Dt «Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar» 60000
Dt «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan
foyda solig’i; 15000
Kt «Hisoblangan foyda solig’i» 75000
Demak, bu holatda hisobot davri uchun hisoblangan soliqning bir qismi (36000 so’m)ni xarajat sifatida tan olishning muddati uzaytirilmoqda. Bu summa korxona balansining joriy yoki uzoq muddatli aktivlar bo’limiga tegishli bo’lgan «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan daromad (foyda) solig’i» deb nomlangan moddasida aks ettiriladi.
Vaqtinchalik farqlar bo’yicha daromad (foyda) solig’i yuzasidan muddati uzaytirilgan majburiyatlar Bu modda soliqqa tortiluvchi foyda summasini vaqtinchalik farqlar ta’-siri natijasi buxgalteriya foydasidan kam bo’lgan holatda yuzaga kelib, muddati uzaytirilgan majburiyatni hosil qiladi. Kelgusi yillarda bu moddadagi summa muddati uzaytirilgan daromad (foyda) solig’i hisobidan tartibga solinadi. Ushbu holatni misol yordamida ko’rib chiqamiz.
3-misol. «XXX» korxonasi bo’yicha hisobot davrida ishlab chiqarish usulini asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi 600 ming so’mni tashkil qilgan. Lekin soliq kodeksi soliq hisobi uchun eskirish hisoblashning to’g’ri chiziqli usulini tavsiya etgan. Bu usul bo’yicha hisoblangan eskirish summasi 850 ming so’mdan iborat bo’lishi lozim edi. Bu holatda soliqqa tortiladigan foyda summasini olib keladigan vaqtinchalik farq (850000- 600000 = 250000) yuzaga keladi.
Echim: 1.Buxgalteriya foydasi 500000
2.Doimiy farqlar (+):
issiq ovqat xarajatlari 200000
moddiy yordam summasi 100000 300000
3.Soliqqa tortiladigan foyda 800000
4.Soliq stavkasi 7,5 %
5.Foyda solig’i summasi 60000
6.Vaqtinchalik farqlar (+;-):
Asosiy vositalar eskirishidagi farq (-) (250000)
7.Soliqqa tortiladigan foyda (800000-250000) 550000
8.Soliq stavkasi 7,5 %
9.Foyda solig’i summasi 41250
Bu holatda soliq bo’yicha yuzaga kelgan ko’shimcha majburiyat summasi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: