10-mavzu: shaxsning xissiy-irodaviy soxasi va kasbga moslashish reja



Yüklə 168,76 Kb.
səhifə8/8
tarix21.10.2023
ölçüsü168,76 Kb.
#158646
1   2   3   4   5   6   7   8
9. Shaxsning hissiy irodaviy sohasi

Ehtiroslar kishidagi barqaror his-tuyg'ularning alohida turini tashkil etadi. Odamlarning bajarayotgan ishiga va hayotida yuz berayotgan narsalarga nisbatan ichki munosabati boshdan oxirigacha barqaror tus kasb etadi, doimiy harakat qiluvchi kuchga aylanadi. Bu kuch kishi tomonidan uni hayajonlantirgan narsa qanday idrok etilishi, tasavvur qilinishi va hayolga keltirilishi, uning bir-biri bilan almashib turadngan hissiyotlarni, affektlarni, kayfiyatlarni qanday boshdan kechirishi xususiyatlarini belgilaydi. Bu kuch muayyan harakatlarga da'vat etuvchi va qaror topgan his-tuyg'uga mos kelmaydigan xatti-harakatlarga qarshi qudratli to'siq sifatida namoyon bo'ladi. Shunday qilib, his-tuyg'u kishining tafakkur va faol faoliyat ko'rsatishi jarayoniga jalb etilgan bo'ladi. Kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo'nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg'u - ehtirosdir.
Depressiya - doimo gamgin, yomon kayfiyatda yurishdir. Bunday insonlar boshqalarga aralashib keta olmaydi, kam gapiradi, ko'pincha ko'zga yosh oladi. Uning dili mahyus, yomon fikrlar va hayollar bilan band bo'ladi. Hozirgi axvoli, o'tgan kunlari va kelajagi unga qorong'udek tuyuladi.
Depressiv kayfiyat turmushdagi muvaffaqiyatsizliklar va ruhiy shikastlar oqibatida kelib chiqqan bo'lishi ham mumkin.
Ularning sababi bo'lganda va bu holat unchalik yaqqol bo'lmaganda uni normal
reaktsiya deb qarasa bo'ladi. Ruhiy kasal bemorda ovqatdan yuz o'giradigan, o'zini
qatl qilishga urinishgacha olib boradigan uzoq davom etadigan og'ir depressiyalar
kuzatiladi.
Eyforiya - vaqtichog'lik, beg'amlik, bir oz ko'tarinki kayfiyat tushuniladi. Eyforiyada odam tetik, harakatchan, sergap, uning imo-ishoralari jonli, gapirganda qo'llari harakatda, ovozini keragidan qattiqroq qilib chikaradi. Olam ularning ko'ziga g'oyat chiroyli rangli buyoqlarda gavdalanadi. Odam xursand bo'lganida, muvaffaqiyat qozonganda va shunga o'xshash shodlik kunlarida eyforiya normal reaktsiya hisoblanadi. Eyforiya uchun psixologik asoslar bo'lmasa yoki u xatto salbiy hayotiy hodisalarda ham paydo bo'lsa, uni patologik holat deb ko'zdan kechirish mumkin. Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a'zolariga ta'sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq ajraladi, ba'zilari bir- birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada miyada taassurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma'lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi.
Nazorat savollari
1.Xissiy xolatlarni ifodalanishi?
2.Xissiyot turlari?
3. Stress deganda nimani tushunasiz?
4. Depressiya nima?


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis metodikalari To‘plami” T, 2003 yil
2. Foziev 3.F., Mamedov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkent 2003 yil
3. Qodirov K.B. “Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jixatlari va kasbiy tashxis”, Toshkent 2001 yil
Yüklə 168,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin