10-mavzu: shaxsning xissiy-irodaviy soxasi va kasbga moslashish reja



Yüklə 168,76 Kb.
səhifə3/8
tarix21.10.2023
ölçüsü168,76 Kb.
#158646
1   2   3   4   5   6   7   8
9. Shaxsning hissiy irodaviy sohasi

Ma'naviy (axloqiy) his-tuyg'ular - o'z mazmuniga ko'ra, kishining kishiga va kengroq ma'noda olganda, jamiyatga munosabatini bildiradi. SHaxs ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida uning xulq-atvorini boshqarib turadigan axloq normalari shu his-tuygularning tevarak-atrofdagilardan obyektiv ravishda olib turadigan baholashning asosi hisoblanadi.
Intellektual (aqliy) his-tuyg'ular - shaxsning bilish jarayoniga, uning muvaffaqiyatliligi va muvaffaqiyatsizligiga munosabatini ifodalaydi va aks ettiradi.
Estetik (nafosat) his-tuyg'ular - subyektning hayotida yuz beradigan turli xildagi narsalarga va ularning sanhatda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki bemahni, fojiaviy yoki kulgili, olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.
Inson ma'naviy, intellektual va estetik tuyg'ularni faoliyat va muomala jarayonida boshdan kechiradi, bahzan ularda kishining sotsial voqelikka nisbatan butun hissiy munosabatlari boyligini mujassamlashganligi uchun ular yuksak his-tuyg'ular deb ham ataladi.
His-tuyg‘ular kuchli, ixtiyorsiz va unutilmas bo‘ladi. Ikkilanishsiz aytishimiz mumkinki, tuyg‘ular hayotimizni hayajon ila to‘ldirishi, stress paytlari odamni nobud qilishi va aksincha saqlab qolishi mumkin.
Dunyodagi barcha mavjudotlar ichida, insonlar his-hayajonlarga beriluvchan mavjudot hisoblanadi va aynan ular boshqa mavjudotlarga nisbatan o‘z qo‘rquvini, g‘azabini, qayg‘usini, quvonchini va muhabbatini ifoda etadi.
Badiiy asar qahramonlari (personajlari) bizga hayotni emotsiyalarsiz tasavvur qilishimizga yordam berishadi.
Masalan, “Star Trek” teleserialidagi Mister Srok personaji o‘zida sovuqqon, aqlli, lekin his-tuyg‘ulardan mahrum kishi xususiyatlarini o‘zida qamrab olgan.
SHu serialning davomi, “Star Trek keyingi avlod” dagi Data personajini ham keltirib o‘tishimiz mumkin. Kuchli aql va sovuqqon mantiq, unga yuqori insoniy analitik aql-idrok beradi. Lekin u unga nimadir etishmayotganligini tushunardi. U she'rlar yozishi mumkin, ammo hech qanday hissiyotlarga ega emas. Dataning intellektual qiziquvchanligi uni qo‘rquv, g‘azab va quvonch nima ekanligini o‘ylashga majbur qiladi. U qanchalik harakat qilmasin, bunday tuyg‘ular unga qorong‘u edi, sababi u dunyoni hech qanday his-tuyg‘ularsiz ko‘radi.


Yüklə 168,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin