10-mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobi



Yüklə 56,87 Kb.
səhifə6/17
tarix28.12.2023
ölçüsü56,87 Kb.
#200872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
10-mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobi-fayllar.org

Buxgalteriya foydasi
+ doimiy farqlar
vaqtinchalik farqlar
- imtiyozlar
h Soliqqa tortiladigan foyda

Doimiy farqlar hisobi



Doimiy farqlar – uzoq vaqt davomida vujudga kelib, hisobot yilining soliqqa tortilgunga qadar foydasini aniqlashda umumiy daromad summasidan ayriladigan va soliqqa tortiladigan foyda summasini belgilashda soliq bazasiga qo’shib boriladigan xarajatlarga aytiladi. Doimiy farqlar sifatida, xodimlarga berilgan tekin ovqat xarajatlari, berilgan moddiy yordam summasi, me’yordan ortiqcha sarflangan xizmat safari xarajatlari, to’langan jarima summalari kabi xarajatlarni keltirish mumkin. Doimiy farqlarning xususiyatli tomoni shundaki, ular yuzaga kelgan hisobot yilining natijalarigagina taьsir ko’rsatadi, yaьni, ularning taьsiri kelgusi davrlarga ko’chib o’tmaydi.
1-misol. «XXX» korxonasining hisobot yilidagi buxgalteriya foydasi 500 ming so’mni tashkil qildi. SHu davrda xodimlarni doimiy xarajatlari bo’lib hisoblanuvchi, issiq ovqat bilan taьminlash xarajatlari 200 ming so’mni, ko’rsatilgan moddiy yordamso’mmasi 100 ming so’mni tashkil qilgan. Hisobot davri uchun belgilangan soliq stavkasi 18% dan iborat. SHunga ko’ra foyda solig’i hiso-bi qo’yidagicha bo’ladi
Echim:
1.Buxgalteriya foydasi 500000
2.Doimiy farqlar :
issiq ovqat xarajatlari 200000
moddiy yordam summasi 100000 300000
3.Soliqqa tortiladigan foyda 800000
4.Soliq stavkasi 18%
5.Foyda solig’i summasi 144000
Bu xo’jalik muomalasi qo’yidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylash-tiriladi:

Dt «Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar» 144000
Kt «Hisoblangan foyda solig’i» 1440003

Vaqtinchalik farqlar hisobi



Vaqtinchalik farqlar deb hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladigan, keyinchalik tegishli shartlar bajarilganda uning tarkibidan bir necha davr davomida chiqarilib boriladigan xarajatlarga aytiladi. Vaqtinchalik farqlar deyilishiga sabab:
ular maьlum vaqt mobaynida mavjud bo’ladi ;
bunday moddalarni buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish jarayonida aks ettirish vaqtida farq yuzaga keladi.
Vaqtinchalik farqlar asosan qo’yidagi yo’nalishlar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin:
mablag’ning kelib tushishi yoki o’tkazilib berilishi vaqti bilan uni daromad yoki xarajat sifatida tan olinishi vaqtini mos kelmasligi. Masalan, olingan va berilgan bo’naklar; kelgusi davr xarajatlari; va h.k;
yuzaga kelishi va tan olinishi bilan bog’lik davrning mos kelmasligi. Masalan, obligatsiya va veksel muomalalari bo’yicha yuzaga kelgan chegirma va ustamalarni hisobda aks ettirish va ularni xarajat yoki daromad sifatida tan olinishi jarayoni;
buxgalteriya hisobi va soliq maqsadlarida qo’llanilayotgan baholash usullarining turlicha bo’lishi. Masalan, korxonaning hisob siyosatida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’ri chiziqli usulini qo’l-lash ko’zda tutilgan bo’lsa, soliq qonunchiligi o’rtacha tortilgan qiymat usulini tavsiya etishi mumkinligi;
zahirani yuzaga keltirish vaqti bilan undan foydalanish vaqtining to’g’ri kelmasligi. Masalan, umidsiz debitorlik qarzlari yoki kafolat majburiyatlari bo’yicha zahirani yuzaga keltirish;
Bulardan tashqari vaqtinchalik farqlar yangi mahsulotlar yaratish bilan bog’liq xarajatlarni soliqqa tortish va ularni amortizatsiya qilish davrining mos kelmasligi natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. 12-sonli «Foyda solig’i» deb nomlangan Buxgalteriya hisobining xalqaro standartida vaqtinchalik farqlarni yuzaga kelishining yana bir necha shakllari keltirilgan. Vaqtinchalik farqlarning hisobdan chiqarilishi bir necha hisobot davri mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Vaqtinchalik farqlar samarasini aks ettirish usullari turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zan bu to’g’risidagi ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarning tushunti-rish xatlariga kiritilsa, ba’zan ular soliq samarasini buxgalteriya hisobida aks ettirish yo’li bilan o’zini nomoyon qiladi.

Yüklə 56,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin