10-mavzu: shaxsning xissiy-irodaviy soxasi va kasbga moslashish reja


Emotsiyalar fiziologik qo‘zg‘alishni o‘z ichiga oladi



Yüklə 168,76 Kb.
səhifə2/8
tarix21.10.2023
ölçüsü168,76 Kb.
#158646
1   2   3   4   5   6   7   8
9. Shaxsning hissiy irodaviy sohasi

Emotsiyalar fiziologik qo‘zg‘alishni o‘z ichiga oladi. Maxsus emotsiyalarda qo‘zg‘alish o‘zgaradimi yoki yo‘qmi? Qo‘zg‘alish insonni yolg‘on gapirishga majbur qilyaptimi yoki yo‘qmi?
Qo‘zg‘alish. Emotsiyalar fizik jihatdan bizni qo‘zg‘atadi. Ba'zi bir fizik reaksiyalar shunchalik ko‘rinib turadiki, siz uni oson payqashingiz mumkin. Masalan: Tana harakati kam ko‘rinib turuvchi tolalar uchun safarbar etiladi; energiya ishlab chiqarishi uchun jigar qonga qo‘shimcha shakar ishlab chiqaradi; shakarni o‘zlashtirish uchun kislorod kerak, shuning uchun nafas olish tezlashadi, qonning ichki organlaridan mushaklarga o‘tishi ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi; qorachiqlar ko‘p yorug‘likni o‘tkazib kengayadi; tana o‘zini sovutish uchun terlaydi; tanada agar shikast bo‘lsa, qon quyilib tezroq bitadi va hokazo. birorta bir xavf-xatar haqida o‘ylab ko‘ring: sizning organizmingiz reaksiyasi har qanday ongli harakatlarsiz muvofiqlashadi. U sizni olg‘a intilish yo chekinishga tayyorlaydi. Bizning uyg‘onishimizni avtonom nerv sistemasi boshqaradi, aktivlashtiradi, buyrak osti bezi stress gormonlari epinefrin (adrenalin) norepinefrin (noadrenalin) ishlab chiqaradi. Epinefrin va norepinefrinning oshib ketishi, yurak urishi chastotalarini kuchaytiradi, qon bosimi va qondagi shakar darajasini oshiradi. Xavf o‘tib ketganidan keyin, parasimpatik neyron tolalar organizmini tinchlantirib, harakatga kirishtiradi. Xattoki, parasimpatik bo‘lim stress garmonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatganida ham, qondagi garmonlar qonda ba'zi bir vaqtgacha ushlanib turadi, shuning uchun qo‘zg‘alish sekin-sekin kamayadi.
Shaxs ruhiy olamida, uni qurshab turgan tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar (xoh tabiiy, xoh sub'ektiv bo‘lishidai qati nazar) kechinmalar sub'ekti (inson) uchun qanchalik qadr-qiymat, yuksak ahamiyat kasb etsa, hissiy xolatlarning mazmuni shunchali purma'no bo‘ladi. Buning ta'sirida yuzaga keladigan muvaqqat bog‘lanishlar tizimining qayta qurilishi qo‘zg‘alish jarayonini hosil qiladi. Mazkur jarayon miya katta yarim sharlari po‘stida tarqalib, so‘ng po‘stloqosti markazlarini egallab oladi. Katta yarim sharlar po‘stidan pastda turuvchi miya bo‘limlarida organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari (nafas olish, ovqat hazm qilish va hokazo) joylashgan. Shu sababdan po‘stloqosti markazlarining qo‘zg‘alishi ba'zi ichki a'zolar faoliyatining kuchayishiga olib keladi. Jumladan, nafas olish ritmikasining o‘zgarishi (xayajonlanganda bo‘g‘ilib qolishini, og‘ir va tartibsiz nafas olishni yuzaga keltiradi), yurak faoliyatining buzilishi (yurak urishini tezlashtiradi), organizmni qon bilan ta'minlashning izdan chiqishi (uyalgandan qizarishni, qo‘rqqandan oqarishni keltirib chiqaradi, ichki sekretsiya bezlari ishining nuqsonlari ko‘z yoshinig oqizadi, hayajonlanganda og‘izini quritadi, qo‘rqqanda «sovuq» ter chiqaradi va hokazo.) Ilmiy manbalarda talqin qilinishicha, miya katta yarim sharlarining po‘sti mo‘tadil sharoitda po‘stloqosti markazlariga boshqaruv va tormozlov yo‘sinida ta'sir ko‘rsatadi hamda hissiyotning tashqarida ifodalanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Miya po‘sti kuchli darajada ko‘zg‘alsa, uning ta'sirida boshqaruvchanlik funksiyasi buziladi. Shaxs qattiq charchasa yoki kuchli mast bo‘lsa, irradiatsiya oqibatida po‘stloqosti markazlari ham qo‘zg‘aladi, natijada harakatni nazorat qilish yo‘qoladi.
Miya faoliyatining elektrofiziologik tadqiqotlari emotsiyalarning paydo bo‘lganda gipotalamolimbik (yunoncha hypothalamus bosh miya bo‘limi nomi) tizimi va retikulyar formatsiya (lotincha reticulum to‘rsimon, formatio, bog‘lam manosini anglatadi) ning roli ko‘rsatib o‘tilgan.




Hissiyotlar ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr-mulohazalar bildirishga turtki beradigan kuch bo'lib, kuch- g'ayratlarni oshirib yuboradi va stenik deb ataladi.
к _ J







Boshqa bir hollarda emotsiyalar sustligi, loqaydligi bilan ajralib turadi, his- tuyg'ularning boshdan kechirilishi kishini bushashtirib yuboradi va bu holat psixologiyada astenik deb ataladi (masalan, qo'rqqanidan oyoqlari qaltirashi, kuchli his-tuyg'uga berilib, hayolga cho'mib, o'zi bilan o'zi ovora bo'lib qolish hollari).




Emotsional holatlar uchun po‘stloqosti tugunchalarining tarkibiga kiruvchi (miya katta yarim sharlarining oq moddasi bilan birlashuvchi kulrang modda yig‘indisi) markazlar ham muhim ahamiyatga ega. Agarda miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i harakatlarni birlashtirib, sezgilarni va sa'i-harakatlarni nozik ifoda qilib tursa, miya formatsiyalari tashqi hamda ichki muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga organizmning javob reaksiyalarini boshqaradi.
Ma'lumotlarga qaraganda, miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shika- stlansa, tashqi olamdan hamda ichki organlardan keladigan ko‘zg‘ovchilarning nozik tahlil qilinishi zaiflansa ham emotsional holatlar saqlanib qolaveradi. Masalan, hayvonlar limbik tizimga, do‘ngosti (gipotalamus) qismiga, ko‘rish tepaliklariga yo‘nalgan elektr ko‘zg‘atuvchilarga, retikulyar formatsiyasining ko‘zg‘alishlariga xursandlik yoki diqqinafaslik, darg‘azablik yoki qo‘rqoqlik, lazzatlanish yoki azoblanish, rohatlanish yoki ko‘ngilxijillik sifatida javob reaksiyasi hosil bo‘ladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, ijobiy va salbiy his-tuyg‘ularning shunga o‘xshash markazlari bilan miyaning boshqa bo‘limlarida joylashganligiga qaramay, shartli ravishdagi rohatlanish va azoblanish markazlari ham mavjuddir. Emotsiyalar bir-biriga yaqin masofada faoliyat ko‘rsatadilar.
Tajribada qo‘sh (juft) markazlaridan birida elektrod bilan hosil qilingan ko‘zg‘atish ehtiyojdan kelib chiqqan holda salbiy yoki ijobiy emotsiyadan faqat bittasini vujudga keltirgan, holos. Ba'zida yondosh joylashgan markazlarda ko‘zg‘alish tarqalgan bo‘lsa, u holda ambivalent yoki ikkiyoqlama reaksiya ro‘yobga chiqadi.
Shartli ravishda nomlangan markazlar (rohatlanish, azoblanish) bir-biriga yaqin joylashishiga qaramasdan, har xil tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. Ma'lumotlarning ko‘rsatishicha, «azoblanish» markazlari miyaniig turli
bo‘limlariga joylashsa-da, lekin ular yagona tizim bilan boshqariladi. Salbiy emotsiyalardan farqli o‘laroq ijobiy his-tuyg‘ular va «rohatlanish» markazlari bir- birlari bilan jips aloqaga ega emas. Ta'kidlab o‘tilgan mulohazalar emotsiyalar juft hamda qarama-qarshi xususiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun har qaysi emotsiya qarama-qarshi turkumga ega deb qat'iy ishonch bilan aytish mumkin, jumladan, sevgi-nafrat, yoqimli-yoqimsiz, xotirjamlik- bezovtalanish mas'uliyatlilik-loqaydlik va boshqalar.
Inson psixologiyasini bilish uchun, uning psixikasida hissiyot tomonidan bo'lgan farqni bilish juda muhim. Birovni yaxshi tanimoq uchun uning fikrini va harakatlarini bilish bilangina kifoyalanmay, balki uning hissiyoti qandayligini ham bilish kerak. Insonlarning hissiyotidagi farqlari quyidagi bo'lishi mumkin:
- hissiyotning yo'nalishi - kishilarning hissiyotidagi eng muhim farqlari belgilangan narsa, hissiyotning nimaga qaratilganligi, uning mazmuni qandayligidir. Inson hislari har xil tasodifiy narsalarga sochilib, parishon bo'lsa, tasodifiy hollarda kishilarda har xil hislarni tug'dirsa, bunday hissiyot kishining ijodiyotiga, turmushdagi kurashiga madad beruvchi kuch xizmatini o'tay olmaydi. Aksincha kishining hayotidagi asosiy vazifasidan boshqa ishlarga chalg'itib, tanlagan yo'lidan adashtirib, ancha to'sqinlik qilishi ham mumkin;
- hissiyotning chuqurligi - birovning hissiyotiga oid hayotini bilish uchun uning hissiyotining qanchalik chuqurligini bilish muhimdir.
Chuqur his deb, hayotning shu odam uchun eng muhim bo'lgan tomonlariga daxil qilgan, kishining fikri, tiliga va orzulari bilan ko'p aloqador bo'lgan va kishining butun ruhiy hayotini aks etib ko'rinuvchi hisni aytamiz. Hissiyotning boy va mazmundorligi, inson hislarining kuchliligidan ko'ra ko'proq chuqurligiga bog'liqdir;
- hissiyotlarning barqarorligi - ularning chuqurligi bilan juda yaqin bog'liqdir. Chuqur his mahkam va barqaror bo'ladi; sayoz hislar esa, garchi kuchli bo'lsa ham, umri qisqa bo'lib, tez o'tib ketadi.




Psixologiyada his-tuyg'ular turlarini alohida ajratib ko'rsatish mumkin:




Ma'naviy (axloqiy) his-tuyg'ular




Intellektual (aqliy) his-tuyg'ular




Estetik (nafosat) his-tuyg'ular


Yüklə 168,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin