’rishga
xalal
beradigan mahallarda.
Bulardan tashqari tijoratga doir quyidagi xavflar, ya’ni:
•
tovarlarni bozorda sotishga
aloqador xavf;
•
yuklarni tashish mahalidagi xavf yoki transportga aloqador xavf;
•
tovarni xaridor tomonidan qabul qilinishga aloqador xavf;
•
xaridorning haq to’lashga qodir yoki qodir emasligiga aloqador xavf;
•
xaridorning haq to’lashni istamasligiga aloqador xavf.
Siyosatga doir xavflar:
•
xaridor mamlakatda importning ta’qiqlanishiga aloqador xavf;
•
yuklarni xaridorga tashib yetkazib berish mahalidagi ish tashlashlar (urush,
g’alayonlar)ga aloqador xavf;
•
valyutalarning almashinishiga yoki pul o’tkazishning taqiqlab qo’yilishiga
aloqador xavf.
Iqtisodiyotga doir xavflar:
•
pulning qadrsizlanishi;
•
ishsizlik darajasi;
•
soliq siyosati;
•
texnologik o’zgarishlar;
•
xomashyo bazasi bilan bog’liq xavflar ham xavf darajasining ortishiga olib kelishi
mumkin.
Rahbar, xususan, xavf bo’yicha menejer belgilangan rentabellik darajasini
saqlagan holda yuz
berishi ehtimoli bo’lgan xavf darajasini imkon boricha qanday kamaytirishni bilishi
kerak.
Bundan tashqari, u korxona uchun juda noxush voqyea yuz bergan
sharoitlarda ham xavfning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkoniyatlarini oldindan
hisobga olib qo’yishi lozim.
Xavfni boshqaruv sohasidagi ishlarni malakali yo’lga qo’yish, uning bir qismini
boshqa hamkorlarga o’tkazish, biznesni va xodimlarni sug’urta qildirish orqali ancha
kamaytirish mumkin.
8. Firma rahbari, yetakchi xodim yoki
boshqa firmaning muvaffaqiyati uning
faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lgan
mutaxassisning o’limi yoki kasalligidan
yuzaga keladigan xavf
• ko’rilishi ehtimoli bo’lgan
zarar miqdorida
sug’urta qildirish. Bu mas’uliyatli davrlarda
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
9. Xodimning o’limi, kasal bo’lib qolishi
yoki baxtsiz hodisaga uchrashi bilan
bog’liq xavf.
• sug’urta kompaniyalarida sug’urta qildirish.
Respublikada sug’urta kompaniyalari mol-mulk, uy hayvonlarini, tijorat ishlarini,
fuqarolarni
Xavfni kamaytirish va rentabellikni oshirishning bir qancha usullari mavjud.
Ularning ba’zilarini keltiramiz:
•
qo’shimcha ishchi kuchiga, bozorning ahvoli va xususiyatlari to’g’risidagi
axborotga, yetarlicha moliyaviy mablag’larga ega bo’lgan korxonalar orasida
sheriklar axtarish;
•
tor sohalarning qaysi birida xavf hammadan ko’p bo’lsa, o’sha sohada tashqi
maslahatchi- ekspertlar xizmatidan foydalanish;
•
xavfni oldindan bilish, tusmollash:
•
tor joylarni va xavf manbalarini aniqlab olish;
•
o’zini sug’urta qilish uchun korxona aylanma mablag’larining
bir qismi
hisobiga zahira jamg’armasi tuzish;
•
biznesni va xodimlarni sug’urta qilish yo’li bilan xavfning bir qismini boshqa
shaxslar yoki tashkilotlarga o’tkazish.
Xejir (yo’qotishlardan saqlanish) qilish degan sug’urta shakli ham bor. Uning
mohiyati shundaki, aytaylik, xomashyoni qayta ishlashga
ixtisoslashgan firma
kutilayotgan daromadlarining xavfini boshqa tomonga o’tkazish orqali sug’urta
qiladi. Xejirlashda sotuvchi (xaridor) fyuchers kelishuvi tuzish bilan ayni bir vaqtda
o’z savdosiga teng keladigan fyuchers shartnomalarini xarid qiladi (yoki sotadi).
Xejirlash tomonlar ko’radigan ehtimoldagi ziyonni kamaytirish imkonini beradi.
Tovar narxi o’zgarishi bilan ko’riladigan zarar fyuchers bo’yicha olinadigan yutuq
bilan qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: